chizib oling va xulosa yozing.
2-rasm. Nizoning kelib chiqish va toʻqnashish jarayoni modeli.
3-Topshiriq: Nizoning quyidagi kelib chiqish sabablarini jadvalga toʻgʻri
joylashtiring va yozilgan jadvalni tushuntirib bering:
Manmanlik, qaysarlik
Vazifalarning oʻzaro bogʻliqligi
Kommunikasiya - oʻzaro aloqaning qoniqarsizligi
Nizo xillari
Ichki shaxsiy
nizo
Shaxslararo
nizo
Shaxs va guruh
o’rtasidagi nizo
Guruhlararo nizo
- ochiq
nizolar - konstruktiv nizolar
- yopiq nizolar - destruktiv nizolar
- ob’yektiv nizolar - simmetrik nizolar
- sub’yektiv nizolar - assimmetrik nizolar
Nizoli vaziyat
Nizo sabablari
Nizoning kengayib ketish mumkinligi
Vaziyatni sezish
Nizo kelib chiqadi
Nizoni boshqarish
Funksional va disfunksional oqibatlar
Nizo kelib
chiqmaydi
71
Maqsadlardagi har xillik
Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik
Erkinlik, mustaqillik va oʻz kadrini bilishdagi har xillik
1-jadval
Nizo sabablari
№ Nizo sabablari
Izoh
1.
Hattoki eng ulkan korxonalarda ham resurslar cheklangan boʻladi.
Rahbariyat materiallar mehnat va moliyaviy resurslarni oʻz tasarrufidagi
boʻlimlarga umum korxona maqsadini amalga oshirish nuqtai nazaridan
taqsimlashi kerak. Biriga asossiz koʻp, biriga oz taqsimlash soʻzsiz
nizoning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Hamma ham koʻproq undirib
olish payida boʻladi.
2.
Mehnat taqsimoti barcha boʻgʻinlarni bir-biri bilan bogʻlab qoʻyadi.
Bunday sharoitda bir kishi yoki bir guruh kishilarning bajaradigan ishi
boshqa bir kishi yoki boshqa bir guruh kishiga bogʻliq boʻlib qoladi.
Masalan,
ishlab
chiqarish
boʻlimi
xodimlardagi
mehnat
unumdorligining past darajada ekanligini ulardagi uskunalarning sifatsiz
taʼmirlanganligi bilan bogʻlab, taʼmirlash boʻlimiga aybni toʻnkayd.
Taʼmirlash boʻlimi esa oʻz navbatida boʻlim uchun zarur boʻlgan
mutaxassislarni oʻz vaqtida ishga qabul qilmagan kadrlar boʻlimiga
shunday eʼtirozni bildiradi va x. Koʻrib turibsizki, noroziliklar hamma
boʻgʻinlarda bor. Aynan shular nizoni kelib chiqishiga sabab boʻladi.
3.
Ixtisoslashtirish qanchalik chuqurlashsa shunchalik boʻlimlar koʻproq
oʻz eʼtiborlarini korxonaning umumiy maqsadini bajarishga emas, balki
oʻz boʻlimi maqsadini amalga oshirishga qaratdi. Masalan, sotish
boʻlimi oʻzining ish koʻlamini oshirish va raqobatbardoshligini
mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish boʻlimidan imkoniyat
boricha mahsulot assortimentini koʻpaytirishni talab qiladi. Ammo,
ishlab chiqarish boʻlimi uchun mahsulot assortimentini xilma-xil qilib
ishlab chiqarish emas, balki harajat va samaradorlik nuqtai nazardan
assortimenti turli-tuman boʻlmagan mahsulotni ishlab chiqarish
maʼqulroqdir. Koʻrib turibsizki, bu yerda ham manfaatlar turlicha.
4.
Bu – eng koʻp hollarda uchraydigan sabablardan hisoblanadi. Masalan,
boʻysunuvchi oʻz fikrini aytishga har doim haqliman deb aytsa, rahbar
bunga javoban: “Yoʻq, siz fikringizni faqat biz soʻragan paytda
aytishingiz mumkin” desa, oʻylaysizki nizo uchun vaziyat tugʻilmaydi
deb. Tugʻiladi, albatta. Yoki, tadqiqot boʻlimidagi yuqori malakali
xodim nima uchun oʻz kadrini bilmasligi kerak. U ham maslahat
berishga qodirku.
5.
Shunday xodimlar borki, faqat oʻzining fikrini maʼqullaydi, murosaga
hyech ham bormaydi. Bunday odamlar gʻalvaning ini. Ular bilan
nihoyatda ehtiyotkorona munosabatda boʻlish kerak.
6.
Axborotning xoimlarga yetib bormasligi yoki uning juda sust boʻlishi
nizo chiqish uchun ham sabab, ham oqibat boʻlishi mumkin. Agar
rahbariyat xodimlariga oʻz vaqtida yangi joriy qilinayotgan ish haqi
tizimi toʻgʻrisidagi axborotni yetkazmasa, demakki xodimlarning
mehnat unumdorligini oshirishdagi manfaatdorligi eskiligicha qoladi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |