Z. T. G‘ulomov, R. X. Nabiullin, G. Z. Kamilova jismoniy tarbiya va sport menejmenti о ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan 5610500 «Sport faoliyati


katimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning ascsiy ycf nalishlari



Download 7,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/112
Sana31.05.2023
Hajmi7,9 Mb.
#947034
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti 1 qism G`ulomov Z T 2015

katimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning ascsiy ycf nalishlari
sifatida quyidagilarga alohida e ’tibor qaratildi (5-rasm).
5-rasm.
Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlashda 
kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora- 
tadbirlar, muhim vazifa va yo‘nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy 
taraqqiyot dasturlaming ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi 
muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o ‘tilgan yo‘l -
oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash 
orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim 
prinsipial ahamiyat kasb etadi. Natijada 2009-yil mobaynida sanoat 
tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi 18 foizga, 
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, « 0 ‘zmetkombinat» aksiyador- 
lik ishlab chiqarish birlashmasi, « 0 ‘zeltexsanoat» uyushmasi, 
« 0 ‘zqurilishmateriallari» kompaniyasi singari va boshqa korxona va 
tarmoqlarda 20-25 foizga, shu jumladan, sport tovarlarini ishlab 
chiqarish esa 11,5 foizga kamaydi. Jumladan, respublikamizda 
iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
tannarxini pasaytirish bo‘yicha erishilgan natijalarni 6-jadval orqali 
ko‘rishimiz mumkin (6-jadval).


6-jadval
2009-yiIda O‘zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha
ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha
erishilgan natijalar
Komplekslar nomi
Mahsulot tannar- 
xining pasayishi
mlrd
so‘mda
foizda
Geologiya, yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft- 
kimyo va metallurgiya sanoati kompleksi
1156,3
21,9
Mashinosozlik, elektrotexnika va aviatsiya 
sanoati hamma mahsulotlami standartizatsi- 
yalashtirish kompleksi
156,2
18,5
Kommunal soha, transport, kapital qurilish 
va qurilish industriyasi kompleksi
458,8
21,3
Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo'jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol 
tovarlari kompleksi
295,1
20,0
Ta’lim, sogMiqni saqlash va ijtimoiy muho- 
faza, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport 
kompleksi
13,1
20,2
Respublika bo‘yicha jami
2079,5
20,38
O ‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy maydondagi 
nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. 
Bunda mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqti­
sodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo‘Harming 
aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq va 
marralaming salmoqli bo‘lishiga imkon yaratdi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraq- 
qiyoti o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan 
keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat - milliy 
iqtisodiyotlaming tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining 
kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi 
raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro
77


mehnat taqsimotidagi o ‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashi- 
ning kuchayishiga ham ta ’sir ko‘rsatadi.
Haqiqatdan ham, mamlakatimizda barqaror va samarali iqti­
sodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan 
islohotlar bugungi kunda o ‘zining natijalarini namoyon etmoqda. 
Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o ‘zga- 
rishlami amalga oshirish, aholi daromadlarining o'sishini ta ’min­
lash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchay- 
tirish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy 
tadbir-korlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi 
faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo‘lga kiritildi. 
Iqtisodiyotimizdagi ushbu ijodiy siljishlar yurtimizda jismoniy 
tarbiya va sportning rivojlanishiga ham katta imkoniyatlar yaratib 
bermoqda. 0 ‘z navbatida jismoniy tarbiya va sport birinchi 
navbatda sogMom, barkamol avlodni shakllanishiga, qolaversa 
ishlab chiqarish va iqtisodni rivojlanishida va yurtimizni jahonga 
tanilishida yuksak omil vazifasini o ‘tab kelyapti.
Biroq, o ‘z o ‘rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir 
qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli 
mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, 
dunyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan 
tafovutning, ekologik tahdidlaming kuchayib borishi, turli mamla- 
katlarda aholi soni o‘zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar 
jahon xo‘jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga 
to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir 
xususiyatli jihati - jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy larzalaming muqarrar ravishda boshqa mamla- 
katlarga ham o ‘z ta’sirini o ‘tkazishi hisoblanadi.
Jahon hamjamiyati bugungi kunda boshidan kechirayotgan 
moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayon­
larining salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlani- 
shining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon 
moliyaviy inqirozi oqibat-larining ta’sirini har tomonlama hisobga 
olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri 
nuqtai nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga
78


oshirishimiz taqozo etiladi. Bu boradagi chora-tadbirlar Prezi­
dentimiz I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 
0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» 
nomli asarlarida keng va batafsil bayon qilib berilgan. Asarda jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozining 
mazmun-mohiyati, 
namoyon 
boiish shakllari, kelib chiqish sabablari, uning olish va yum- 
shatishga asos bo‘lgan omillar bayon qilib berilgan. Shuningdek, 
mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g‘oyat murakkab va og‘ir 
bo‘lishiga qaramay 2008-yilda erishilgan ijobiy natija va yutuqlar 
baholanib, respublikamizdagi iqtisodiy salohiyatdan yanada kengroq 
foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Asarda 0 ‘zbekiston 
uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga 
chiqishning ishonchli yo‘li sifatida 2009-2012-yillarga mo‘ljal- 
langan iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo‘na- 
lishlari belgilab berilgan:
1) mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012-yillarda jahon 
iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yi- 
cha inqirozga qarshi dastumi amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy 
o ‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning 
muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;
2) tarkibiy o‘zgartirishlami davom ettirish va iqtisodiyotni 
diversifikatsiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standart- 
lariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori 
bo‘lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘nalti- 
rilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modemizatsiya qi­
lish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo‘li bilan amalga 
oshirish;
3) qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, 
qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal 
rivojlantirishga, mulkdoming, tadbirkorlik va kichik biznesning 
maqomi, o ‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga, fermer 
xo‘jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga 
yo‘naltirilgan uzoq muddatli, o ‘zaro chuqur bogiangan chora- 
tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;
4) aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirish- 
ning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik 
biznesni jadal rivojlantirish;
79


5) mamlakatni modemizatsiya qilish va aholi bandligini 
oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilmani yanada rivojlantirish;
6) banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik 
yurituvchi subyektlaming bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi 
depozitlarga jalb qilishni rag‘batlantirish.
Prezidentimizning ushbu asarlarida belgilab berilgan 0 ‘zbe- 
kiston iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon 
bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy 
o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini 
yanada oshirish borasidagi vazifalami to ‘liq va samarali amalga 
oshirish eng avvalo, jamiyatimiz a ’zolari tomonidan ulaming 
mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab yetilishini taqozo etadi. 
Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim 
vazirligining tavsiyasiga ko‘ra Prezidentimiz I.Karimovning «Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf 
etishning yo‘llari va choralari» nomli asarlarini talabalar tomonidan 
chuqur va har tomonlama o ‘rganish, unda ko‘rsatib o‘tilgan dolzarb 
masalalaming tub mohiyatini anglash, 2009-2012-yillarga m oijal- 
langan iqtisodiy dastuming eng muhim yo‘nalishlarini bilish 
maqsadida O ‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida mazkur 
asami o ‘rganish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etildi.
0 ‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida mazkur asar 
mazmuni, unda bayon etilgan muammo va masalalar, ulami hal 
etish borasida belgilab berilgan chora-tadbirlar tavsifi va yo‘na- 
lishidan kelib chiqqan holda barcha talabalar, bakalavrlar, ma- 
gistrlar, malaka oshiruvchilar, hatto professor-o‘qituvchilar uchun 
maxsus kurslar tashkil qilingan.

Download 7,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish