ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
100
umuman amal qilmaydigan oilalarga ajratib tadqiq etish mumkin. Demak, sog‘lom turmush tarzini amalga
oshiradigan ota-onalarning ma’lumotlari va tajribasi turlicha ekan.
Oilada nafaqat jismonan, balki qalban, aqlan, fikran sog‘lom bolani tarbiyalab, voyaga etkazish
kerak. Farzandimiz bardam-baquvvat bo‘lish bilan birga, sharqona axloq-odob doirasida tarbiya ko‘rgan
bo‘lishi shart. Sog‘lomlik bo‘y bilan emas, o‘y bilan o‘lchanadi. G‘arb dunyosidan farqli ravishda
farzandlarimiz o‘zlari bilan birga ota-onalari, oila a’zolari, qarindosh-urug‘lari, boshqa yaqin kishilari,
jamiyat el-yurt va Vatan uchun yashaydi. Ma’naviy sog‘lom bolagina ota-onaga, oilaga, jamiyatga, yurtga
tayanch bo‘ladi.
Dastlab oilada shakllangan bunday ko‘nikmalar, keyinchalik maktabda, yanada rivojlanadi.
Amaliy ko‘nikma va malakalar nazariy bilimlar bilan mustahkamlanadi. Jumladan, boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchilar “Atrofimizdagi olam” fanida umumiy biologik tushunchalarga ega bo‘lishadi. Inson organizmi
tuzilishi, atrof muhitning ekologiyasi, o‘simlik va hayvonlar haqida umumiy tushunchalar shakllanadi [5].
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga oid ijobiy faktorlar: ratsional ovqatlanish, jismoniy
madaniyat va sport bilan shug‘ullanish, uyqu me’yorini saqlash, atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda
bo‘lish [6; 4]. Bunga qarama qarshi bo‘lgan faktorlar esa: alkogol, chekish, narkotika, emotsional va
psixologik bosim, stresslar, ekologiyaning buzilish kiradi [6; 4].
Oilada sog‘lom turmushni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
•
oila a’zolarining tartibli, sarishtali hayot kechirishi, shaxsiy gigiena va tibbiyotga amal qilishi,
me’yorida sifatli oziqlanishi;
•
oila a’zolarining jismoniy rivojlanishi, ta’lim-tarbiya olishi, jismoniy madaniyat bilan
shug‘ullanishi va chiniqishi (ertalabki mashq va kechki sayr);
•
oilaning iqtisodiy barqarorligini uzluksiz ta’minlash, ishlab chiqarishini doimiy tashkil etish
(tomorqa, bog‘, chorva, dehqon, fermer xo‘jaligi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish);
•
oila a’zolarining sigareta, nos chekmasligi, spirtli ichimlik va narkotik moddalarni iste’mol
qilmasligi;
•
ota-onalarning oilada sog‘lom turmush tarzini boshqarish haqidagi dunyoqarashini
rivojlantirish, oila a’zolarida sog‘lom turmush haqidagi bilimlarni shakllantirish va tajribasini oshirish.
Yuqoridagi omillarning barchasi oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.
Sog‘lom turmushning barcha yo‘nalishlari o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, biri-ikkinchisini to‘ldirib boradi.
Masalan, oila a’zolari jismoniy mashq bilan shug‘ullanmasa yoki oila iqtisodiy barqaror bo‘lmasa, boshqa
yo‘nalish va maqsadlar ham amalga oshishi qiyin.
Oilaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash ota-onalardan katta mas’uliyat talab etadi. Buning
uchun jismoniy salomatlik, teran fikrlash, tinimsiz mehnat talab etiladi. Iqtisodiy barqaror oilada sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish ham oson kechadi. Oilaning imkoniyatlari kengayib, munosib hayot kechirish
ta’minlanadi, inson umr kurish davomiyligi oshadi. Mas’uliyatsiz ota-onalardan iborat oilalar bunday
imkoniyatga ega bo‘lmay, oila parokandaligi yuzaga kela boshlaydi. Buning oqibatida oila ham, jamiyat
ham zarar ko‘radi.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, oila
bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun zarur hisoblangan xulq-
atvor, iroda, tasavvur, dunyoqarash shakllanadi [9; 256] .
Oilada sog‘lom turmush tarzini amalga oshirish uchun ota-onalarning oiladagi sa’y-harakatini
tashkil qilish haqida pedagog Abdulla Avloniy “Sihatimiz, saodatimiz, sarbatimiz, sabrimiz, qanoatimiz al-
hosil butun hayotimiz harakatlarimizga bog‘liqdir. Harakatli odamlar tezgina maqsadlariga yeturlar.
Yalqov kishilar barcha ne’matlardan mahrum bo‘lib, xorlikda qolurlar” [4; 5] deb ta’kidlagan edi.
Olimat-ul-Banotning “Muosharat odobi” asarida ham sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
xususida ibratli fikrlar keltirilgan. Jumladan, “Ota-onalar qo‘lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun
bularni go‘zal tarbiya etmoq, yaxshi xulqlarga o‘rgatmoq va ko‘rkam odatlarni tushuntirmoq lozim bo‘ladi.
Tarbiya ila bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin. Bularning har ikkisiga ota-
onalari sabab bo‘ladilar” [8; 18].
Oilada sog‘lom turmushni ta’minlash uchun ota-onalarning sa’y- harakatlarini to‘g‘ri tashkil qilish
amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun olib boriladigan faoliyatni ikki yo‘nalishda tashkil etish mumkin:
Birinchi yo‘nalish
– ota-onalarning oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish haqidagi
bilimlarini kengaytirish;
Ikkinchi yo‘nalish
– ota-onalarda shakllantirilgan bilimlar zahirasini oila sharoitida tatbiq qilishga
o‘rgatishdir.
Bularni yo‘lga qo‘yish mushkul bo‘lsa-da, lekin bugungi tahlikali dunyoda mafkuraviy
jarayonlarning globallashuvi, turli tajovuzlarning ortib borishi uni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ota-
Do'stlaringiz bilan baham: |