Valyuta tavakkali va ularni sug‘urta qilish usullari Valyuta
tavakkali
deganda
tashqi
iqtisodiy
operatsiyalar
va
TIA
qatnashchilarining xo‘jalik faoliyati natijalarini valyuta kurslari o‘zgarishi natijasida
mumkin bo‘lgan o‘zgarishi tushuniladi. Xalqaro iqtisodiy operatsiyalarning barcha
subyektlari: davlat, valyutalar, savdo va sanoat kompaniyalari, boshqa yuridik va
jismoniy shaxslar valyuta tavakkaliga (xatariga) duch kelishi mumkin.
Importchi va eksportchilar tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda
valyuta tavakkalchiligiga duch keladilar. Agar eksportchi tovarini to‘lov muddatini
cho‘zish bilan savdo qilsa va bunda valyuta sifatida importchi mamlakat yoki
uchinchi mamlakat valyutasi olinsa valyuta tavakkaliga duch kelinadi. Eksportchi
valyuta kursi tushib ketganida o‘z milliy valyutasiga nisbatan sarflagan harajatni
qoplamasa foyda ko‘rmaydi va katta zarar ko‘radi. Shunday qilib eksportchi uchun
valyuta kursining milliy valyutaga nisbatan shartnoma imzolashi va to‘lash davrida
pasayib ketishi - bu valyuta tavakkalidir. Bu davr har qanday tipdagi tashqi savdo va
kredit operatsiyalarini amalga oshirishda to‘lov muddatini cho‘zilishini ko‘zda
tutilgan yoki tutilmaganidan qat’iy nazar mavjud bo‘ladi. Bundan chiqadiki qariyib
barcha tashqi savdo bitimlari valyuta tavakkaliga duch keladi.
Importchilar uchun valyuta tavakkali (xavfi) tovar sotib oliganda narx chet el
valyutasida belgilanib, davlat valyutasiga nisbatan ko‘tarilsa valyuta tavakkali
yuzaga keladi. Bunda sotib olingan tovar uchun ko‘proq maxalliy valyuta sarflanadi.
Tadbirkorlar o‘z ishlarining oxirgi natijalarini iloji boricha uzoqroq kelajak
uchun rejalashtiradilar. Shuning uchun ham g‘arb korporastiyalari amaliyotida
valyuta tavakkali uchun vaqt hisobi korporastiya tomonidan bitim tuzish uchun qaror
chiqqan kun olinmaydi.
Valyuta tavakkalini valyuta mablaglarini joylashtirish bo‘yicha operatsiyalarida
paydo bo‘ladigan xavf sifatida qarash lozim. Bu turdagi valyuta xavfidan banklar va
ularning mijozlari shuningdek davlat ham zarar ko‘rishi mumkin. Bu holdagi valyuta
tavakkallarida moliya keladi, chunki valyuta mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha
operatsiyalar mazmuniga ko‘ra kredit harakteriga egadir.
Yuqorida aytilganlarning barchasi valyuta xavfini quyidagicha izohlash
imkonini beradi: valyuta tavakkali - bu xorijiy valyuta kursining milliy valyutaga
nisbatan tashqi savdo, kredit, valyuta operatsiyalarini o‘tkazish va valyuta
mablag‘larini saqlash vaqtida o‘zgarish natijasida valyutalarining noxush qayta
baholanishi, yoki valyutani yuqotish xavfidir.