ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
102
Shuning uchun ayrim ota-onalarda farzand tarbiyasiga oid bilimlaridagi kamchiliklarni, ya’ni
farzandlariga nisbatan destruktiv munosabatni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish bola shaxsining
emotsional (hissiy), kognitiv (bilish) va konitiv (xulq-atvor) jihatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirish
imkoniyatini yaratadi [11; 7].
Umuman olganda, yurtimizda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar,
bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
tahsinga sazovor. Ushbu yo‘nalishda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
zamonaviy tashxis usullarini joriy etish, ayollar, bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi kasalliklarning oldini olish
va ularni davolashga doir ishlar ko‘lamini kengaytirishda dasturulamal bo‘lmoqda. Xalqimizda “kasallikni
davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal” degan naql mavjud. Sog‘lom ota-onadan – sog‘lom
farzandlar dunyoga keladi. Qonuniy nikoh orqali vujudga kelgan otalik va onalikdan jamiyat, davlat va
oilalar ham manfaat topadi, ular oldiga barkamol va sog‘lom avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa
qo‘yilgan.
Mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlar jarayonidagi yoshlarning ishtirokini
faollashtirmoq uchun, eng avvalo, ularning ongida tub sifatiy o‘zgarishni yuzaga keltirish zarur. Chunki,
yoshlarning tafakkur doirasi kengayib borgani sayin, ular jamoada, oilada o‘zining tutgan o‘rnini yanada
aniqroq his eta boshlaydi. Oila va jamiyatda o‘zaro hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq do‘stona muhitni
shakllantirish, tarbiya tizimida pedagoglar va ota-onalarning bir xilda talabchan bo‘lishi, bolani mehnat
qilishga, sog‘lom raqobatga kirishishga o‘rgatish – yoshlarda mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini
rivojlantirishga olib keladi.
Aksincha, notinchlik va ziddiyatli holatlarni boshidan kechirgan oila farzandlariga tibbiy,
psixologik va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishi va muayyan kasb-
hunarning egasi bo‘lishlari uchun oila-mahalla- ta’lim muassasalarida qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab
chiqilishi lozim. Chunki, ota-onalar o‘rtasida muttasil davom etadigan nizolarning mavjudligi
farzandlarning jinoyat yo‘liga kirishiga turtki bo‘layotgani kuzatilmoqda. Notinchlik va behalovatlik oila
a’zolarining turli salbiy ta’sirlarga, yengil-yelpi yo‘llarga berilib ketish ehtimolini oshirmoqda.
Zararli odatlar va ularning inson hayotiga ta’siri haqida yoshlarga tushuncha berish jarayonida quyidagi asosiy
masalalarga e’tibor qaratish zarur:
•
zararli odatlar (chekish, spirtli ichimlik iste’mol qilish, giyohvandlik)ning ro‘y berishi va avj olishi;
•
sog‘lom organizmni narkotiklarga javob reaksiyasi, giyohvandlikning rivojlanish bosqichlari;
•
zararli odatlarga berilishning oldini olish bo‘yicha ogohlik talablari va salomatlikka qarshi xavflarni sezish;
•
giyohvand shaxsning jismoniy va psixik jihatdan tubanlikka yuz tutishi, profilaktika ishlari, sanitariya
xizmati, salbiy xususiyatlarni bartaraf qilish uchun tadbir va muhokamalar o‘tkazish.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lig‘i va turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olish
maqsadida ta’lim muassasalari va tibbiyot xodimlarining hamkorligi muhimdir. Sog‘lom turmush tarzining asosiy
komponentlarini bilish, uni amalga oshirish kompetensiyalarga ega bo‘lish zarur. Buning uchun ta’lim muassasalaridagi
tarbiyaviy soatlarda “Sog‘lom turmush tarzi” to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi zarur. Shu bilan birga, mutaxassislar
ishtirokida, ya’ni huquqshunoslar, psixologlar, narkodispanser xodimlari hamkorligida OITS va narkotik moddalarning
inson hayotiga zararlari to‘g‘risida tushuncha berish, videofilmlar ko‘rsatish, ma’ruza, davra suhbarlarini tashkil etish,
kutubxonalarda, sinf xonalarida shu mavzuga oid ko‘rgazmapar tashkil etish ijobiy natijalar garovidir.
Ta’lim muassasalari va mahallalarda giyohvandlik moddalarni iste’mol qilishga moyil oilalarni aniqlash,
o‘rganish (so‘rov varaqalari, testlar vositasida) va ularga profilaktik yordam ko‘rsatish orqali jamiyatdagi bunday illatlarga
qarshi kurashish mumkin. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish uchun turli to‘garaklar, sport seksiyalarini
kengaytirish, ruhiy kamolotga erishishning yangi-yangi g‘oyalarini ishlab chiqish uchun o‘quv-uslubiy tavsiyanomalar
yaratilishi maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy dunyodagi global tahdidlar va ularning oldini olishga oid kuchli
strategiyalar ishlab chiqilishi va hayotga keng tatbiq etilishi ogoh yashashning kafolatidir.
Xulosa qilib aytganda, sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish – oilalar turmushini barqarorlashtirish
mamlakat aholisi moddiy hayotini yuksaltirishning poydevoridir. Oila sog‘lom turmush tarzi, millat va
jamiyat hayotini sog‘lomlashtirishning zaruriy sharti bo‘lmog‘i darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |