течение всей жизни» degan ibora, go‘yoki o‘ziga
xos yangilik
sifatida qabul qilinib, ushbu shiorni ko‘p vaqtlarda epigraf sifatida
foydalanishmoqda. Vaholanki, bu kabi g‘oyalar taniqli mutafak-
kirlarimiz tomonidan bir necha yuz yillar oldin ta’lim jarayonida katta
muvaffaqiyat bilan foydalanib kelingan. Demak, nafaqat ma’lumotlar
hajmining vaqt o‘tishi bilan keskin ortishi va tez eskirib qolishi, balki
komil inson bo‘lishi uchun ham o‘quvchi yoshlar butun hayoti
davomida bilim olishlari, o‘z bilimlarini mudom boyitib borishlari,
ularni yangilab turishlari mustaqil ta’lim olish malaka va ko‘nikmalari
bilan belgilanadi. Fizika o‘qitish uslubiyotining samarali bo‘lishi
nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak fizikani o‘quvchiga qayta
o‘rgatish emas, balki o‘rgatishni uzul - kesil nihoyasiga to‘liq
yetkazmaslikni, kelajakda uning yana davom ettirilishini afzal ko‘radi.
Demak, fizika o‘qituvchisining uslubiy tayyorgarligi va o‘qitish
uslubiyotining samaradorligida ushbu jihat ustuvor hisoblanadi.
Globallashgan sharoitda o‘rganiladigan o‘quv uslubiy fanlarning
o‘zaro aloqadorligi (hamkorligi) o‘ta zarur hisoblanadi. «Yolg‘iz
otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas»
deganlaridek, bugungi kunda ayni bir fan doirasida istalgan bir voqea
yoki hodisani to‘laqonli tushuntirib berish imkoniyati ko‘p hollarda
o‘z kuchini yo‘qotmoqda. Shu bois integrativ yondashuv zamonaviy
ta’lim tizimida muhim rol o‘ynamoqda. Tabiatshunoslik fanining
yuzaga kelishi konsepsiyasi ham ushbu yondashuv bilan tushuntiriladi
desak to‘g‘ri bo‘ladi. Qissadan hissa shuki, bakalavrlarning fizikadan
chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari bilan birga ular fizika
o‘qitish metodikasining o‘ziga xos jihatlari, ya’ni o‘qitishda axborot
hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirish,
bakalavrlarning o‘quvchi yoshlar bilan ishlashi jarayonida ularning
yetarli darajada bilim olishlariga qiziqish uyg‘otish yo‘llarini aniqlash,
yoshlarga mustaqil bilim olishning samarali yo‘llarini o‘rgatish,
shuningdek, fizik bilimlarni nazorat qilish va hisobga olish kabi
ko‘plab masalalar uslubiy tayyorgarlikda o‘z aksini topishi lozim.
Biz bu yerda bakalavr darajasidagi fizika o‘qituvchisining
uslubiy tayyorgarligidagi o‘ziga xosliklarning ba’zi masalalariga
to‘xtaldik xalos. Ma’ruza jarayonida fizika o‘qitish samaradorligini
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/89
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/89
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/89