100
Mashhur astronom, matematik, faylasuf va shoir Umar Xayyom (1048—1131) o‘zining
astronomik kuzatishlarida Beruniyning astronomik asarlaridan keng foydalandi xurosonlik
astronom va matematik Nasriddin Tusiy (1201 —1274), Beruniyning astronomiya va boshqa
sohalardagi asarlaridan keng ravishda foydalandi. Beruniyning ilmiy g‘oyalari bu olimlar
tomonidan davom ettirildi. Beruniy mashhur olim — tabiatshunos, tabib Ibn Sino bilan bir davrda
yashagan, u bilan bir qancha vaqt birga ishlagan. Beruniy bilan Ibn Sino olam tuzilishi haqida ilmiy
munozaralar olib borganlar, bu munozaralarda olg‘a surilgan g‘oyalar astronomiya va fizika tarixida
katta ahamiyatga egadir.
Beruniy 1048 yilda G‘azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston territoriyasida) vafot etdi.
O‘zbek xalqining ajoyib farzandi mashhur olim Beruniy o‘rta asrlarning mudhish azob-
uqubatlari va turli dahshat-qiyinchiliklariga qaramay, butun umrini fan va madaniyat taraqqiyoti
yo‘lida sarfladi. Beruniy fan xazinasini shunday bebaho javohirlar bilan to‘ldirdiki, butun insoniyat
bu bilan cheksiz faxrlanadi. Beruniy — entsiklopedist olim bo‘lib, o‘z davrining juda ko‘p fanlari
sohasida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordi, qimmatli asarlar yaratdi. Mashhur olim
I.Yu.Krachkovskiy yozganidek, «Beruniy qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko‘ra, qiziqmagan
sohalarini sanab chiqish osonroq».
Beruniy tomonidan astronomiya, matematika, geodeziya, minerologiya, geologiya,
farmakologiya sohalarida olib borilgan ilmiy tekshirishlar bu fanlar tarixida juda katta ahamiyatga
egadir. Uning asarlarida Xorazm xalqining qadimiy tarixiga tegishli juda ko‘p ma`lumotlar borki,
bular Xorazm xalqining fan va madaniyat tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Beruniy O‘rta
Osiyo xalqlarining Hindiston xalqlari bilan madaniy aloqalar o‘rnatish va bu aloqalarni
mustahkamlashda katta xizmatlar qildi. U o‘zining mashhur asari «Hindiston» orqali bu ajoyib
mamlakatning fani, madaniyati va tarixi bilan butun dunyo xalqlarini tanishtirdi. Bu nodir asar
haqida akademik V. R. Rozen shunday deydi: «Bu yodgorlik- shu xildagi asarlar ichida yagonadir.
G‘arb va Sharqning butun qadimiy va O‘rta asr ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo‘q.
Bu asar diniy, irqiy, milliy yoki tabaqaviy bid`atlar va xurofotlardan xoli bo‘lgan xolisona tanqid
ruhi bilan, yangi fanning eng qudratli quroli, ya`ni qiyosiy metod bilan g‘oyat to‘la ravishda
qurollangan, ehtiyotkor va pishiq tanqid ruhi bilan sug‘orilgandir... Undan chin ma`nodagi ko‘lam,
bir so‘z bilan aytganda, hozirgi zamon ma`nosidagi haqiqiy fan ruhi sezilib turadi. Beruniy turli
fanlarga doir 150 dan ortiq asarlar qoldirdi. Uning astronomiya sohasida yozgan 70 dan ortiq
asarlari O‘rta asr astronomiyasining entsiklopediyasidir. «Mening hamma istaklarim, butun
vujudim, — deb yozgan edi Beruniy, — ilm tarqatishga qaratilgandir va men buni o‘zim uchun eng
ulug‘ baxt deb bilaman».
Beruniy olim bo‘lish uchun eng zaruriy shart «kishining tabiatini pastlashtiradigan yomon
axloqdan, haqiqatni ko‘rishga imkon bermaydigan xislatlardan o‘zini tozalagandan keyingina
ilmiy tadqiqotga kirishish mumkin» — deb ta`kidlaydi.
Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida yozadi: «Haqiqatni
bilish uchun avval o‘z ruhingni kishilarni yo‘ldan ozdiruvchi yomon xususiyatlardan va
Do'stlaringiz bilan baham: