O’zbekistondagi yuqori toifadagi
mehmonxonalarning xarakteristikasi
O’zbekiston Markaziy Osiyodagi turistik mintaqa bo’lib, yetarli
miqdorda xalqaro standartlarga javob beradigan mehmonxonalarga ega.
O’zbekistonda 96 mehmonxona ro’yxatga olingan (2001). Ulardan
xalqaro klassdagi 4-5 toifali 7 mehmonxona majmui mavjud. Ular xorijiy
investorlar ishtiroki bilan qurilgan va rekonstruktsiya qilingan.
Intercontinental
(Toshkent).
Besh
yulduzli
mehmonxona,
shaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 246 ta. Jumladan
prezident apartamenti, 6 ta King Size shaklidagi xonalar. Xizmat
ko’rsatish ob’ektlari: 4 restoran, banket zallari, kafe, ikkita bar, sauna,
ochik va yopik basseynlar bo’lgan fitness markaz, guzallik saloni, biznes
markaz, 500 kishiga mo’ljallangan konferents zal, transport va h.k.
SHeraton (Toshkent) - besh yulduzli mehmonxona. SHaharning
markazida joylashgan. Xonalar soni 25 1ta. Standart nomerdan prezident
apartamentigacha 6 xildagi xonalarni taklif etadi. Xizmat ko’rsatish
ob’ektlari: 3 restoran, banket zallari, kafe, ikkita bar, sauna, basseyn,
go’zallik saloni, biznes markaz, kutubxona, sovg’alar do’koni, sport zali,
tennis korti, konferents zal transport va h.k.
Afrosiyob (Samarqand) - to’rt yulduzli mehmonxona. Samarqand
shaharining markazida joylashgan. Xonalar soni 278 ta. Standart
nomerdan prezident apartamentigacha 6 xildagi xonalarni taklif etadi.
Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: restoranlar, banket zallari, kafe, barlar,
basseyn, guzallik saloni, biznes markaz, sovg’alar do’koni, 300 kishiga
mo’ljallangan konferents zal, transport.
Bumi International (Toshkent) - to’rt yulduzli mehmonxona.
SHaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 190 ta. Bir yoki ikki
xonali standart lyuks nomerlar. Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: restoranlar,
banket zallari, kafe, barlar, basseyn, go’zallik saloni, biznes markaz,
sovg’alar do’koni, badiiy galereya, 600 kishiga mo’ljallangan konferents
zal, ekskursiyalar tashkil etish, transport.
Le Meridian (Termiz) - - to’rt yulduzli mehmonxona. SHahar markazida
joylashgan bo’lib, 50 nomerli, 84 o’ringa mo’ljallangan. 16 ta bir kishilik,
28 ta ikki kishilik va 6 ta lyuks nomerli. Mehmonxonada Fitnes markaz,
ikkinchi qavatda sauna, basseyn, yuvinish xonalari, fitobar mavjud.
Trinajer zali, massaj xonalari, sartoroshxona, pochta, bank, kiosklar, 200
o’rinli restoran mijozlarga xizmat ko’rsatadi. «Meridian-Otel»
mexmonxona kompleksida yevropa taomlaridan tashqari an’anaviy sharq
taomlaridan bahramand bo’lishi mumkin. Bundan tashqari quyidagi
xizmatlar ko’rsatiladi:
-
gidtarjimon ko’magida ekskursiya xizmati;
-
aviachiptalarni rasmiylashtirish;
-
suvenirlar sotish;
-
maishiy xizmatlar (kir yuvish, dazmollash va h.k.);
-
folklor shoular, ishbilarmonlik uchrashuvlari, taqdimotlar,
bayram tantanalari va boshqa tadbirlarni o’tkazish bo’yicha
buyurtmalar qabul qilish va o’tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |