Samolyotlar - jahonda eng ommaviy transport turidir. Sayyohlik
aviatashishlarda ham bu narsani aytish mumkin. Bunga bir qator sabablar
bor:
• Birinchidan, aviatsiya uzoq joylarga borishda eng tez va qulay transport
turi;
•
Ikkinchidan, hozirgi vaqtda aviareys xizmatlari sayohlarning
ehtiyojlarini koniktiradi.
• Uchinchidan, xalqaro bronlash va rezerv tizimlariga ega bo’lgan
aviatsion kompaniyalar, har qaysi samolyotda bron qilingan o’rin uchun
sayyohlik agentliklariga aniq bir summani to’laydilar, bu aviatashishlarni
tanlashga rag’batlantiradi.
Sayohat qilish uchun transport turlarini tanlashda, temir yo’l yoki
avtobus kompaniyalarga qaraganda, sayyohlarning ko’proq foizi
aviayo’llarni tanlashadi. SHuning uchun ham, aviatashish ko’rsatkichlari,
oldingi o’rinlarni egalab keladi.
Havo
transporti, jahon xo’jaligida tobora kuchli va tez rivojlanib
kelayotgan tarmoqlardan biridir va yildan yilga umumjahon transport
tizimida mustahkam o’rinlarni egallab kelmoqda.
Havo transportining asosiy qatnashchilari bo’lib: davlat aviatsiya
ma’muriyati, aviakompaniyalar va aviakorxonalar, aeroportlar,
sayyoh
firmalari va boshqa tashkilotlar aviatashishlarini sotish bo’yicha
aviakompaniya agentliklari, aviakompaniya sherikchilik-tashkilotlari va
samolyotlarga xizmat ko’rsatuvchi aeroportlar, yo’lovchilar va yuk
yuboruvchilar (yoqilg’i quyuvchi firmalar tijorat va texnik xizmatlarni
ko’rsatuvchi tashkilotlar va bortda ovqatlanish,
avtotransport firmalari,
mehmonxonalar va boshqa xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar) xisoblanadi.
Hozirgi vaqtda xalqaro tashish tizimi bir qancha geografik mintaqalarni
va jahonning 150dan ortiq davlatlarini hamrab olgan.
Bu tashkilot va korxonalarning asosiy maqsadlari quyidagilardan
iborat:
Fuqarolik aviatsiyasini xavfsizligi va tartibli rivojlanishini
ta’minlash, havo vositalaridan foydalanish va tuzilishni kengaytirish,
havo trassalarni rivojlanishini kengaytirish, aviaport va boshqalar.
Yo’lovchilarni, xavfsiz, doimiy, samarali va arzon havo transporti
bilan ta’minlash, iqtisodda yo’kotish oldini olish, kelishilgan tomonlarni
huquqlarini hurmat qilishni ta’minlash xalqaro havo qatnovlarini xavfsiz
uchishlarini, aviaqatnovlarni rivojlanishiga ko’maklashish.
Hozir jahonda 1300 dan ko’proq aviakompaniyalar mavjud.
Aviatransportda odamlarni tashish bo’yicha birinchi 4 o’rinni
Amerika
komlaniyalari (“Delta Air Lines”, "Ran Amegisan" va boshqalar), 5
o’rinni YAponiyaning ("Ou nyu men") kompaniyasi egallagan.
1994 yilda Amerika 500 mln. yo’lovchilarni, YAponiya - 94 mln.,
Rossiya kompaniyasi "Aeroflot" - 34 mln. yo’lovchini tashib 6 o’rinni
egallagan.
Kompaniyalar foyda olishlarini yuqoriligi bo’yicha quyidagicha
joylashadi (yuqoridan pastga qarab) "American, "Delta", "United”
(AQSH), "Air France" (Frantsiya), "Lufthansa" (GFR), "NorthWest"
(AQSH), “Federal express”, “British Airvays", "USA air", "Continental”
(AQSH).
Keyingi yillarda, jahonda bo’lgani kabi Rossiyada ham sayohatlar
ko’payishiga intilish paydo bo’lgan. Sayohlik xizmatlari transportning
ko’p turlarini taklif etadi, ulardan ko’prok ko’llaniladigani
avtomobil,
avnatransport va temir yo’l transporti xisoblanadi. Avtomobil transporti
qisqa manzillarga sayohat qilganda qulay, bundan farqli o’laroq, uzoq
masofalariga qisqa vaqtda yetish uchun aviatransportdan foydalanadilar.
SHunday qilib, bu ikki translort turi bir biri bilan raqobatlashmaydi, balki
bir birini o’rnini to’ldiradi, statistikaga muvofiq, avtotransportga
qaraganda, aviatransportdan foydalanishning o’sishi yuqoriroqdir.
Temir yo’l transportida tashish soni tushib boryapti,
bu transport
turini avia va avtotransport turlariga qiyoslash qiyin.
Xalqaro aviatashishlar boshqaruvini, xalqaro havo transporti
assotsiatsiyasi amalga oshiradi (International Air Assosiation- IATA),
1919 yilda asos solingan va ikkinchi jahon urushidan keyin qayta tashkil
etilgan, xalqaro reyslarni professional aviatsiya kompaniyalari orqali
amalga oshiradi. Uning asosiy vazifasi, xalqaro tijorat aviatsiya
xabarlarini
tartibga solish, barcha a’zolar uchun yagona qoida va
tartiblarini kiritish va xalqaro marshrutlarda yo’lovchilarni aviatashishlar
bo’yicha kelishilgan tariflarini o’rnatish Bu faoliyat davomida IATA yer
sharini barcha hududini shartli ravishda uchta katta mintaqaga yoki
konfederatsiyaga bo’ladi va tashishlarga yagona kelishilgan tariflarni
o’rnatishga harakat qiladi va o’zaro ular bilan har qaysi konferentsiya
doirasida yagona standartlarini o’rnatadi.
Sayohlik agentliklari IATA faoliyatida, uning maxsus bo’linmasi
International Airlines Tgavel Agents Network (IATAK)
xalqaro
aviakompaniya agentlari tashkilotlari orqali qatnashadi.
Belgilangan talablarga muvofiq va akkreditatsiya tartiblaridan o’tgan har
qaysi
sayoh
agentlariga
aviakompaniyalar
va
boshqa
tarmoq
qatnashchilari bilan xisob-kitobni amalga oshirishda vizit kartochkalari
bo’lib xizmat qiladigan maxsus rahamlar beriladi. IATAM qoidalariga
rioya qilish, xalqaro reyslarga aviabilet sotadigan sayohlik agentliklarini
yagona moliyaviy qoida talablariga rioya qilishlarini va o’zaro sayohlik
agentliklari va IATA a’zolari aviakompaniyalar bilan aloqa
funktsiyalarini bajaradi.