O`QUV JARAYONIDA MOODLE TIZIMINING IMKONIYATLARI
VA AFZALLIKLARI
Sayidova Nazokat Sayfullayevna
BuxDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, fiz.-mat.fan.nomz.
Jo`raqulov Jasur Javhar o`g`li
BuxDU fizika-matematika fakulteti 2 – bosqich magistri
Ta`lim sifatidan qoniqmaslik turli sabablarga ko`ra bo`lishi mumkin. Buning
dastlabki va asosiy sababi pedagog kadrlarni internet texnologiyalari va masofaviy
ta`limdan foydalanib ta`lim berish sifatini yaxshilashdadir. Aynan hozirgi kun
ta`lim tizimi faoliyatini yaxlitligiga va uning har bir bo`laklarini alohida holdagi
samaradorligini belgilaydi. Bizning mamlakatimiz ta`lim tizimi ham boshqa
rivojlangan davlatlar ta`lim tizimidan qolishmagan holda yuksalib bormoqda.
Ilgarilari masofadan o`qitish yoki ma`lumot almashish qiyin vazifadek ko`ringan
bo`lsada, bugungi kunga kelib u hayotimizning barcha sohalariga tadbiq
qilinmoqda va uning ajralmas bir bo`lagi bo`lib qolgan.
Masofaviy ta`lim tizimida elektron universitetlarni tashkil etish, ularni
masofadan boshqarish, on-line va off-line o`qitish tizimida Tyutorlarni
shakllantirish hamda ularga ish faoliyatini olib borishlarini ta`minlash uchun bir
qancha dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Bular: Ucoz sayt yaratuvchi
konstruktorlari, Claroline, Moodle masofaviy ta`lim platformasi, OpenACS
masofaviy ta`lim platformasi, Sakai masofaviy ta`lim platformasi,
e-Learning
Server
masofaviy ta`lim platformasi
,
Atutor masofaviy ta`lim platformasi kabi
erkin va ochiq kodli dasturiy vositalarni misol qilishimiz mumkin.
Bu dasturlar yordamida har bir masofaviy ta`lim professor-o`qituvchisi ya`ni
Tyutor o`zining elektron kabinetini yaratadi, shu yerda har bir talaba o`z xoxishiga
ko`ra ro`yxatdan o`tadilar va o`zlari tanlagan professor-o`qituvchidan (Tyutordan)
Online va Offline tarzda bilimlarini oshiradilar va tahsil oladilar.
Yuqoridagi
fikrlardan
ko`rinib
turibdiki
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) ning rivojlanishida yetuk mutaxassislarning roli va o`rni
beqiyosdir. Bunday kadrlarni tayyorlashda masofaviy ta`lim texnologiyalariga oid
fanlar va ularni o`qitishning samaradorligini oshirish bugunning dolzarb
masalalaridan biridir. Biz hozirgi kunlarda Buxoro davlat universiteti “Axborot
texnologiyalari” kafedrasida “Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili” yo`nalishi
talabalariga o`qitilayotgan “Axborot texnologiyalari” fanining o`quv modullarini
joylashtirish uning imkoniyat va afzalliklari ustida ilmiy-amaliy ishlarni bajarib
kelmoqdamiz. Avvalo mavzuning nazariy masalalar va tashkiliy xarakterga ega
bo`lgan hujjatlarni o`rganish, shu bilan birga oliy ta`lim muasasalarida “Moodle
tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusinining mazmun mohiyatini o`rganish
hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etishni ustida ishlamoqdamiz. Bunda biz
avvalo shu ish uchun muhim bo`lgan adabiyotlar masalan: N.N. Azizxo‘jaevaning
“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmalarini,
F.M. Zakirovaning “Elektron o‘quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini
yaratish metodikasi” nomli metodik qo‘llanmani, A.M. Anisimovning “MOODLE
2
masofaviy o’qitish tizimida ishlash” nomli o’quv qo’llanmalarini, L.V. Golish va
D.M. Fayzullayevalarning “Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va
rejalashtirish”
nomli o’quv uslubiy qo’llanmalarini, F. Zakirova, U.
Muxamedxanov, Sh. Sharipov, R. Isyanov, F. Esanboboyev, S. Dottoyevlarning
“Elektron o’quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi”
nomli metodik qo’llanmalarini internet orqali muhim ma`lumotlar bilan tanishdik
va tahlil qilib chiqdik. Shundan so`ng oldimizga quyidagilarni maqsad qilib oldik:
-
“Moodle tizimi va uning imkoniyatlari”
Do'stlaringiz bilan baham: |