ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
39
tili darsliklarida mukammal sharh etilgan. [4:87,117] Darslikda keltirilgan bu materiallar o‘zbek
tilshunosligining substantsial yo‘nalishi asosida bajarilgan.
Ingliz tili grammatikalarida bu gap eng oddiy gap (элементарное предложение) deb berilib,
“Gapning struktur sxemasi” bandida ko‘rib chiqilgan. Tarkibi bo‘yicha minimal grammatik tuzilishi va
mazmuni jihatdan oddiy gap strukturasi uning struktur sxemasi deb olingan. Struktur sxemaning aniq
ifodalangan komponentlari struktur sxemasi bo‘yicha qurilgan konstruktsiya elementar gap deyiladi.
[5:211] Shuningdek quyidagi parchaga diqqatingizni tor
tamiz: “Взаимные отношения элементарного
предложения и предложения, состав которого выходит за пределы элементарного предложения в
“полное” или наоборот, как свертывание последнего до элементарного. Такое понимание
отношений между элементарным и “полным” предложением позволяет интерпретировать
элементарное предложение как нераспространенное, а предложение, состав которого не ограничен
компонентами, определяемыми структурной схемой, как предложение распространенное. В этих
отношениях элементарного и распространенного предложений проявится сущность элементарного
предложения как заверщенной, но открытой конструкции”. [5:213]
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, ingliz tilida yig‘
iq gaplar “элементарное” yoki
“нераспространенное предложение” deb yuriti
ladi. Ayrim misollarga murojaat qilamiz: 1
) Chiqadi.
Albatta, chiqadi. 2) Ayol qavmini ipidan ignasigacha bilaman”, deysizmi? O-o-o, siz daho ekansiz! 3) Ayol
sizni sevsa, hushyor bo‘ling!
Ko‘rinib turibdiki, birinchi gap sodda yig‘iq gap – birgina so‘z – kesimdan iborat. Yonida ketma-
ket qo‘llangan gap “albatta, chiqadi”da bir element ko‘paygan – albatta kirish bo‘lagi va u konstruktsiya
ishonch, ta’kid mazmunlarini olib kirgan. Ikkinchi misol ikki gapdan iborat bo‘lib, ikkinchisida esa egasiz
kesim – daho ekansiz qo‘llangan bo‘lib, kuchli ekspressiv bo‘yoqqa ega gap. Undan kesatish yoki
so‘zlovchining ustidan kulish ma’nosi ifodalanmoqda. Ingliz tilidagi quyidagi misollarga diqqat qilamiz:
1)
I explained. – Men tushuntirdim. 2) Wolfe sighed – Vulf xo‘rsindi. 3) Molly was dead, I could see that. –
Molli o‘ldi, men buni ko‘rdim.
Dastlabki ikki misol ega va kesimdan iborat yig‘iq gapdir. 3-misoldagi gap
esa qo‘shma gap bo‘lib, u 2 qismdan iborat teng tarkibli gaplardir, har ikkisidan keyin nuqta qo‘yish
mumkin. Ayol sizni sevsa, xushyor bo‘ling gapi tobe tarkibli va bunda birinchi qism yoyiq, ikkinchi qism
yig‘iq gapdir. Bunda birinchi gap
(Ayol sizni sevsa)
nomustaqil kesim shakli
(-sa)
bilan kelib, o‘zidan keyin
yana bir boshqa gapning kelishini talab qilmoqda. Bunda ikkinchi qism
(xushyor bo‘ling)
Xushyor bo‘ling, ayol sizni sevsa.
I could see that Molly was dead.
Birinchi gapda birinchi o‘ringa xushyor bo‘lish chiqadi va ogohlantirish, maslahat ma’no
ottenkalarini beradi, ammo nimadan xushyor bo‘lish, ya’ni maqsad – ayol sizni juda sevib qolishi mavqei
nisbatan pastga tushadi va o‘zidan oldin agar, o‘zidan keyin esa yana boshqa birlikni talab qiladi. Shuning
uchun ham muallif – O‘.Xoshimov birinchi o‘ringa maqsadni ifodalovchi gapni qo‘ygan. Yozuvchining
niyati bitta – ogohlantirish, aks holda:
Xushyor bo‘ling
,
∞
- cheksizlikdir
Ayol sizni sevsa,
- xushyor bo‘ling – bir-biriga mutanosiblik
o‘rnatiladi.
Ikkinchi gapda esa teng tarkibli qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gapga aylandi. Bunda gap
shakli o‘zgardi, lekin mazmuni asl holida qoldi. Xuddi shu holni quyidagi misolda ko‘rish mumkin:
Ishonch yo‘qolsa, orzu qoladi.
Orzu yo‘qolsa, umid qoladi.
Umid yo‘qolsa, ilinj qoladi.
Ilinj yo‘qolsa, xech nima qolmaydi
...
Muallif yig‘iq gaplarni ikki qismdan iborat qilib, har biridan tobe tarkibli qo‘shma gap yasagan.
Ketma-ket qo‘llangan 4 ta qo‘shma gapda ega va kesimlar aynan takrorlangan. Ular ichida birgina ishonch
so‘zi bir marta qo‘llangan. Egalar ishlatilganda, inson bu holatining quyidan yuqoriga yoki aksi kuzatiladi!
Hech nima > ilinj > umid > orzu.
Bu darajalanish qatoriga ishonch so‘zi zamin bo‘lib xizmat qilmoqda va u bir martagina
qo‘llanilmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |