9. Birovning jamiyatdagi o‘rnidan noroziligidan qaytarish
:
Xayr qilsang, butun qil.
Xalqning molini yegan halqumidan ilinar.
Cho‘loq bo‘lsa ham no‘noq bo‘lmasin.
Shavla ketsa ketsin, obro‘ ketmasin.
Birovniki qiz ko‘rinibdi.
Mazkur guruhga mansub paremalar qatorida o‘zga shaxsga ham, so‘zlovchining o‘ziga ham
bir xil darajada taalluqli bo‘la oladigan iboralar ayniqsa ko‘p. Ikkinchi holatda amalga oshadigan
funksiyani o‘zini-o‘zi ishontirish deb nomlash mumkin. Masalan, “Kambag‘alni tuyaning ustida ham
it qopadi” kabi. Amaliy kommunikatsiyada bu funksiya odatda suhbatdoshning biror e’tiroziga yoki
maslahatiga munosabat bildirishdek namoyon bo‘ladi. Masalan, so‘zlovchi o‘z suhbatdoshidan
hayajonlanib so‘rashi mumkin: “Sen shunday haqoratga qanday qilib chidashing mumkin?” Berilgan
savolga suhbatdosh mazkur maqol orqali munosabat bildirishi mumkin bo‘ladi. Maqolli-matalli hikmatli
so‘zlar nutqiy o‘zaro munosabat vaziyatlarida kuzir kartalariga o‘xshaydigan vositalarni tashkil qiladi,
mazkur vositalardan mahorat bilan foydalana oladigan kishi uchun suhbatdoshni yoki tinglovchilarni
chaqqonlik bilan hiyla-nayrangli boshqarish imkoniyatini beradi. Mana shunday ta’sir ko‘rsatish
mexanizmlarining tahlili va tasnifi ham nazariya, ham amaliyot nuqtayi nazarlaridan, shubhasiz,
qiziqarlidir. Nutqiy maqsadlar to‘g‘risidagi masalani faqat maqollar va matallar toifasidagi tarkibiy-to‘liq
frazeologizmlar holatidagina to‘liq darajada qo‘yish mumkin bo‘ladi. Shularga nisbatan bir qator
tadqiqotchilar paremiya tushunchasidan foydalanadilar, garchi mazkur tushuncha o‘zining hajmi
bo‘yicha ancha kengroq bo‘lsa ham uni topishmoqlarga, tanlov sanoqlariga, masal-matallarga, qofiyali
gaplarga ham taalluqlashtirish mumkin. “Paremiyalar – namunaviy diskurslar, ular ham leksik birliklar
(so‘zlar, frazeologizmlar) kabi yaxlit va mustahkam shaklga, qayta takrorlanish muntazamligiga egadir,
biroq mazkur sifatlardan farqli o‘laroq, ular bitta yoki undan ko‘proq, ya’ni maqollar va matallar,
hikmatli so‘zlar, latifalar, loflar, yomon ko‘zdan asrovchi duolar, hikoyatlar, ertaklar, miflar kabi fikr-
mulohazalardan iborat...” [Borbotko, 1999: 90]. Paremiyalar funksional tasarrufining ular bilan o‘zaro
nisbatlanadigan nutqiy aktlar yo‘sinidagi baholanishlari, qoidagidek, o‘z-o‘zidan fahmlanadigandek,
muvofiq tahlilsiz umumiy shaklda beriladi, masalan, taqqoslang: "”Kundalik foydalanishda maqollar,
qoidaga muvofiq, qandaydir amaliy, pragmatik maqsadlar uchun foydalaniladi. Ular orqali o‘z holatlarini
asoslaydidar, bashoratlar qilinadi, shubha-gumonlar bildiriladi, ta’na-malomatlar qilinadi, biror narsada
o‘z-o‘zini oqlaydilar yoki kechirim so‘raydilar, kimnidir yupatadilar, kimnidir masxara qiladilar va
ustidan zaharxanda kuladilar, istak bildiradilar, va’da beradilar, izn beradilar, buyruq beradilar va
taqiqlaydilar va h.k.” [Krikmann, 1978: 94]. Maqollarni va matallarni bir-biridan farqlashtirish
masalasida yana boshqa bir an’ana mavjud, unga muvofiq maqollarda, albatta, metaforik timsol hozir
bo‘ladi (shu bois ular ko‘chma ma’noga ega bo‘ladi) va shu bilan bir vaqtda matallar faqat so‘zma-so‘z
ma’noda idrok qilinishi lozim. “Matallar deganda ... faqat so‘zma-so‘z yo‘singa ega bo‘lgan va
grammatik jihatdan tugallangan gapdan iborat bo‘lgan qisqa xalq mulohazalari tushuniladi. Shuni
nazardan qoldirmaslik kerakki, maqolli-matalli paremiyalarga bog‘liq funksiyalarning soni, ularning
o‘ziga xos yanada kuchliroq variantlarining yoki turli ko‘rinishlarining mavjudligi hisobiga amalda
g‘oyat ko‘proq bo‘ladi, ulardan bir qismi yuqorida keltirilgan (masalan, tinchlantirish – dalda berish,
yupatish). Masala shundaki, qandaydir maqolli mulohazaga yaqin qarindoshlik funksiyalarning aynan
qaysi biri xos ekanligi masalasini abstrakt ko‘rinishda uni amalga oshirishning aniq omillarini
inobatga olmay deyarli hal qilib bo‘lmaydi. Belgilovchi paytlar sifatida bu yerda, masalan, funksiyasini
o‘git-maslahatdek yoki ibratdek talqin qilinishi tabiiy bo‘ladigan fikr bildirish, undan kattaning yoshi
kichikka murojaat qilganida, shuningdek ishtirokchilar o‘z tasarruflari bo‘yicha teng bo‘lgan vaziyatda
Do'stlaringiz bilan baham: |