Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   398
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
324 
Passiv lug‘atni tanlash chog'ida esa birinchi guruh mezonlari va semantik qiymatga egalik va so‘z 
yasash imkoniyati, ko‘p ma’nolilik hamda mavzuiy aloqadorlik mezonlaridan foydalaniladi. 
Tanlash birligi fanda uzluksiz bahslarga sabab bo‘lgan metodik tushunchadir. Ushbu birlikka 
tegishli metodik talablar qo‘yiladi: birinchidan, tanlash birligi mezonlar va tanlash tadbiriga mos tushishi 
kerak, ikkinchidan, ular xolisona amallar asosida ajratib olinishi zarur. Xullas, tanlash birligi qilib, so'zlar, 
ulaming leksik-semantik va leksik-frazeologik variantlari hamda nutq klishesi (qolip-jumla) muayyan 
ma’noda olinadi. Bir ma’nodagi so‘z yoki so‘zga teng keladigan turg‘un birikma leksikaning tanlash 
birligi sanaladi (ma’no lug‘atda ko‘rsatiladi, so‘z mazmuni ushbu ma’noning nutqiy faoliyatda yuzaga 
chiqishidir, tushuncha esa tafakkurda shakllanadi). Miqdor va sifat jihatidan o‘quv dasturi talabiga javob 
beradigan lug‘at minimum darsliklar va qo‘llanmalar tuzish uchun ,,qurilish“ materiali vazifasini o‘taydi. 
Tanlangan leksik material metodik tasnif, taqsimot va statik taqdimot bosqichlaridan o‘tadi, dinamik 
taqdimotdan boshlab o‘quvchilar ko‘nikmasini hosil etishga xizmat qiladi. Lug‘at minimumning o‘qitish 
maqsadlariga ko‘ra taqsimotiga oid masalalarning muxtasar tahlili quyida bayon etildi. 
Leksikaning taqsimoti. Ilmiy adabiyotlarda ushbu tushuncha (ruscha manbalarda “методическая 
организация”) “metodik tashkil qilish” degan termin bilan ifodalanadi. Til materialini tanlashdan ko‘ra 
taqsimlash masalasiga kamroq ilmiy e’tibor berilgan. O‘quv materialining taqsimoti fan asoslari 
o‘rgatiladigan o‘quv predmetlarida osondan qiyinga va boshqa didaktik prinsiplarga binoan amalga 
oshiriladi. Chet tilda faoliyat o‘rganilishi munosabati bilan leksik material chet til metodikasi qonun-
qoidalari doirasida taqsimlanadi. 
Leksikaning taqsimoti ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
1) aktiv va passiv leksik minimumlarga ajratiladi, ya’ni og‘zaki nutq o‘qitish maqsadi 
hisoblanadigan ta’limning birinchi va ikkinchi bosqichlarida aktiv, yuqori bosqichda o‘qish uchun passiv 
leksika farqlanadi, passiv leksikaning yarmi og‘zaki 
nutqda ham taqdim etiladi; 
2) reproduktiv va retseptiv tarzda egallanadigan leksika darslik tuzish chog‘ida sinflar 
minimumlari shaklida ajratib chiqiladi. 
Leksik birliklarning xususiyatiga qarab, taqsim miqdori aniqlanadi. Undan tashqari idrok etib 
tushunish yoki fikr bayon etish uchun leksikaning qo‘llanishida ham tafovut mavjud, binobarin, taqsim 
miqdori ham farq qiladi. Ta’kidlangan taqsimot tartibini belgilashda metodik mezonlarga amal qilmoq 
zarur. Sodda qilib, taqsimot mezonlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
1) leksikani nutq faoliyati shakli (reproduktiv va retseptiv)ga qarab ajratish, ya’ni nutq talabiga 
ko‘ra taqsimlash yoki o‘qitish maqsadini nazarda tutish;
2) nutqiy mavzularni e’tiborga olish;
3) o‘quvchilar til tajribasini hisobga olish;
4) til ichki interferensiyasini bartaraf etishni ko‘zlash; 
5) yangi grammatik hodisani tanish leksik birliklarda, yangi leksikani o'rganilgan grammatika 
vositasida berish;
6) leksik qiyinchiliklami bo'lib (chegaralab) o‘rgatish. 
Metodik tasnif (ruscha adabiyotlarda “методическая типология (классификация)”) deganda, til 
birliklarini o'zlashtirishda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklar tufayli ularni turli toifalarga ajratib chiqish 
tadbirlari tushuniladi. Demak, tasnif termini beixtiyor qiyinchilik hodisasi bilan fikran bog‘lanadi. 
Metodik tasnifga bo‘lgan hayotiy ehtiyoj nima bilan isbotlanadi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bir 
so‘z bilan javob berib, o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklami darajalarga bo‘lib chiqish niyatida tasnif 
zarurligini eslatish kifoya. Xorijda va vatanimizda til materiali tasnifi masalasi metodistlar e’tiborini 
doimo jalb qilib keladi. Metodikada o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan tasnif bilan faol 
shug‘ullanishga kirishilgan va muhim tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ttizinchi yillarda amerikalik chet til 
o‘qitish ruhshunosi H.Hyuz1 ona tili bilan taqqoslash orqali chet til leksikasini oson/qiyin toifalarga 
bo‘lish haqida fikr bayon etgan edi. 
Xulosa qilib aytganda, hozirgi o‘zbek adabiy tilini darajalashda hamda leksik bazani aniqlashda 
quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi: 

darajalashga asos bo‘luvchi tamoyillarni ishlab chiqish; 

yaratilgan tamoyillarga tayanib leksik, morfologik, sintaktik bazani to‘plash; 

yig‘ilgan so‘z boyligini o‘rganuvchilarga qulay va qiziqarli tarzda yetkazib beruvchi turli xil 
vositalarni yaratish; 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish