Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

Sho‘rlik, baxtsiz hayvonlar 
Bo‘kirib, dodlab yig‘lar!
Har bir uyada
G‘or-u qiyada —
Ochko‘z yovga
Tiz cho‘kar.
Ana shunday vaziyat tug‘ilib turgan paytda paydo bo‘lib qolgan chumchuqning 
tadbirkorligi, ishbilarmonligi, chaqqonligi qo‘l keladi, u suvarakni tiriklayin yutib yuboradi. 
Shu zaylda chumchuq o‘rmon-u quruqlikda yashaydigan qushlar, jonivorlar, hayvon va 
yirtqichlarni ozodlikka, erkka, baxtli va totli hayotga olib chiqadi. Bu voqea esa bolalarning 
estetik didlarini oshiradi, hayvonot olamiga nisbatan qiziqishlarini shakllantiradi, 
onaVatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini kamol toptirishda yetakchi omil hisoblanadi 
Shoirning „Doktor Voyjonim“ asari bir umr bolalarga shodlik-quvonch bag‘ishlab 
kelmoqda. Doktor Voyjonimning oqko‘ngilligi, mehribonligi, jonkuyarligi, hayvonlar bilan 
inoq, do‘stligi ibratomuz chizib berilgan. Hayotda nimalar bo‘lmaydi deysiz! Hayot ajoyib-
g‘aroyib voqealarga boy. K. Chukovskiy mana shunday voqealar ba’zi befahm, farosatsiz 
bolalar bilan ham sodir bo‘lib qolishi mumkin, deydi. Mura o‘y o‘ylamaydigan, fahm-
farosat bilan ish ko‘rmaydigan qizcha. U bilan juda kulgili voqea yuz beradi. Shoir „Muraga 
„Ajoyib-g‘aroyib daraxt“ ertagini o‘qib berishganida, u nima qildi?“ she’rida o‘ylamay, aql 
ishlatmay tuflisini bog‘ maydoniga ekib, ostini yumshatib, suv quyib, kulgili ish qilganligini 
tanqid qiladi:
Mura yechib tuflisin,
Bog‘ga ko‘mib, der sekin:
— O‘s, o‘saqol, tuflicham,


117 
Bo‘y cho‘zaqol, tuflicham!
Endi jajji tuflicham
O‘z qo‘limdan suv ichar.
Niholcham bo‘lar daraxt,
Ulkan, g‘aroyib daraxt!
Pishib bosonojkalar
Daraxt sari yo‘l olar,
Qip-qizil sapojkalar:
— Yulib oling! — deb qolar.
Shoirning „Mechkay“ asarida ham shunday kulgili, ta’sirli mavzu yotganligini ko‘ramiz. K. 
Chukovskiy ta’kidlab o‘tganidek, ba’zi bolalar bo‘ladiki, yaxshi o‘qish, ozoda bo‘lish, 
yuvinibtaranib yurish o‘rniga ko‘proq ovqat yeyish niyatida yuradilar. Haddan ziyoda ko‘p 
ovqat iste’mol qilish odamni kam o‘ylaydigan qilib qo‘yishini, yaxshi o‘qish, ibratomuz 
ishlarni amalga oshirishda unga pand berishi mumkinligini tushunmaydigan bolalar onda-
sonda uchrab turishini boplab tanqid qiladi: 
…Teshik kulcha juda soz
O‘ttiz bog‘lamin shovvoz,
Bir-bir yutay deb yechgan,
To‘rt xumcha sutni ichgan.
So‘ng urib qirq to‘rt quymoq
Singlim xo‘p ozgan, biroq
Ko‘plarni hayron etgan,
Eshikka sig‘may ketgan.
Korney Chukovskiy sevimli shoir, iste’dodli adib, shuningdek, yirik 
adabiyotshunos olim bo‘libgina qolmay, bilimdon tarjimon ham edi. 
Uning „Ikkidan beshgacha“ nomli mashhur tadqiqotida kichik yoshdagi 


118 
bolalarning xarakter xususiyatlari, nutqi va ruhiyati xususida qiziqarli 
hayotiy ma’lumotlar beriladi. 
Ulkan so‘z san’atkori Korney Chukovskiy bolalar qalbini to‘lqinlantiradigan, hayajonga 
soladigan kitoblar muallifi sifatida hurmatga sazovor. E’zozli muallifning umri, bosib 
o‘tgan hayot yo‘li ham xuddi kitoblari singari e’zozlanadi.Hozirgi zamon rus bolalar 
adabiyotining ulkan daholaridan biri Korney Ivanovich Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, 
taniqli olim, mohir tarjimon sifatida tanilgan so‘z ustasi edi. U o‘z asarlarida bolalarga xos 
ajoyib xislatlarni — rahmdillik va insoniylik, do‘stlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan 
shafqatsizlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targ‘ib etadi. K. Chukovskiy bolalar uchun 
asarlar yaratish, ijod qilishni o‘zi uchun katta baxt deb biladi.Kichkintoylar va ularning 
adabiyotini umr bo‘yi ardoqlagan Korney Chukovskiy 1882 yilda Peterburg shahrida 
dunyoga keldi. Tez orada Chukovskiylar oilasi Odessaga ko‘chadi. Bu yerda ona ming 
mashaqqat bilan o‘g‘lini gimnaziyaga joylaydi. Bu baxt uzoqqa cho‘zilmaydi. „Oshxona 
xizmatchisining o‘g‘li“ bo‘lganligi uchun K. Chukovskiy gimnaziyadan haydaladi.Korney 
oilaga ko‘maklashish, tirikchilik o‘tkazish maqsadida turli yumushlarni bajarishga majbur 
bo‘ladi. Shunga qaramay, u bo‘sh vaqtlarida mustaqil o‘qishga, Pushkin, Nekrasov, 
Chexov asarlarini mutolaa qilishga harakat qiladi.Chukovskiyning dastlabki „San’at 
nima?“ maqolasi 1901 yilda „0^eccKHe hobocth“ gazetasida bosilib chiqqan. 1903 yilda u 
gazeta muxbiri sifatida Angliyaga boradi. Londonda xizmat qila boshlaydi. Lekin bu 
yerdagi faoliyati uzoq davom etmaydi. Gazeta unga maosh to‘lamay qo‘yadi. U Britaniya 
muzeyiga ishga kirib, tirikchilik o‘tkazishga majbur bo‘ladi.1905 yilda K. Chukovskiy 
Odessaga qaytib keladi va bu yerda „Signal“ degan jurnal chiqara boshlaydi. Jurnal 
sahifalarida chor hukumati siyosatiga qarshi materiallar bosilganligi uchun uni sud 
qilishadi.Keyingi yillarda u bolalar adabiyoti to‘g‘risida ko‘plab maqolalar yozadi. 1907 
yilda „Bolalar tili“ asari maydonga keladi.K. Chukovskiy dastlab M. Gorkiy hikoya qilib 
bergan sujet asosida bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, badiiy baquvvat 
„Timsoh“ ertagini yozdi. 1918 yilda esa „Archa“ nomli to‘plami bosilib chiqdi. O‘sha yili 
„Jahon adabiyoti“ nashriyotiga ishga kirdi. 1919 yilda N. A. Nekrasov asarlarining to‘la 
to‘plamini nashr ettirdi.Shu yillarda uning mashhur „Moydodir“, „Suvarakxon“ ertaklari, 
„Kichik bolalar“ kitobi bosilib chiqdi.„Pashsha — xarxasha“, „Barmaley“, „Telefon“, 
„Fedora o‘tkazgan alam“, „O‘g‘irlangan quyosh“, „Doktor Voyjonim“, „Filinisa kitob 
o‘qir“, „Kirpilar kuladi“ asarlari Korney Chukovskiyning nomini olamga yoydi, 
kitobxonlar hurmatini qozondi.Korney Chukovskiyning ertak-poemalarida ezgulikning 
yovuzlik ustidan g‘alabasi, baxt, yorqin hayot sari keskin kurash bo‘rtib turadi. Masalan, 
shoirning „Moydodir“ asarida bolalarning odobli, ozoda, har doim to‘g‘ri so‘z bo‘lishi va 
tozalikka rioya qilish mavzusi ilgari surilgan.Asar qahramoni qator fazilatlarga loyiq. 
Lekin bir aybi bor, faqat kir-chir yuradi. Shuning uchun bir kuni unga xizmat qiluvchi 
barcha narsalar ish tashlaydi, undan yuz o‘girib qochib ketishadi. Bola voqeaga 
tushunmay, xafa bo‘lib turganida joniga yuz-qo‘l yuvgich — Moydodir oro kiradi.Yosh 
kitobxon hamisha hayvon, jonivor va hasharotlar haqidagi voqea-sarguzashtlarni sevib 
o‘qiydi. K. Chukovskiyning „Suvarakxon“ asari ham kichkintoylarning sevimli asarlaridan 
hisoblanadi. Asarda shoir hayvon, hasharot va yirtqichlarning tuzilishlari, fe’l-atvorlari, 
dovyuraklik va qo‘rqoqliklari to‘g‘risida bahs yuritadi: 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish