O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
 
 


~ 26 ~ 
2.3. Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy 
yo‘nalishlari va imkoniyatlari 
 
So‗nggi yillarda iqtisodiyotning barcha sohalarida, shu jumladan qurilish 
sohasida ham xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‗yicha amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar natijasida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bo‗layotgan 
o‗zgarishlar sezilarli darajada o‗smoqda.
Kapital qurilish ishlari uzoq davom etuvchi va katta mablag‗larni talab qiluvchi 
jarayon bo‗lganligi sababli real vaqt kesimida paydo bo‗lgan ehtiyojni zudlik bilan 
ta‘minlash imkoniyati mavjud bo‗lmaydi. Shu sababli aholining qurilish tarmog‗i 
mahsulotiga bo‗lgan ehtiyojini ta‘minlashda asosiy e‘tibor aynan mehnat 
resurslaridan etarli darajada va samarali foydalanishga qaratilishi lozim.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi ―Obod qishloq‖ 
dasturi to‗g‗risida‖gi PF-5386-sonli Farmoni va 2018 yil 27 iyundagi ―Obod 
mahalla‖ dasturi to‗g‗risida‖gi PF-5467-sonli Farmonining ahamiyati qanchalik 
muhimligini ta‘kidlash lozim.
――Obod qishloq‖ dasturi asosida 2018 yilda 159 ta tumandagi 417 ta qishloqda 
qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu qishloqlarda 142 mingta yakka 
tartibdagi uy va mingdan ziyod ko‗p qavatli uy, 3 ming kilometr yo‗llarni ta‘mirlandi, 
2,5 ming kilometr elektr energiyasi, 2 ming kilometr ichimlik suv tarmoqlarini qurildi 
va qayta tiklandi, 2 ming 400 ta bozor va boshqa infratuzilma ob‘yektlari qurildi. 
Bundan tashqari, 388 ta umumta‘lim maktabi, 313 ta bog‗cha, 168 ta tibbiyot 
muassasasi, 38 ta mahalla binosi va boshqa ijtimoiy soha ob‘yekti qurildi va 
ta‘mirlandi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ――Obod qishloq‖ dasturini 2019 yilda 
amalga oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 2019 yil 20 
fevraldagi Qaroriga asosan 2019 yilda mamlakatimizning 159 ta tumanida 1,6 million 
nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan 478 ta qishloqda qurilish va obodonlashtirish 
ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi. Unga asosan umumiy uzunligi 5 476 
kilometrdan iborat mintaqaviy yo‗llar (ichki ko‗chalar)ni ta‘mirlash va 
rekonstruksiya qilish, 36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2 458 kilometr 
bo‗lgan tungi ko‗cha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimini yaxshilash, aholiga transport 
xizmati ko‗rsatish tizimini takomillashtirish, xususan 556 ta avtobekat qurish hamda 
umumiy qiymati 46,3 milliard so‗mlik 189 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilish, 
ichimlik suvi ta‘minoti tizimini yaxshilash maqsadida 2 219 kilometr yangi tarmoq 
hamda 221 ta suv inshootini qurish, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv 
inshootlarini rekonstruksiya qilish, 361 milliard so‗m miqdoridagi mablag‗lar 
hisobidan elektr va gaz ta‘minoti tizimini yaxshilash, 214,2 mingta yakka tartibdagi 
uy-joylarni ta‘mirlash, 1 182 ta ko‗p xonadonli uy-joylarni ta‘mirlash hamda 378 ta 
ko‗p xonadonli uy-joylar hududlarini obodonlashtirish, 280 ta maktabgacha ta‘lim, 
510 ta maktab, 237 ta sog‗liqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha 
ob‘yektlarini qurish va ta‘mirlash, irrigatsiya-melioratsiya sohasida, jumladan, 296 
kilometr irrigatsiya va 1 538 kilometr melioratsiya ob‘yektlarini qurish va ta‘mirlash, 


~ 27 ~ 
584 kilometr irrigatsiya ob‘yektlarini tozalash ishlarini amalga oshirish belgilab 
olindi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifiga muvofiq joriy 
yildagi ishlarni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga ko‗tarish maqsadida 
2019 yil mamlakatimizda ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‘ deb e‘lon 
qilindi. 
Investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, iqtisodiyotning yuragi. Investitsiya bilan 
birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‗or tajribalar, 
yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.
―Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, millati, tili va dinidan qat‘i nazar, 
erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‗lib yashashi – 
bizning bosh maqsadimizdir‖, deya ta‘kidladi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoev. 
Davlatimiz rahbari bu yo‗nalishdagi ulkan rejalar va muhim vazifalarni 
ko‗rsatib o‗tdi. 
Ochiq iqtisodiyot, sog‗lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini 
tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‗yicha aniq chora-
tadbirlar amalga oshiriladi. Yoshlarga munosib ta‘lim berish, ilmiy va o‗quv 
jarayonlari sifatini tubdan yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlashga 
qaratilgan ishlar yangi bosqichda davom ettiriladi. 
―Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini 
ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. 
Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‗planib qolgan muammolarni 
tizimli hal etish imkonini yaratadi‖, dedi davlatimiz rahbari.
3
O‗zbekistonda injiniring va konsalting kompaniyalari 2005 yildan boshlab 
rivojlana boshladi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 fevraldagi Qaroriga binoan 
respublikada mazkur kompaniya va tashkilotlar faoliyat yurgizishlari uchun 
tayyorgarlik ishlari, tegishli uslubiy va xuquqiy xarakterdagi tavsiyalar hamda 
mexanizmlar ishlab chiqildi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish