Chiziqli kartalar bilan ishlash samarali bo’lishi uchun u quyidagi
talablarga javob berishi lozim: kartaning nomi yirik harflarda uning yuqori
qismida yoziladi; o’kuvchining ismi, sharfi va sinfi kartaning quyi o’ng
qismiga yoziladi(mayda xarflar bilan); geografik borliq nomlari bosh
harflar bilan yoziladi; daryo, tog’
tizmalari, qo’ltiqlar va dengizlar nomi
ularning yo’nalishi bo’yicha yoziladi; shaharlar, ko’llar nomlari kengliklar
bo’yicha yoziladi; foydali qazilmalar, xalq xo’jaligi tarmoqlari umum qabul
qilingan shartli belgilar yordamida belgilanadi:
Sinf sharoitida chiziqli kartalar qalam bilan bo’yaladi, uy sharoitida
esa tush yoki siyoh bilan bo’yaladi. Chiziqli kartalarni to’ldirish devoriy
kartalar va atlasdagi kartalar bilan ishlash bilan uyg’unlikda olib boriladi.
O’kituvchi dars o’tish jarayonida geografik borliqni devoriy kartada
ko’rsatib ularni atlasdan topishni va chiziqli kartaga
shartli belgilar bilan
tushirishni tavsiya etadi. Kartada geografik borliqni tushirish uchun
mo’ljal bo’lib daraja to’ri, daryolar, shaharlarning punsonlari, qirg’oq
chizig’i, chegaralar hisoblanadi.
Chiziqli karta bilan bajariladigan har bir yangi ish o’qituvchi
yordamida amalga oshirilishi zarur. O’quvchilar chiziqli kartaga geografik
borliqni tushirishni yaxshi o’rganib olgandan so’ngina
ularga mustaqil
ishlashga ruxsat berish mumkin.
Chiziqli kartaga tushiriladagan geografik nomlar soni chegaralangan
bo’lmog’i lozim. Chiziqli karta bo’yicha o’quvchilarga murakkab bo’lgan
vazifalarni bermagan maqul. Masalan, atlasdagi ma’lumotlarni chiziqli
kartaga tushirish. Chiziqli kartalarga faqat dasturda uchraydigan geografik
nomlarni tushirish lozim.
Chiziqli kartalar bilan ishlash ijodiy yo’nalishga ega bo’lmog’i va
o’quvchilar tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi lozim. Umum ta’lim
maktaktablarida chiziqli kartalari bilan quyidagi vazifalarni bajarish
mumkin:
-chiziqli kartalarga geografik borliq, xodisa
va jarayonlarni nomlarini
tushirish. Mazkur geografik nomlar darslik matnida uchrashi mumkin,
o’qituvchi dars jarayonida kartadan ko’rsatgan bo’lishi mumkin, boshqa
kartalar bilan mustaqil ishlash aniqlangan bo’lishi mumkin;
-geografik (tabiiy va iqtisodiy) borliq va xodisalarning shartli
belgilarini chiziqli kartaga tushirish. Mazkur ish o’qituvchi yordamida
bajariladi;
-o’kituvchini darsni gapirib berishi davomida
chiziqli kartalarni
to’ldirish. Bunday ishlar asosan yuqori sinflarda bajariladi. Bunda
o’quvchilar shartli belgilarni to’la o’zlashtirgan bo’lishlari shart;
-tog’ tizmalarini, shamollarni, yuk tashish oqimlari,
migratsiya
yo’nalishlari, yo’llarni, oqimlarni yo’nalishlarini karta sxemalarini tuzish;
-chiziqli kartaga iqlim elementlarini tushirish, yog’in miqdorini
ranglar bilan shamol yo’nalishini strelka bilan tasvirlash;
-chizikli kartaga tuproq turlarini tushirish. Ko’proq materiklar tabiiy
geografiyasini o’rganishda qo’llaniladi;
-chiziqli kartaga foydali qazilmalarni tushirish. Bunda o’quvchilar
foydali qazilmalarni shartli belgilarini yaxshi bilishi zarur;
-chiziqli kartaga aholini ko’rsatgichlarini tushirish (zichligi, milliy
tarkibi, urbanizatsiya darajasi, til va kasb, jinsiy tarkibi va x.k.);
-chiziqli kartada sanoat tarmoqlarini ko’rsatish (yoqilg’i-energitika,
metallurgiya,
mashinasozlik, transport, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati,
va x. k.);
-
chiziqli
kartada
qishloq
xo’jaligi
tarmoqlarini
tasvirlash
(dehqonchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, chorvachilik va x.k.);
- chiziqli kartada mamlakatlarni tasvirlash (rivojlangan, rivojla-
nayotgan, mustamlaka).
O’quvchilarni chiziqli karta bilan ishlashini o’qituvchi
muntazam
ravishda nazorat qilib borishi zarur. Bajaradigan vazifalar muntazam
baholanib bormog’i lozim.
Chiziqli kartalar tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va siyosiy
geografik yo’nalishda bo’ladi o’quvchilar aynan mavzuga doir chiziqli
kartadan foydalanmog’i lozim, aks holda ularni chiziqli kartalar bilan
ishlashi qiyinlashadi va ular berilgan vazifani bajara olishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: