2
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maxsus kursi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar
ishlanmasi bakalavriat bosqichining noiqtisodiy ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan.
Tuzuvchi:
D.Boymirzaev
NamDU Iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar:
NamDU Iqtisodiyot kafedrasi
katta o’qituvchisi K.Sirojiddinov
NamDU Geografiya va ekologiya kafedrasi
mudiri dots A.Baratov
Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi Namangan Davlat Universitetining
ijtimoiy-iqtisodiy
fakulteti ilmiy kengashining 2011 yil 27-avgustdagi 1-sonli majlisida muhokama etilgan va
ma’qullangan.
Ilmiy kengash raisi:
dots. R.Jo’raev
Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi “Iqtisodiyot”kafedrasining 2011 yil 26-avgustdagi 1-sonli
yig`ilishi muhokama qilingan va tasdiqlangan.
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri:
dots. S.Abdullaev
© Namangan davlat universiteti
3
KIRISH
Mamlakat iqtisodiyotini tartiblash va umumahamiyatga ega bo`lgan
xarajatlarni
moliyalashtirish uchun davlat ma`lum miqdordagi moliyaviy manbalarga ehtiyoj sezadi.
O`zbekiston Respublikasi moliya tizimida soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar orqali davlat
byudjetini hamda ijtimoiy jag`armalarning daromadlari shakllantiriladi. Mazkur munosabatlar
bakalavriat bosqichining iqtisodiy ta`lim yo`nalishlarida batafsil o`rganib
chiqiladi, lekin
noiqtisodiy ta`lim yo`nalishlarida tahsil olayotgan talabalarda ham soliqlarga oid tushinchalarni
shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishda,
avvalombor, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish
mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi.
Bakalavriat bosqichining noiqtisodiy ta`lim yo`nalishlarida “Soliqlar va soliqqa tortish”
maxsus kursining o`qitish jarayonida soliqlarning
nazariy masalalari, ularning ob`ektiv zarurligi,
soliq to`lovchilarning majburiyatlari va huquqlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning soliqqa
tortish masalalari atroflicha o`rganiladi.
SHu boisdan ham oliy ta’lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o’rgatishda
Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq sohasidagi islohotlarni talabalarga to’laroq yetkazish,
ushbu yo’nalish bo’yicha istiqbolli
dasturlarni ishlab chiqish, oliy o’quv yurtlari ta’lim
yo’nalishlarida mazkur sohani o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimida tadbiq
etishni amalga oshirish muhim hisoblanadi.
Maxsus kurs bo’yicha tayyorlangan amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi talabalarda soliqlar,
yig’imlar va soliqqa tenglashtirilgan to’lovlarni o’rganish, ularni hisoblash va byudjet yo’naltirish,
soliqlarni byudjet daromadlarini shakllangantirishdagi ahamiyati, ularni intizomli soliq to’lovchilar
qilib tayyorlashgan qaratilgan bo’lib, “Soliqlar va soliqqa tortish” maxsus kursi bo’yicha
amaliy
mashg’ulotlar ishlanmasi bakalavriyatning barcha noiqtisodiy ta’lim yo’nalishlarida ta’lim
olayotgan oliy o’quv yurti talabalariga mo’ljallangan.
Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasida har bir amaliy mashg’ulot mavzulari nazorat savollari,
mavzuga doir masalalar va test savollaridan tashkil topgan.