8.2.Muammoli bayon metodi.
O’qituvchi tomonidan muammoni quyilishi va uni yechish yo’llarini
asoslashga
muammoli bayon metodi
deb ataladi. Mazkur metod yor-
damida o’qituvchilar tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va geoekologik
muammolarni yechish yo’llari va ularni asoslash usullari haqida
ko’nikmalarga ega bo’lishadi.
Mazkur metodni qo’llanganda qo’yidagilarga e’tibor beriladi:
- o’qituvchi muammoni o’rtaga tashlaydi va uni yechish namunasini
ko’rsatib beradi, ya’ni mazkur muammoni dars mavzusi bayoni davomida
o’zi yechib beradi;
- o’quvchilar o’qituvchini mazkur muammoni yechish bosqichlarini
nazorat qilib kuzatib turishadi va dars davomida geografik muammolarni
yechish ko’nikmalariga ega bo’lishadi.
Ma’lum bir muammoni yechish davomida o’qituvchi uni yechish
yo’llarini ko’rsatib beradi, muammoni yechish davomida fikrlar qarama-
qarshiligini vujudga kelishiga, fikrlarni rivojlanish xususiyatlariga
o’quvchilar fikrlarni jalb qiladi.
Muammoni yechilishini bayoni davomida o’qituvchi ilmiy bilish va
ilmiy fikrlash na’munasini ko’rsatadi. O’quvchilar esa muammoni
yechilish bosqichlarini, uni ilmiy asoslanganlik darajasini, fikrlarni
rivojlanishini kuzatib va nazorat qilib turishdi.
Tabiiy geografiya darslarida quyidagi muamolarni o’rtaga tashlab uni
yechish na’munasini ko’rsatishi mumkin:
-Orol va Orol atrofi muammosi, bunda o’qituvchi Orol dengizini
qurishi sabablarini va uni oqibatlarini hamda Orol muammosini yechish
yo’llarini ilmiy asoslab berishi lozim;
-atmosferani ifloslanishi va u bilan bog’liq ravishda Yer yuzasida
o’rtacha xaroratni muntazam ortib borishi va uning oqibatlarini ochib
berishi lozim;
-o’rmonlarni kesilishi va u bilan bog’liq ravishda tabiiy sharoitni
o’zgarishini asoslab berishi lozim;
-O’zbekiston relefini o’tganda o’qituvchi qo’yidagi muammolarni
o’rtaga tashlab uni yechib berish na’munasini ko’rsatish mumkin.
«O’zbekiston relefi ichki va tashqi kuchlarning o’zaro ta’siri xosilasidir».
Bunda ichki va tashqi kuchlarning o’zaro ta’sirida qanday relef shakillari
hosil bo’lishini va tashqi kuchlar ta’sirida ular qanday o’zgarishi dars
bayonida ochib beriladi;
-O’zbekiston tabiat mintaqalari mavzusini o’tishda qo’yidagi
muammoni o’rtaga tashlab uni yechish yo’llarini ko’rsatib berish mumkin.
O’zbekiston tabiiy sharoiti g’arbdan sharqqa tomon mutloq balandlikni
ortishi va iqlimni o’zgarishi tufayli almashinadi. Bunda o’quvchilar
e’tiborrini balandlik ortgan sari iqlimni sovushi va natijada O’zbekistonda
cho’l, adir, tog’ va baland tog’ mintaqalari vujudga kelganligi asoslab
beriladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida tabiiy resurslar, aholii
geografiyasi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, transporti va xalqaro
iqtisodiy aloqalar, iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishi, mehnatni
geografik taqsimoti mavzulari bo’yicha muammoli darslarni tashkil qilish
mumkin. Iqdisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida quyidagi muammo-
larni o’rganish mumkin:
-har qanday davlaning qudrati uning rivojlanish darajasi va tabiiy
boyliklariga bog’liq. Davlat yuqori darajada rivojlangan bo’lsa va tabiiy
boyliklari yetarli bo’lsa u davlatning qudrati yuqori bo’ladi masalan,
Rossiya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va x.k. Davlatlar yuqori darajada
rivojlangan bo’lsa ammo tabiiy resurslari kam bo’lib aqliy (insoniy)
resurslari yuqori darajada bo’lsa ham qudratli bo’lishi mumkin, masalan
Yaponiya;
-ishlab chiqarish kuchlarini joylanishini tabiiy sharoit va tabiiy
resurslar, hamda ishchi kuchlariga bog’ligi;
- aholi ko’chib yurishini iqtisodiy va siyosiy sharoitga bog’liq ekanligi;
-sanoatni rivojlanish darajasi ilmiy texnik inqilob natijalaridan
foydalanish darajasiga bog’liq ekanligi;
-har qanday davlatni rivojlantirish uning xalqaro ixtisoslashgan
soxasini rivojlantirishga bog’liqligi va x. k.
Geografiya darslarida deyarli har qanday mavzuni o’tishda geoeko-
logik muammolarga duch kelinadi. Shuning uchun geografiya fani o’quv-
chilarga va keng xalq ommasiga ekologik ta’lim va tarbiya beradigan
asosiy fanlardan biri hisoblanadi.
Geoekologiya bo’yicha muammolarni shakillantirib ularni yechish
namunasini ko’rsatish mumkin:
-Orol dengizi butunlay qurib qolsa orol atrofida qanday geografik
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Mazkur muammolarni yechishda o’qituvchi
avval uning tabiiy geografik oqibatlarini so’ngra iqtisodiy geografik
oqibatlarini, pirovardida esa geoekologik oqibatlarni ochib berishi darkor.
Shundan so’ng Orol dengizini qurishini oldini olish chora-tadbirlarini
asoslab berish lozim;
-sanoat korxonalarini notug’ri joylashtirish va uning geoekologik
oqibatlari. Mazkur muammolarga misol qilib Tojikistondagi alyuminiy
zavodini keltirish mumkin. Mazkur zavodni qurilishi va faoliyati oqibatida
janubiy O’zbekistonda sodir bo’lgan noxush ekologik jarayonlarning
sabablari ochib berilishi lozim;
-sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda paxta yakka hokimligini rivojla-
nishi va uning ekologik oqibatlarini o’qituvchi muammoli bayon sifatida
ochib bermog’i lozim;
-iqlimni o’zgarishi va uni tabiiy sharoitga ta’siri ham muammoli bayon
jarayonida ochib berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |