particular relevance.
Keywords:
information, threats, security, security, society, life, resources.
Kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoq resurslaridan foydalanuvchi o‘qituvchiga
muntazam yangi texnik va axborot-kommunikatsiya bilimlarni o‘zlashtirishga, ularni moslashtirishga,
nafaqat ona tilida, balki muloqotning “virtual tili”da assotsiativ tafakkuri orqali bilimlarni o‘zlashtirish
asosida talabaning tafakkurini rivojlantirishga to‘g‘ri keladi, ayniqsa bu Internetda ijtimoiy
tarmoqlarning rivojlanishi tufayli yanada dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu va shunga o‘xshash qator
muammolar psixolingvistika bo‘yicha tadqiqotlarda o‘qitishni kompyuter texnologiyalari yordamida
yangicha tashkil etishning ko‘pgina psixologik-pedagogik muammolari ilgari surilgan va hal qilingan.
Eng muhim muammolardan biri har bir aniq kompyuter o‘quv qo‘llanmasini psixologik-pedagogik
asoslash zarurligi hisoblanadi. Bu muammo dasturchilar uchun ham, fan o‘qituvchilari uchun ham
dolzarb hisoblanadi, aynan fan o‘qituvchisi dasturchi oldiga bunday kurs bilan ishlash natijasida talaba
egallashi lozim bo‘lgan konkret bilim, ko‘nikma va malakalarni nazarda tutgan holda aniq vazifalarni
qo‘yishi lozim.
Shuningdek, o‘qituvchining o‘ziga ham talabalar oldiga asosiy maqsad va talablarni shunday
aniq qo‘yishi lozimki, o‘qitishning turli bosqichlarida kompyuter tayanch vosita rolini o‘ynashi bilan
birga mazmuniy yordamchi vosita bo‘ladigan haqiqiy samarali ta’lim kurslarini yaratishga imkon
beradigan bo‘lsin. Mazkur maqolada qaralgan masalalar mazmunidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu
talablar quyidagilardan iboratdir:
1.
Foydalanish ko‘nikmalarini avtomatizm darajasigacha yetkazish, ya’ni malaka darajasiga
yetkazish. Buning uchun kompetentlikni aniqlash va ularni o‘qitish jarayonida erishishni ta’minlash
(virtual muloqotdagi Internetdan axborotlarni olish, tushunish va qayta ishlash uchun kommunikativ
birliklar va konstruksiyalar qo‘llanilishligining chastotalik tamoyili).
2.
Talabaga o‘zlashtirgan bilimlarini belgilangan qoida yoki ko‘rsatmalarga qat’iy mos tarzda
amaliyotda foydalanishga o‘rgatish. Bu ta’lim jarayonini algoritmlash masalasi, ya’ni mos
standartlashgan sharoitlarda konkret amallarni shakllantirish masalasini hal qilishni talab etadi (mustaqil
va auditoriya ishida algoritmlashtirish tamoyili).
3.
Axborot xavfsizligiga o‘qitish va o‘rgatish jarayonida imkoni boricha ko‘proq axborot qabul
Do'stlaringiz bilan baham: |