da xam o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar ma’lum bir qolip asosida
ishlashadi. Ya’ni ma’lum bir qolip asosida daryoga, dengizga yoki ko’llar-
ga ta’rif berish, ayrim davlatlarni iqtisodiy geografik ta’rifini tuzish va h.k.
Amaliy ishlar ikki turga bo’linadi: o’qitadigan (o’rgatadigan) ; yaku-
niy. O’rgatuvchi (mashq qildiradigan) amaliy ishlarning maqsadi o’quv-
chilarni ma’lum bir geografik topshiriqni bajarishga o’rgatishdir. Masalan,
geografik kordinatalarni aniqlash, kartada masofani masshtab orqali
aniqlash; daryo suv sarfini hisoblash; xududni
tabiiy geografik tavsifini
tuzish; demografik ko’rsatgichlarni hisoblash; iqtisodiy geografik tavsif-
larni tuzish. Demak, o’rgantuvchi amaliy ishlarda turli ko’nikmalar
shakllantiriladi, tegishli bilimlar mustahkamlanadi.
Qator o’rgatuvchi amaliy ishlardan so’ng yakuniy amaliy ish o’tka-
ziladi. Uning maqsadi olingan bilim va shakllantirilgan ko’nikmalarni
o’zlashtirish darajasini tekshirishdir. Masalan, Chirchiq Oxangaron o’lka-
sini tabiiy geografik tavsifini tuzishi ko’nikmalari shakllantrilgandan so’ng
O’zbekistonnni boshqa tabiiy geografik o’lkalarini o’qituvchilar amaliy
mashg’ulot darslarida mustaqil o’rganishlari mumkin. Buning uchun
o’qituvchi tabiiy geografik o’lkalarni o’rganish texnologiyasini modul
tizimini ishlab chiqishi mumkin.
Xar bir tabiiy geografik rayon uchta quyidagi modullarga bo’linadi:
tabiiy geografik rayonni geografik
joylashishi va chegaralari; yer yuzasini
tuzilishi, geoglogik sharoiti va foydali qazilmalari; ichki suvlari, tuprog’i
o’simligi va hayvonot dunyosi. Mazkur modullar yanada mayda modul-
larga bo’linadi. Masalan, ikkinchi modulni quyidagi modulchalarga bo’li-
shimiz mumkin: rayonning relefi; rayonning geologik tuzilishi; rayonning
foydali qazilmalari. O’quvchilar bilim va ko’nikmalarni yaxshi o’zlashti-
rishlari uchun mazkur modullarni yanada maydaroq qismlarga bo’lish
mumkin. Masalan, foydali qazilmalar modulini quyidagi qismlarga bo’lish
mumkin: yoqilg’i energitika foydali qazilmalari; metalli foydali qazilmalar;
nometall foydali qazilmalar.
Demak, yakuniy amaliy ishlar geografik voqea va xodisa xamda
ob’ektlarni tavsifiga bag’ishlanar ekan. Iqtisodiy
va ijtimoiy geografiya
darslarida barcha xalq xo’jaligi tarmoqlarini yoki ayrim davlatlarni modul
texnologiyasidan foydalanib o’rganish mumkin (5-rasm).
Demak, yakuniy amaliy ishlar geografik voqea va xodisa xamda
ob’ektlarni tavsifiga bag’ishlanar ekan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
darslarida hamma xalq xo’jaligi tarmoqlarini yoki ayrim davlatlarni modul
texnologiyasidan foydalanib o’rganish mumkin. Masalan, jahon sanoatini
o’rganishda uni quyidagi modullarga bo’lib o’rganish mumkin: metal-
lurgiya sanoati; mashinasozlik; yengil sanoat; qurilish xom ashyosi sanoati;
oziq-ovqat sanoati; va h.k. ular o’z navbatida yana maydaroq modullarga
bo’linib ketishadi. Masalan, mashinasozlikni yana quyidagi modulchalarga
bo’lib yuborish mumkin: avtomobilsozlik; stanoksozlik; podshipnik ishlab
chiqarish; teplovozsozlik; samalyotsozlik; ekskovatorsozlik; vagonsozlik;
qishloq xo’jaligi mashinasozligi; kemasozlik; va h.k.
Geografik ko’nikma va malakalarni shakillantirish
darsi quyidagi
qismlarga bo’linadi: ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni qo’yish; o’quvchi-
larni o’quv vositalari bilan tanishtirish (darslik, karta, jadvallar, diag-
rammalar). Ular amaliy mashg’ulotlarni bajarishda zarur bo’ladi; o’quv
ishlari usullarini o’zlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berish; amaliy ishlarni
bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berish; bajarilgan amaliy ishlar natijalarini
rasmiylashtirish; qilingan ishlarni yakunlash; uyga vazifa berish va uni
bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berish.
Amaliy ishlar bajarishni samaradorligi ishni aniq tashkil qilishga
bog’liq: qiyoslash; solishtirish; oddiy hisob -kitoblarni bajarish; ma’lum reja
yoki qolip asosida geografik voqea va
hodisalarni tavsifini tuzish; bog’-
liqliklarni aniqlash; karta bilan ishlash va h.k.
Geografik ko’nikma va malakalarni shakillantirish darsida faqat
yakuniy amaliy ishlar bajariladi. Bunday darslar quyidagi tashkiliy
qismlardan iborat: darsni maqsadini qo’yish; yangi bilimlarni tushuntirish
jarayonida o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilish; darsni mantiqiy
qismlari bo’yicha yakunlash va mustahkamlash; olingin bilim va ko’nik-
malarni amalda qo’llash; uyga vazifa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: