mashinalar uchastkasining to 'yintirish-quritish bo ‘limi.
120
Elektr mashinalami ta’mirlash bo‘yicha murakkab ishlar kompleksini
bajarish, yangi detallar, masalan yakor o‘zagi, kollektor, qutb chulg‘am-
lari, yakor chulg‘amlarini ishlab chiqarish uchun elektr mashinalar sexi
yetarli miqdorda yuvish qurilmalari, gidravlik presslar, avtoklavlar,
quritish pechlari, kavsharlash va ishlov berish qurilmalari, yakor
seksiyalari va qutb chulg'amlariga izolyatsiya о ‘rash uchun uskunalar,
turli xildagi siljitish qurilmalari, yig‘ish stendlari, metallami qirqish
stendlari kabi texnologik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Elektr motorlarini qismlarga ajratish va detallarini yuvish uchun stoli
aylanadigan yo‘lak turidagi yuvish mashinasi, qaynatish vannasi,
200 tonnali kuchli gidravlik press, ponalarni chiqarib olish uskunasi,
yakor o‘zagi pazlaridan chulg‘am seksiyalarini chiqarish uchun
markazdan. qochuvchi qurilma, podshipniklar va lahirint zichlagichlami
chiqarib olish uchun induksion isitkichlar qoilaniladi.
Yakor uchastkasida shtamplangan kollektor plastinalariga ishlov
berish, metalmas materialdan tayyorlangan mahsulotlarga shakl berish
uskunalari, dielektrik mustahkamlikni tekshirish qurilmalari, yakor va
kollektorlami isitish pechlari, seksiyalami o ‘matjsh uchun mexani-
zatsiyalashtirilgan yuritmali stend, seksiyalami bandaj bilan mahkam-
lashdan oldin siqish qurilmasi, pona qoqish uskunalari, payvandlash
qurilmasi, bandajni o‘matish, yo‘nish va balansirovkalash uskunalari
joylashtirilgan. Uchastkada yakor o‘zagi va kollektomi valga o‘matish
uchun qudratli (200-400 tonnali) presslar mavjud.
Yakor chulg‘amlari seksiyalarini ishlab chiqarish uchastkasida
simlami kesish, egish, seksiya uchlarini tozalash, seksiyalami shakllan-
tirish, seksiyalami mexanizatsiyalashtirilgan holda izolyatsiyalash,
shishali lentani o‘rash uskunalari, seksiya simlari uchlarini shakllanti-
rish. seksiyalami to‘yintirish vannalari, seksiyalami quritish pechi va
presslar mavjud.
To‘yintirish-quritish uchastkasida murakkab texnologik jihozlar
o‘matilgan. Yakor va qutb chuig‘amlarini to‘yintirish, quritish, bo‘yash
uchun vakuum-bosimli baklar, avtoklavlar, vakuum-quritish va
121
induksion isitish pechlari, laklami tayyorlash va to'kish uchun murakkab
jihozlar majmui qo‘llaniladi. Yakor va qutb chulg‘amlarini to‘yintirish,
bo‘yashda quritish davrida portlash havfi mavjud, bug4 va gazlar ajratib
chiqaruvchi moddalar (laklar, emaliar, kompaundlar) ishlatilishini
hisobga olib, boiimdagi barcha elektr jiliozlar portlash bo‘yicha xavfsiz
bajarilgan boiishi, xonalar esa ishlab chiqarishni portlash va vongin
xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
Quritish-to‘yintirish
uchastalarida
katta
samara
motorlaming
yakoriari va qutb chulg‘amlarini to'yintirish va quritish bo'yicha yarim
avtomatik chiziqlami qo'Jlash hisobiga erishijadi. Bu chiziqlar, yakorlar
va chulg‘amlami to‘yintirish va quritish jarayonida siljishini mexani-
zatsiyalashgan vositalari, vannalar, havoni elektr isitish qurilmalari,
konveyer zanjiri qurilmalari, harorat va vaqtni nazorat qilish asboblari
majmuidan tarkib topadi.
Qismlarga ajratish, yakor va yig‘ish uchastkalarida seksiyalar, kol-
lektorlar, yakorlar, chulg'arnlami dielektrik inustahkamligini tekshirish
uchun yuqori voltli sinash stendlari mavjud. Elektr mashinalar, ayniqsa
elektr motorlardan foydalanishda yuqori ishonchlilikka ega boiishi
kerak. Shuning uchun elektr mashinalar sexida sinash stendlari. nazorat-
oichash jihozlari va asboblarga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Sexning bajarilgan ishlar sifatini operatsiyalar bo’yicha qabul
qilishni amalga oshiruvchi nazorat apparati eng yangi va samaraii
nazorat vositalariga ega boiishi kerak. Bu maqsadlarda sex impulsli
kuchlanish bilan sinash uchun yuqori voltli qurilmalar, yigilgan elektr
mashinalari qabul qiiish-topshirish dasturi bo‘yicha sinaladigan sinash
stantsivasi stendlari bilan jihozlangan.
Sexda ta’mirlanayotgan har bir elektr mashinasi uchun ta ’miriash
pasporti toidiriladi, unda bartaraf etilishi lozim boigan barcha
nosozliklar, shuningdek ta’mirlash jarayonida bajarilgan barcha ishlar va
sinash natijaiari belgilanadi.
Elektr mashinalar sexi yetarli darajada ko‘prikli, konsolli, devorda
o’rnatilgan kranlar, katta oichamli og‘ir detallami burish uchun mosla-
122
malar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ko‘tarish-transport operatsiya-
lami ratsional bajarilishi sexni optimal rejalashtirilishi bilan ta’minlana-
di. Elektr mashinalar sexi odatda asosiy sexlar blokida joylashtiriladi.
Elektr mashinalari konveyerda qismlarga ajratiladi. Yakor ostovdan
maxsus qisqich yoki rama yordamida chiqarib olinadi. Yakor chulg‘am-
lari maxsus stendlar - kameralarda markazdan qochuvchi usul bilan
chiqarib olinadi. Induksion isitkichlar bilan ishlashda simlaming sozligi
va yerga ulanganligi nazorat qilinadi.
Bandaj va chulg‘amlami о‘rash stanoklari himoya to‘siqlari va
ishonchli tormoz qurilmalari bilan, chang ajralib chiqadigan material -
larga ishlov berish qurilmalari esa xususiy chang tutkichlar bilan jihozla-
nadi. Yakorlami to‘yintirish, chulg‘amlami kompaundlash va ulami
quritish qo‘shni uchastkalardan yaxlit yong‘inga chidamli to'siqlar bilan
ajratilgan va ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan maxsus xonalarda
amaiga oshiriladi. Zararli bug iar ajralib chiqishi mumkin boigan
avtoklavlar, lak toidirilgan baklar va boshqa jihozlar mahalliy
ventilyatsiya bilan ta'minlanadi. To'yintirish bakiga qurjtilgandan keyin
uzatilayotgan yakorlaming harorati 80 °C dan ortiq boimasligi kerak.
Mexanik yopiladigan to‘yintirish avtoklavlari bosim mavjud boigan
vaqtda qopqoq ochilib ketishini istisno qilish uchun blokirovka bilan
ta’minlanadi. To'yintirish boiim ida ishlash jarayonida poiatdan
tayyorlangan zarb burish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi. Xonada
begona shaxslaming boiishiga ruxsat etjlmaydi.
Elektr mashinalari faqat mos to ‘siqlar va signalizatsiyaga ega maxsus
jihozlangan sinash stantsiyalarida sinovdan o'tka/.iladi. Elektr mashina-
larini sinash bo’yicha mas’ul etib maxsus instruktajdan o ‘tgan va texnik
foydalanish, elektr qurilmalaridan foydalanishdagi texnika xavfsizligi
qoidalari hamda texnologik yo‘riqnomalar bo'yicha maxsus sinov
topshirgan muhandis-texnik xodimlar tayinlanadi. Sinash stantsiyasi
xodimlari elektr xavfsizligi bo‘yicha o‘qitilgan va malaka guruhiga ega
boiishi lozim. Sinash stansiyalarida sxemalar faqat ulanish joylarida
kuchlanish to iiq o'chirilgan holda yigiladi. Elektr mashinalari
123
izolyatsiyasi qarshiligi ular to‘liq to'xtab, tokdan uzilgandan keyin
o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |