Kalit so‘zlar:
jamlik kategoriyasi, ko‘plik, uzluksiz ko‘plik, uzuq ko‘plik, to‘da, birlik son , ko‘plik
son , populyatsiya
Keywords:
community category, plural, continuos plural, gang, unit number, population.
O‘zbek tilida ko‘plik qo‘shimchasi asosan -lar”orqali ya’ni birinchi usuldan ko‘p foydalaniladi. Bu
uchala turdan sintaksistik ifodalanish qadimiyroqdir. -lar asosan ot, kishilik olmoshlari va fe`llarga
qo‘shiladi. Ko‘plik qo‘shimchasi -lar shaxs, narsa, harakatni ko‘pligini bildirsada aniq miqdorni
bildirmaydi. Masalan: gul - bitta gul, gular - ko‘p gul miqdori biz uchun noaniqdir.
Nutq jarayonida predmtlari to‘la guruh tarzida ifodalashga yoki ularning ma’lum bir toifasi haqida
fikr yuritishga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa til strukturasida bir necha narsalarning yaxlitlikni ajratuvchi
so‘zlar paydo bo‘ladi. Tilshunoslikda bunday til hodisasi jamlik kategoryasi, jamlik otlari nomi bilan
yuritiladi.
Jamlik kategoryasi termini o‘zbek tilshunosligida deyarli qo‘llanilmaydi. Qo‘llanib kelayotgan
jamlovchi otlar, jamlovchi sonlar kabi terminlar esa bu leksik-grammatik kategoryalarning mohiyatini
o‘zida to‘g‘ri aks ettirolmaydi. Chunki, mazkur terminlarning ma’nosi otlar, sonlar, shaxs va narsalarni
jamlar ekan, degan xulosaga olib kelishi mumkin. Shu sababli ularni jamlik otlari, jamlik sonlari deb
atagan ma’qul.
Ma’lumki, ko‘plik miqdor va sifat jihatdan farqlanadi [Гулыа, Шендельс, стр.27]. Aniq va
noaniq ko‘plik ko‘plikning miqdoriy farqi bo‘lsa, yakkalarga ajralmaganlik va yaxlitlik, yalpilik
ko‘plikning sifatiy farqlari [Холдович, 1946: стр.1].
O‘zbek tilshunosligida ko‘plikning ichki miqdori va sifatiy farqlariga bag‘ishlangan maxsus ishlar
yo‘q. Faqat A.G‘ulomovning ko‘plik kategoryasiga doir ishida bu masala yuzasidan diqqatga sazovor ilk
fikrlar aytilgan xolos [Ғуломов, 1944: 3-бет]. Bu ishda muallif ko‘plikning sifatiy farqlari haqida
to‘xtab: “ kishilar sostavi toqlarga bo‘linuvchi, shu ayrimliklari to‘la anglashilgan haqiqiy ko‘plikdir, xalq
esa kishilar darajasidagi son bazasiga ega bo‘lmay, bir butun deb qaralgan to‘dani bildiradi”[
А.А.Потебня, 1968: стр. 26], deb yozadi. A.G‘ulomovning qarashlari nazaryachi tilshunos A.A.
Potebyanning mazkur masala yuzasidan bayon qilgan fikrlari bilan hamohang bo‘lib o‘rganilishi zarur
bo‘lgan lingvistik hodisaning semantik mohiyatiga to‘liq mos keladi.
Yakka otning birlik va ko‘plik ma’nosi uchun qulaylik bo‘lmasa,
Do'stlaringiz bilan baham: |