Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
287
antiplagiat dasturining takomillashuvida kompyuter muhandislari bilan filolog mutaxassislarning
professional hamkorligini talab qiladi.
Mazmun haqida fikr-mulohazalar yuritilganda so‘z va u bilan bog‘liq til hodisalaridan biri bo‘lgan
sinonimiya haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Sinonimiya barcha tabiiy tillar uchun xos bo‘lgani holda
olimlarning doimiy e’tibor markazida turadi. O‘zbek tilshunosligida ham sinonimiya hamda tilda
mazmun masalasida ko‘plab qimmatli tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Sinonimiya (yun. synonymia— bir
xil nomga egalik). Til birliklarining (so‘zlar, iboralar va b.) bir-xil denotativ ma’noga ega bo‘lishi:
Leksik sinonimiya. Frazeologii sinonimiya. Affiksal sinonimiya. Sintaktik sinonimiyam
[Hojiyev, 2002:
88] deb izohlanganligidan ma’lum bo‘ladiki, sinonimiya hodisasi, qo‘shimchalar, so‘zlar, iboralar hamda
gaplarda ham mavjud hodisa. O‘zbek tilshunosligida sinonimiya hodisasi qo‘shimchalar, so‘zlar hamda
iboralar yuzasidan amalga oshirilgan bo‘lsa-da, lekin gaplarda sinonimiya hodisasi hanuzgacha jiddiy
tadqiq etilmagan. Nazariy jihatdan qo‘shimchalar, so‘zlar va iboralarda sinonimiya hodisasi ilmiy
asoslanganidan keyin o‘z-o‘zidan bu boradagi ishlarni yaxlit tizim sifatida shakllantirish uchun gap
sinonimiyasi bo‘yicha ham asosli ilmiy tadqiqot qilish zaruriyatga aylanishini bugungi ijtimoiy ehtiyoj
ham tasdiqlamoqda.
Sintaktik sinonimiya hodisasini nazariy jihatdan to‘g‘ri va aniq ishlab chiqish hamda uni sun’iy
intellekt sifatida joriylantirishning ahamiyati haqida yuqorida ham aytib o‘tgan edik. Masalan,
Sintaktik
sinonimlar. Mazmuni bir xil, shakliy qurilishi o‘zaro farqli bo‘lgan sintaktik tuzilmalar: Hammani
xabarlagan, buni aniq bilaman — hammani xabarlaganligini aniq bilaman. Odamga liq to‘la — odam
bilan liq to‘la va b.
[Hojiyev, 2002: 88]
izohiga e’tibor qaratsak, keltirilgan ikki gap birinchi gapda
qo‘shma gap va sodda gap sinonim, ikkinchisida ikkita sodda gap sinonim bunda faqat so‘z tartibi
o‘zgargan xolos. Sinonim so‘zlarning shakli har xil, ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar deyiladi.
Ya’ni sinonim so‘zlar aynan bir predmet, belgi, harakat tushunchasini ham, qo‘shimcha ma’no ottenkalari
bilan farqlanadigan predmet, belgi, harakat tushunchalarini ham anglatadi. Masalan, tilshunoslik –
lingvistika sinonimlarining ma’nosi aynan bir xil. Yig‘lamoq, yig‘lamsiramoq sinonimlarining ma’nosida
farq mavjud [Hamroyev, 2007: 47]. So‘zlar yakka holda va umumiy matnga qarab aynan o‘xshash yoki
qisman o‘xshash bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunga qadar sinonimiya hodisasi, gap mazmuni haqida amalga
oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun asosan badiiy matn tanlangan. Biz ilmiy ishimiz uchun esa, ilmiy
matlarni asos qilib olganligimiz.
Sodda gaplar tadqiqot obyekti sifatida o‘zbek va xorij tilshunosligida juda ko‘p o‘rganilgan.
Jumlada, o‘zbek tilshunosligida R.Sayfullaeva tasdiq va inkor gaplarning sinonim bo‘lib kelishini tadqiq
qilgan. Shuningdek, M. Haynazarovaning filologiya fanlari nomzodligi uchun yozgan “So‘roq gaplarda
shakl va mazmun nomuvofiqligi”, D.Lutfillayevaning “Tasdqi gaplarda inkor va shakliy mazmuniy
nomuvofiqlik” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi, “Gapning semantik-sintaktik qurilishi qolipi va
propozitiv strukturasi o‘rtasidagi munosabati” mavzusidagi doktorlik ishi tadqiqotlarini misol qilishimiz
mumkin. Yuqoridagi ishlarda shakl va mazmundagi nomuvofiqilik tadqiq etilgan bo‘lsa-da sinonimiya
hodisasi e’tibordan chetda qolgan. Masalan, Biroq Nizom hozir bu baxtdan mahrum. (P.Qodirov
“Avlodlar dovoni”) gapining kesimi benasib/dir, bebahra/dir,bahramand emas so‘zlari bilan almashtirilsa
ham, “Nizomning baxtga ega emasligi” ma’nosi anglashiladi. Bunday SQlarning mahrum so‘zidan tashkil
topgan SQdan farqi shuki, ularda kesim o‘ziga tobe bo‘lgan bo‘lakni jo‘nalish kelishigida qo‘llanilishini
talab qiladi, shuningdek, mazkur SQlar inkor gap hisoblansa, kesimi mahrum so‘zidan tashkil topgan
gaplar tasdiq gapdir. [Lutfullayeva, 1997: 38] deb keltirish bilan birga bunday gaplarning bir ma’no
atrofida birlashishini ta’kidlaydi. Ko‘rinib turibdiki, tahlilga tortishda olingan gap shakl va mazmundagi
qarama-qarshilikning o‘zi bilan cheklangan.
Sodda gaplarni tahlil qilganimizda umumiy jihatdan mazmun saqlangani holda shaklni
o‘zgartirishda uchta hodisa: qo‘shish, olib tashlash hamda almashtirish (so‘z, qo‘shimcha v.h.) o‘rinli
ekanligini aniqladik. Quyida keltirilayotgan namunada buni ko‘rib chiqishimiz mumkin.
1.
1.So‘nggi yillarda tashqi olamni fahmiy va idrokiy bilishdan amaliy-funksional bilishga
bo‘lgan intilish birmuncha ortdi.
101
2.
Ta’kidlash lozimki,
so‘nggi yillarda tashqi olamni fahmiy va idrokiy bilishdan amaliy-
funksional bilishga bo‘lgan intilish birmuncha ortdi.
101
Til va adabiyot ta’limi jurnali.2017-yil 7-son, 15-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |