O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Xalqaro   avtomobil yuk tashish shartnomasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

 
7.4. Xalqaro   avtomobil yuk tashish shartnomasi 
 
O‘zbekiston Respublikasining 1998- yilda qabul qilingan “Avtomobil transporti 
to‘g‘risidagi”  qonunining    8-moddasiga  binoan  “Yo‘lovchilar,  bagaj  va  yuklarni 
avtomobilda xalqaro tashishlar, shu jumladan tranzit tashishlar xalqaro hamda tranzit 
aloqa  uchun  ochiq  avtomobil  yo‘llari  orqali  O‘zbekiston  Respublikasining  qonun 
hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi” deyilgan. 
Avtotransport  vositalari  yo‘lovchilar  avtotransporti,  yuk  avtotransporti  va 
maxsus avtotransport vositalariga bo‘linadi. 
Yo‘lovchilar  avtotransporti  vositalari  jumlasiga  avtobuslar,  mikroavtobuslar, 
yengil avtomobillar, yo‘lovchilar tashiladigan tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi. 
Yuk  avtotransporti  vositalari  jumlasiga  yuk  avtomobillari,  shatakchi 
avtomobillar,  tirkamalar  va  yarim  tirkamalar  kiradi.  Konstruktiv  jihatlariga  hamda 
qay  maqsadlarda  foydalanilishiga  ko‘ra  yuk  avtotransporti  vositalari  umumiy  va 
maxsus transport vositalariga bo‘linadi. 
Maxsus  avtotransport  vositalari  jumlasiga  turli  maxsus  ishlarni,  ko‘proq 
notransport  ishlarini  bajarishga  mo‘ljallangan  avtomobillar,  tirkamalar  va  yarim 
tirkamalar  (o‘t  o‘chirish  avtomobillari,  kompressor  qurilmali  avtomobillar, 
avtokranlar,  supurish-sidirish  hamda  chiqindi  tashish  avtomobillari  va  hokazolar) 
kiradi. 
Avtomobilda  tashishlar  shahardagi,  shahar  atrofidagi,  shaharlararo  va  xalqaro 
tashishga bo‘linadi. 
Shahardagi  tashishlar  jumlasiga  shahar  yoki  shahar  posyolkasi  chegaralari 
doirasida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. 
Shahar atrofidagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari 
doirasidan ellik kilometrgacha tashqarida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. 
Shaharlararo  tashishlar  jumlasiga  shahar  yoki  shahar  posyolkasi  chegaralari 
doirasidan  ellik  kilometrdan  oshiq  masofada  amalga  oshiriladigan  tashishlar, 
shuningdek yo‘nalish masofasidan qat'i nazar O‘zbekiston Respublikasining ikki yoki 
undan ortiq viloyati hududida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. 
Xalqaro  tashishlar  jumlasiga  yo‘nalish  masofasidan  qat'i  nazar  O‘zbekiston 
Respublikasi  davlat  chegarasidan  tashqariga  yoki  davlat  chegarasi  tashqarisidan 
amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. 


105 
 
Yo‘lovchilar,  bagaj  va  yuklarni  avtomobilda  xalqaro  tashishlar,  shu  jumladan 
tranzit  tashishlar  xalqaro  hamda  tranzit  aloqa  uchun  ochiq  avtomobil  yo‘llari  orqali 
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
Avtomobil  transporti  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  sertifikatlash, 
litsenziyalash,  soliq  solish,  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  tashishlar  uchun 
tariflarni  shakllantirish,  yagona  ilmiy-texnika  siyosatini  o‘tkazish  yo‘li  bilan, 
shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. 
Avtomobil  transportining  davlat  boshqaruvi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi avtomobil transportini boshqarish bo‘yicha vakolat bergan davlat organi 
tomonidan,  shuningdek  davlat  hokimiyati  mahalliy  organlari  tomonidan  amalga 
oshiriladi. 
Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  tashuvchilarning  xo‘jalik  faoliyatiga 
aralashishga, shuningdek ularning ekspluatatsiya xizmati xodimlarini boshqa ishlarga 
jalb etishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Shuni takidlash lozimki tashqi savdo shartnomalarida transport shartlari muhim 
amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  transport  sotuvchi  va  sotib  oluvchi  o‘rtasida 
asosiy bog‘lovchilik vazifasini o‘taydi. 
Xalqaro   avtomobilda yuk tashish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: 
  82 kub. m. dan 120 kub. m. gacha bo‘lgan hajmdagi yuk mashinalari orqali 
tashish; 
  gabaritsiz va og‘ir yuklarni ortish; yuklash- tashish ishlarini amalga oshirish. 
Yukni  ortishning  so‘nggi  maqsadi  bo‘lib,  tovarni  belgilangan  manzilga  o‘z 
vaqtida  va  yaxshi  holatda    yetkazib  berishdir.  Tashqi  savdo  shartnomalairini 
tuzayotib,  tomonlar  yukni  yuklash  masalasini  ko‘rib  chiayotganda  quyidagilarni 
belgilashlari zarur: 
- tovarni yetkazib berishning bazis shartlari qanday, bu borada tovarni  yetkazib 
berishni  ta’minlashda  sotuvchi  va  sotib  oluvchining  majburiyatlari  qanday 
taqsimlanadi; 
- tovar yetkazib berishda sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi aloqa qay tarzda 
amalga oshiriladi (xabarnoma); 
- tovarni yetkazib berishda qanday transport vositasidan foydalaniladi va tashish 
shartnomasini qanday hujjatlar kuzatib boradi.   

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish