44
7-mavzu. Qoldiq moylarni deasfaltlash.
7.1. Moylarni deasfaltlash
Qoldiq moylarni gudron va yarim gudronlardan ishlab chiqariladi. Bu
frakstiyalarda ayniqsa smolali neftlardan olingan bo’lsa 50% gacha smola va asfalten
bo’ladi. Smola-asfaltenli birikmalarni murakkabligi selektiv erituvchini qo’llashga
yo’l bermaydi. Shuning uchun moyni qimmatbaho uglevodorodlari
uchun erituvchi
tanlanadi. Smola-asfaltenli birikmalar erituvchida deyarli erimasdan cho’kmada
qoladi. Erituvchi sifatida suyuq propan ishlatiladi.
7.2. Jarayonni ko’rsatkichlari
Moy uglevodorodlarining propandagi eritmasidan smolalar 50-85
0
S oralig’ida
engil ajraladi.
Haroratni yuqori darajasi propanni kritik harorati bilan (96,8
0
S) chegaralanadi.
Propanni harorati kritik temeraturaga yaqinlashgani
sari uni eritish qobiliyati
pasayadi, moyni uglevodorodlari qisman smolalar bilan cho’kib qoladi.
Buning
natijasida moyni chiqishi pasayadi. Past haroratda buni teskarisi bo’lib
suyuq
propanni eritish qobiliyati ortadi va 40
0
S da smolalar propanda eriydi va moyni sifati
pasayadi.
Jarayon kolonnada olib boriladi. Propan kalonna tagidan beriladi,
moylar esa
tepa
qismidan, kolonnani tepa qismida harorat 70-75
0
S va pastki qismida 50-60
0
S
bo’ladi. Kalonnani tepa va pastki qismida haroratni har-xil
ushlab turish natijasida
moydan smola va asfaltenlarni to’liq ajratib olinadi. Haroratni bu farqiga deasfaltlash
gradienti deyiladi. Propanni suyuq holda ushlab turish uchun jarayonni 4-4,5 Mpa da
olib boriladi.
45
Erituvchini va boshlang’ich mahsulotni nisbatini tajriba yo’li bilan topiladi va
u xom-ashyodagi uglevodorodlar soniga bog’liq. Uglevodorodlar
miqdori qancha
ko’p bo’lsa propan bilan boshlang’ich mahsulot nisbati ham shuncha ko’p bo’ladi.
Propan va boshlang’ich modda 4:1 dan 8:1 gacha bo’lgan nisbatda olinadi.
Propanni miqdorini ma’lum darajagacha oshirish deasfaltizat
sifatiga yaxshi
ta’sir ko’rsatadi, smolali-asfaltenlarni cho’ktirish tezlashadi.
Deasfaltdash jarayonini bir bosqichda olib
borish mumkin lekin olingan
mahsulotni sifati ikki bosqichli jarayonda ko’ngildagidek bo’ladi. Birinchi bosqichda
olingan asfalt eritmasidan qimmatbaho uglevodorodlarni ajratib olish uchun ikkinchi
bosqichda deasfaltlanadi. Ikki bosqichli sxemada gudrondan moyni olish 10% ga
ortadi. I va II bosqich deasfaltizatlari sifat bo’yicha katta farq qiladi.
II bosqich deasfaltizatidan juda yopishqoq moylar olinadi.