96
Xitoy Xalq Respublikasi bugungi kunda Osiyo davlatlari ichida tezkorlik
bilan rivojlanib borayotgan mamlakatdir. O‘quv jarayoni va ishlab chiqarishda eng
zamonaviy texnologiyalaming qo‘llanilishi mamlakat istiqbolining porloqligidan
dalolat beradi. Albatta, har bir mamlakat va jamiyat rivojining asosida ta’lim yotadi.
Xitoy Xalq Respublikasidagi ta’lim jarayoni maktabgacha, boshlang‘ich,
to‘liq bo‘lmagan o‘rta, o‘rta umumiy ta’lim, oliy ta’lim va aspiranturani o‘z ichiga
oladi. Bog‘chalarga bolalar 3 yoshida qabul qilinib, 6 yoshdan boshlang‘ich sinfga
o‘tkaziladi. Boshlang‘ich va to‘liq bo‘lmagan o‘rta ta’lim «6,3», «5,4» va «uzluksiz
9 yil» ta’lim tizimini qo‘llab kelmoqda. O‘rta umumiy maktablarga o‘quvchilar 15-
16 yoshdan qabul qilinib, ular 4 yil davomida bilim oladilar. Maktabni bitirgan
yoshlar kasbga yo‘naltiruvchi ta’lim muassasalarida bilim olish huquqiga ega
bo‘ladilar. Ular mazkur dargohda 2 yil o‘qisalar, to‘liq bo‘lmagan o‘rta maktabni
bitiruvchilari uchun o‘qish muddati 4 yil qilib belgilangandir.
Xitoy oliy o‘quv yurtlarida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha jahonda
yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Institut va universitetlarda ta’lim
muddati 4-5 yil qilib belgilangan bo‘lsa, faqatgina tibbiyot institutining talabalari
ixtisosliklariga qarab 7-8 yilgacha bilim oladi. Yuqori oliy ta’lim hisoblangan
aspiranturada ta’lim olish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchisida magistrlik ilmiy
darajasi berilsa, ikkinchi bosqichini tugallagan tadqiqodchi fan doktori ilmiy
darajasiga ega bo‘ladi.
Aynan shu tizimdan kelib chiqqan holda Xitoyda ta’lim boshqaruvi amalga
oshiriladi. Sohadagi boshqaruv «bir xil daraja, bir xil standartlar» tamoyili asosida
olib borilmoqda, ya’ni mehnat jarayonidan ajralgan holda ta’lim olayotgan yoshlar
va mehnat qilish bilan birga faqat kechqurun yoxud sirtdan o‘qiyotganlarga bilim
berish darajasi bir xildir.
Mamlakat ta’lim boshqaruvi o‘z ichiga ma’muriy ta’lim tizimini olib, u 4
bosqichdan iboratdir: markaz, shahar, avtonom hududlar va uyezdlardir. Mazkur
hududiy bo‘linishlar ular tasarrufidagi ta’lim muassasalari boshqaruvini yengil-
lashtiradi.
«Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuni»da ko‘rsatilishicha
«Davlat Kengashi va mahalliy xalq hokimiyatlari o‘z hududlaridagi boshqaruv
tamoyillari asosida ta’lim tizimini boshqaradilar. O‘rta va to‘liq bo‘lmagan o‘rta
ta’lim muasassalari Davlat Kengashi tasarrufidagi mahalliy xalq hokimiyatlari
tomonidan, oliy ta’lim Davlat Kengashi, avtonom hudud, shahar xalq hokimiyatlari
tomonidan boshqariladi. Mazkur qonunning 15-bandida aytilishicha, «Davlat
Kengashidagi ta’limning ma’muriy organlari mamlakatdagi ta’lim sohasini
boshqaradilar, umumiy reja asosida ish ko‘radilar va uning faoliyatini
muvofiqlashtiradilar».
Do'stlaringiz bilan baham: