ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
55
qilish kanallarini qamrab olish. Amaliyot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quv qo‘llanmada, kompyuter
yoki videodasturda ma’lumotni bayon qilish qanchalik ko‘rgazmali va xilma-xil bo‘lsa, shuncha
ma’lumotni eslab qolish tez hamda mustahkam bo‘ladi (o‘qitishni multimediyalilik tamoyili).
4.
Talaba olgan bilimlarini axborot xavfsizligi va Internet muloqotidagi tabiiy til nuqtayi
nazaridan bayon qila olishi va tahlil eta olishi lozim.
5.
Talabani nafaqat muloqotning virtual tilida axborot xavfsizligi bo‘yicha asosiy ma’lumotlar
bilan, balki bir-biriga yaqin bo‘lgan sohalarda ishlashga tayyorlash kerak bo‘ladi (axborot sohalarini
mavzulashtirish va uni konkretlashtirish). Bu yerda ma’lumotnomalar va boshqa yordamchi manbalardan
foydalanish o‘rinli bo‘lishi nazarda tutiladi.
Elektron ta’lim, xususan, zamonaviy axborot texnologiyalar potensialidan foydalanishga
asoslangan ochiq va masofaviy ta’limning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, boshlang‘ich tajriba to‘plash,
elektron kutubxonalar bosqichidan asta-sekinlik bilan elektron pedagogikaga e’tibor berilmoqda.
Hozirgi vaqtda obyektiv mavjudlik sifatida elektron ta’limni o‘rganish, qayta ishlash, tatbiq etish
va foydalanishga yo‘naltirilgan uslubiy, nazariy ishlarning davri amalga oshmoqda. Bizning nuqtayi
nazarimizga ko‘ra, quyidagilarni aniq farqlash maqsadga muvofiqdir:
1.
Masofaviy ta’lim (MT) – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosobatni
masofadan turib, ta’lim vositalari va ularni yetkazib berish kanallari orqali ta’minlab beruvchi ta’lim
hisoblanib, o‘quv jarayoniga xos bo‘lgan elementlarni: maqsad, mazmun, metod va shakllarni amalga
oshirilishini ta’minlaydi. Bu yerda eng muhimi o‘qituvchi bilan doimiy yuzma-yuz muloqotsiz bilim
olishdir.
2.
Kompyuterli ta’lim – kompyuter texnikasi, pedagogik dasturiy vositalar hamda kompyuter
telekommunikatsiya vositalaridan foydalaniladigan maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu vaziyatda eng
muhim talab turli xil kompyuter uskunalari bilan ishlash ko‘nikma va malakasini erkin egallash
hisoblanadi.
3.
Elektron ta’lim (ET) – o‘qitish yoki o‘qish, o‘quv axborotlarni yetkazish yoki u bilan o‘zaro
almashish telekommunikatsiya texnikalari va aloqa kanallari (telefon, radio, televidenie, kino, faksimil
aloqalar va boshqalar)dan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu yerda eng muhimi axborotni topish,
qayta ishlash, uni o‘quv materiali sifatida o‘zlashtirish haqidagi bilim va ko‘nikma hisoblanadi.
Umuman olganda, didaktik tizimlarga bevosita o‘rgatish va o‘qitish jarayonini amalga oshirishga
taalluqli va quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi (ular ham o‘z navbatida yetarlicha murakkab qism
tizimlar ham hisoblanadi) [4]: maqsad, mazmun, usullar, vositalar, shakllar, ta’lim beruvchilar
(o‘qituvchilar), ta’lim oluvchilar (talabalar, tinglovchilar).
Tadqiqot ishimizda ta’lim maqsadini ixtisos modeliga mos ravishda shakllanadigan va
rivojlanadigan bilimlar, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar hamda shaxsiy tajriba, qobiliyat va sifatlar
tizimi deb tushunamiz.
O‘quv maqsadi
–
o‘quv jarayonini tashkil qilish va uning sifatini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Ta’lim mazmuni – bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, tajriba va atrof-muhitga bo‘lgan hissiy-
qadriyatli korporativ ijtimoiy buyurtmaga mos pedagogik moslashtirilgan munosabatlar tizimidir.
Axborot xavfsizligi kursi bo‘yicha elektron ta’limga nisbatan biz o‘qitish usullari deb pedagogik
dasturiy vositalar va telekommunikatsiyalardan foydalanish tufayli ta’lim beruvchi tomonidan bilvosita
boshqariladigan ta’lim oluvchining (ta’lim oluvchilar guruhining) ketma-ket o‘zaro bog‘liq amaliy tizimini
tushunamiz.
Fikrimizcha, faqat elektron ta’lim sharoitlaridagina umumdidaktik usullari to‘liq tarzda amalga
oshiriladi [3, 24-67-b.]:
-
axborot-retseptiv;
-
reproduktiv;
-
muammoli, evristik;
-
tadqiqotli.
Yuqorida sanab o‘tilgan usullardan dastlabki ikkitasi passiv, chunki ular ta’lim oluvchidan
axborotni faol qayta ishlash va uning ustida refleksiya o‘tqazishni talab etmaydi. Bu usullarni qo‘llaganda
o‘qitish sifati yo axborotni eslab qolish, yoki uni qayta takrorlash darajasi bilan aniqlanadi.
Muammoli, evristik va tadqiqot usullari ta’lim oluvchidan bilimlarni faol ijodiy qayta ishlashini,
refleksiyani hamda shaxsiy tajribasini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Bu usullarning har biri
o‘qitishning o‘ziga xos maqsadlari, bilimlarni o‘zlashtirish usullari, ta’lim jarayoni subyekt va
obyektlarning faoliyati me’yorlari va o‘zaro hamkorlik tavsifi bilan aniqlanadi. Elektron ta’lim usullarini
Do'stlaringiz bilan baham: |