Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

“Boychechak”– 
bolalar kuylaydiggan mavsumiy va marosim qo‘shig‘i. 
Boychechak qadimda Navro‘z elchisi sifatida bolalar quvonchiga sabab 
bo‘lgan. Undan guldastalar yasashgan bolakaylar hovlima-hovli yurib, qo‘shiq 
kuylab, boychechak ulashib, bahor xabarini berib, suyunchi olishgan. Uning 
xush kayfiyatda kuylanishi, "Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, 
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak" naqarotining mazmun 
mohiyati katta-yu kichikka birdek tushunarli. Biroq qo‘shiqni yod olgan, 
zavqqa 
to‘lib 
kuylagan 
kichkintoylar 
uning 
mazmunini 
teran
anglaganlaridagina xalq madaniy tarixi, milliy qadriyatlarimizdan voqif 
bo‘ladilar. Qo‘shiqning birinchi bandi shunday boshlanadi: 
Boychechagim boylandi, 
Qozon to‘la ayrondir. 
Ayroningdan bermasang, 
Qozon-tovog‘ing vayrondir. 
Qo‘shiqda qadimgi ajdodlarimizning ilk bahor kunlaridagi “qozon to`ldi” 
marosimi va bahor kelganiga ishora qilinayotir. Negaki, boychechak bahor 
elchisi ekan, endi yaylovda o‘t-o‘lanlar ko‘karadi, sigir-echkilar suti ko‘payadi, 
issiq boshlanishi bilan hamma ayronxo‘rlikka o‘tadi. Kishilarning qozon 
to‘ldirib ayron tayyorlashi va bir-birlariga ulashishi xayrli udumlardan sanalib, 
xalqda uni bir-biridan qizg‘anganda ro‘zg‘orga putur yetishi mumkinligi 
inonchini paydo qilgan.
Boychechak haqidagi qo‘shiqlarning genezisi juda qadimiy davrlar bilan 
bog‘liqligi qo‘shiqning keyingi bandida ko‘rinadi: 
Boychechakni tutdilar, 
Tut yog`ochga osdilar, 
Qilich bilan chopdilar, 
Baxmal bilan yopdilar. 
Bu tarixan hosildorlik kulti bilan bog‘liqligini zamondosh o‘quvchiga 
tushuntirish lozim. Folklorshunos olimlar e’tiroficha, o‘simliklar kultining 
paydo bo‘lishi ibtidoiy madaniyat davri bilan bog‘liq bo‘lib, qadim 
inonchlardan biridir. “Arxaik dunyoqarashda, - deb yozadi A.Musaqulov,–
1
Quronov D. va boshq. Adabiyotshunoslik lug`ati. Toshkent, “Akademnashr”, 2010.–B.384


54 
butun tabiat kabi o‘simliklar ham jonli va ongli, deb tushunilgan va ko‘pgina 
xalqlar o‘zlarining ilk ajdodlarini o‘simliklar totemi bilan bog‘lashgan.”
2
Boychechak – badavlat, muqaddas, ilohiy gul degan ma’nolarga ham ega.
Olimlar ta’kidicha, qo‘shiqlarda boychechak to‘ng‘ich go‘zal qizga 
o‘xshatiladi. Yuqoridagi misralar ham shu ma’noda juda qadim davrlarda 
ko‘klamgi marosimlarda qizlarni qurbonlik qilish marosimidan nishona ekani 
e’tirof etilgan.
Qo‘shiqdagi: Boychechakni tutdilar, 
Tut yog‘ochga osdilar. 
Qilich bilan chopdilar, 
Baxmal bilan yopdilar. 
misralari shundaytalqinga asos bo‘lgan. Zotan unda ta’riflangan boychechak–
erta bahorda ochilgan gul ekanligi bilan birga tarixiy hodisalarning 
umumlashma obrazi hamdir.Qo‘shiq tugagach, boychechakxonlarga sovg‘a-
salomlar berishgan. Bolalar bularni o‘zaro bo‘lishib olgan, hammalari 
birgalikda 
mehmonnavozlik 
qilishib, 
xalqimizning 
mehmondorchilik 
an’analarini o‘zlashtirishgan. Shu ma’noda: Boychechagim boylandi, 
Ko‘chama-ko‘cha aylandi. 
Boychechagim ko`k somsa, 
Cho‘ntaklarga joylandi,-
misralari orqali bolalarning ilk boychechakni olib, hovlima-hovli suyunchi 
so‘rashi, keksalar uni yuzlariga sutib, "omonlik-omonlik",–deya yeguliklar, 
pullar berishlari, ko‘k somsalar pishirishlari poetik ifodalangan. 
Bolalarning qo‘shiqqa bo‘lgan kuchli moyilligi ular faoliyatining asosini 
tashkil etuvchi o‘yinlarda ham namoyon bo‘ladi. Ular bir-birlarini o‘yinga 
qo‘shiq aytib chaqirish asosida 
chorlamalar
, o‘yinda ishtirok etadigan bolalar 
tarkibini aniqlashda 
cheklashmachoqlar
, navbat aniqlashda 
sanamalar

shuningdek, o‘yin nihoyasida 
tarqalmachoqlar
kuylashgan. Bularning har biri 
bolalar folklorining mustaqil poetik janrlari hisoblanadi.
Albatta, davrlar, avlodlar yangilanishi bilan bunday o‘yin- qo‘shiqlar ham 
o‘zgarib, yangicha mazmun - mohiyat kasb etishi tayin. Xususan, turli sport 
o‘yinlari, anjomlari va mashg‘ulotlari keng miqyosda ommalashib bormoqda. 
Shunday bo‘lsa-da, xalq ijodining ko`pgina namunalari bolalar ma’naviy 
olamini boyitishda hamon hissa qo‘shib kelmoqda. Bolalar repertuarida 
ibtidoiy ajdodlarimizningqadimgi animistik va totemistik aqidalari asosida 
shakllanib, endilikda o‘sha mohiyatini yo‘qotgan ya

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish