Sinab ko‘rish bayonnomasi sotuvchi tomonidan xaridorning vakili bilan birga
ilgaridan belgilangan kun va soatda sotuvchining subyektsida to‘la sinovlar
o‘tkazilganidan keyin tuziladi. Bayonnoma tayyorlangan tovarning buyurtma
shartlariga mos kelishini ko‘rsatgan holda sinovlarning natijalarini batafsil bayon
qiladi. Agar shartnoma shartlarida tovarni eksportchining mamlakatida sinab
ko‘rgandan so‘ng qabul qilish-topshirish aytib o‘tilgan bo‘lsa, u holda sinab ko‘rish
bayonnomasi asosida taraflar qabul qilish-topshirish hujjatini imzolaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |