23
sha
xs ham o‘z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib
topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga beruvchilar o‘rtasida
o‘zaro ishonchning paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik oltin
saqlovchi odamlar orasida
tanilib
, ishonchga kira boshlaganlaridan so‘ng
odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot
uchun sotuvchiga tilxatlarning o‘zini to‘l
ov vositasi sifatida bera boshladi.
O‘z navbatida sotuvchi ushbu tilxatlarni to‘lov vositasi sifatida qabul qildi,
zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi
oltinlarni oldi
, yoki uchinchi shaxsga to‘lov vositasi sifatida o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa muomalada qog‘oz pullar paydo bo‘ldi.
Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va yetarli darajada
ishonchga
ega bo‘lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‘lov
vositasini bajara boshladi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar
to‘lig‘icha oltin bilan ta’minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining
kasodga uchrashi,
yoki odamlarning ishonch
ini suiste’mol qilishi natijasida
muomalada ta’minlanmagan qog‘oz pullar paydo bo‘la boshladi. Natijada
ushbu pullar oltin saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin
tangalar berishdan bosh tortdi. Bularning barchasi mamlakatda pul
muomalasi
ni izdan chiqishi oqibatida xo‘jalik yuritish va hisob –
kitoblarni
amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda
davlat qog‘oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya qilishni o‘z qo‘liga
oldi. Buning uchun 16Bir necha asrda
n keyin ushbu “oltin saqlovchilar”
banklarga aylandilar. alohida davlat banki
, ya’ni Markaziy bankni tashkil
etdi, unga muomalaga qog‘oz
pullarni chiqarish, pul muomalasini tartibga
solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni
emissiya qilish
huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini
ko‘rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi.
Angliyada qog‘oz pullar 1817–
1843 yillarda tijorat banklari
tomonidanmuomalaga chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‘z
banknotasini muomalaga chiqardi. 1844 yildan boshlab esa tijorat
banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.Pilning qonuniga asosan
Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi.
Qog‘oz pullar ta’minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‘lmaganligi sababli
ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan
pullar dastlabki davrlarda
to‘lov
vositasi sifatida hisob
–
kitoblarda keng qo‘llanilishida muammolar uchrab
turgan. Buning oldini olish maqsadida og‘ir choralar qo‘llanilgan. Masalan,
Xitoyda qog‘oz pulning o‘ziga uni to‘lov vositasi sifatida qabul qilmagan
24
shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 25 yil qamoq jazosi,
ba’zi hollarda o‘lim jazosi ham qo‘llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz
pullarni to‘lov vositasi sifatida qabul q
ilmagan kishilarni davlatga
qarshi
xiyonat darajasigacha olib chiqilgan.
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va bilvosita
ta’minlangan edi. Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan, davlatning
soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni shu qog‘oz pullarda qabul qilishi
bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish”
tarzidagi ma’nosi bir –
biriga yaqin bo‘lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz.
Biroq bu ikki
iqtisodiy termin ma’nosi va iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir –
biridan tubdan farq qiladi.
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining
hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi.
Muomalaga naqd pullarni chiqarish esa mavjud
pul massasi hajmini
o‘zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi.
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganda
davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning
to
pshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasi
orqali
hal etilar edi
, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga va pul
muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl
qiymatga ega bo‘lmagan, o‘rinbosar
pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli
nazoratni amalga oshirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: