Тилини ривожлантириш департаменти ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/398
Sana02.06.2023
Hajmi8,89 Mb.
#948061
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   398
Arabiy so‘zlar qatlami. 
«Devoni Mirzo» asarida qo‘llan 803 ta arabcha so‘zdan 161 tasi HO‘T 
uchun eskirgan so‘z sifatida O‘TILdan joy olmagan. Bu so‘zlarni muayyan otlar (a), mavhum otlar (b), 
sifatlar (v), ravish (g), son (d), yuklama (е) larga ajratish mumkin: 
а) otlar:
araq, ashjor, asmo, atfol, mug‘, surohiy, tifl, uqbo, zavraq

b) mavhum otlar: 
hayo, hiddat, jur’a, jurm, qurbat. 
v) sifatlar: 
ablah

ahmar, axzar, akbor, bakir, bayzo, durud, farog‘, foyiq, fuzun, homun, mavzun, 
muanbar, muddaiy, nash’, vofir.
g) ravishlar:
asalat, aham, batinan, vahmnak, mannan, ma’ruz, mujmalan, munqati’, murassa’, musaxxar, 
mustag‘raq, mutavajjih, mutaxayyir, muishxxas, muqavviy, muqayyid, xabis, xujasta, hannan.
d)
holo; 
e)
arbaa; 
j) lavlok. 
“Devon”da ishlatiladigan arabiy so‘zlardan bir qismi arabcha ko‘plik shaklida bo‘lib, ularning 
birlik son shakli o‘zbek tilida ishlatiladi [Иванов, 1973:62]. Masalan, 
ashab, aflok, ahbob, ahvol, altof, 
alvon, alzom, ashjor, ash’or, asmo, asror, atfol, atrof, avrod, avsof, fuzun, g‘animat, ifsho, iltifot, 
intiqomat, junun, lutf,, nujum, sifot.
HO’T uchun eskirgan sanalayotgan bu so‘zlar ham Mirzo 
she’riyatining uslub talablari bilan hamda o‘z davri ruhini berish bilan aloqadordir. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, tarixiy, ilmiy, diniy qadriyatlarni tiklash munosabati bilan 
eskirgan deb sanalgan so‘zlarning bir qismi qaytadan tiklanmoqda:
nubuvvat, nabiya, rihlat, uqbo. 
Mirzo «Devon»ida O‘TILda qayd qilinmagan dubletlar ham uchraydi. Bular: 
al
(old), 
al
(qo‘l), 
olda

(aldamoq), 
orzi
- (arzimoq), 
osra
- (asramoq), 
oy
- (aytmoq), 
te-
(demoq), 
tufrog‘//tufroq, yaro
- (yaramoq) kabi 
adabiy tilimizdagi so‘zlarning fonetik variantlaridir. Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, ularning 
ko‘pchiligi
о - а, p - f
almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lib, 

ni 

ga almashtirish ikki tilli shevalarga xos 
xususiyatdir, chunki bir tilli shevalarda teskari hodisa 

ning 

ga almashinuvi kuzatiladi. Qolgan 
dubletlarning ishlatilishi, ya’ni 
kirpik, ol
(old) kabilar buyuk mutaffakkir – Alisher Navoiy asarlari tiliga 
ergashishdir 
Muhammadrasul Mirzo «Devon»i leksikasining O‘TILga munosabatini ko’rib chiqib, qat’iylik
bilan shuni ta’kidlash mumkinki, bu leksika - uslub xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan 150-200 so‘zni 
hisobga olmaganda, hozirgi o‘zbek adabiy tili va shevalarida to‘laligicha mavjuddir [Abdurahmonov 
G‘. va b. 2008:326]. Demak, bu dalillar hozirga o‘zbek adabiy tili, uning lug‘at meyorlari XIX asr 
boshlarida shakllanganligidan dalolat beradi. Umuman olganda esa Mirzo «Devon»i leksikasini hozirgi 
o‘zbek tili lug‘at boyligi bilan solishtirish ikki davr leksikasi umumiy va bir xildir, degan xulosaga 
olib keladi. Biz tadqiq qilayotgan yodgorliklarda bir qator arabiy va forsiy so‘zlar borki, ular HO‘T uchun 
eskirgan, «Devon»da esa XVII-XIX asrlar eski o‘zbek tili badiiy uslubini davom ettirish maqsadida 
qo‘llangan. 

Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish