Gulxaniyning
o‘ziga xos o‘rni bor. Uning
bizgacha 12 ta g‘azal, Amir Umarxonga bag‘ishlangan qasidasi va “Zarbulmasal”
asari yetib kelgan. O‘zbek xalqi, shuningdek, ijodkorning donishmandligi va
zukkoligi namoyon bo‘lgan “Zarbulmasal” asarining 6 ta qo‘lyozma va 10 dan
ortiq bosma nusxalari mavjud. Uning qadimiy qo‘lyozmasi 1885-yilda
ko‘chirilgan, 1951, 1958, 1960-yillarda chop etilgan. “Zarbulmasal” arabcha
“zarb” va “masal” so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lib, Masal keltirib
so‘zlashmoq mazmunida ishlatiladi. “Zarbulmasal” – majoziy asar, unda 400 dan
ziyod maqol hamda hikmatli so‘zlar qo‘llangan. Asarda hayvonlar obrazi, tabiati
orqali, maqol, matal, hikoyat va rivoyatlar vositasida turli toifa insonlarning
ma’naviy qiyofasi ochib beriladi.
Ta’kidlanganidek, Gulxaniy uslubning ravon va ommaga tushunarli bo‘lishi
uchun xalq og‘zaki ijodidan samarali foydalangan. Buni quyidagilarda ko‘ramiz.
1. Asarning ayrim hikoyalari xalq og‘zaki ijodiga xos so‘zlar bilan
boshlanadi:
Bor edi Farg‘onada bir carbon
.
120
2. Folklorning ommaviy janrlaridan biri bo‘lgan maqollardan nihoyatda
o‘rinli foydalangan:
Evi bilan so‘zlaganning qurboni bo‘l
,
Ikki suyuklik bir
ko‘ngilga sig‘mas
,
Bo‘ynida illati borning ayog‘i qaltirar
kabi.
3. Leksik jixatdan xalq so‘zlashuv tiliga doir leksemalarni ko‘plab
ishlatilgan:
ebi,
teva
,
taka, ayran, sapal, burunduq, taylaq, qo‘naq, aqsaq, bo‘qaq,
kulba, yantaq, sachbag‘, buydaq, tushav, lachin, qarchig‘ay, qizilishtan
singari.
Jonli tilda bo‘lgan
itarchi
- it boquvchi;
qig‘an
– qilgan,
burnag‘i
– avvalgi,
chechmak
– yechmoq so‘zlari qayd etilgan:
It qig‘onni itorchi qilmas, Burnag‘ilar
masalidurki, er bashiga ish tushsa, etuk chechmay suv kechar
. Shuningdek. ayrim
frazeologik birikmalar ham ifodalangan:
ag‘zini bir burchidin chiqar, ag‘iz ashga
yetganda burni qanagan, xos tarbuzni qo‘ltug‘ungga alma
va boshqalar.
4. Asarda bir qator arabcha, forscha so‘zlar ham kuzatiladi:
abir
- qora tusli
xushbuy modda,
ajuz
- kampir,
anjum
- yulduzlar,
tarror
- qaroqchi, shaqovat –
yaramaslik,
nafarjam
– baxtsiz,
bargoh
- saroy,
xastakar
- sovchi,
qahil
- yalqov,
sarbon
- tuyakash,
humo
kabilar.
5. O‘g‘uz lahjasiga xos unsurlar ham ko‘zga tashlanadi:
dosha
- toshga,
istaram
- istayman,
aylaram -
qilaman,
cho‘g‘
- ko‘p, juda.
6. Gulxaniy o‘sha davr tilida mavjud bo‘lgan sinonimlardan ustalik bilan
foydalangan:
g‘am, g‘ussa, anduh, ko‘k, falak; xalq, ulus, el; ism, ot; yo‘ldosh,
hamroh; noma, xat; oy, qamar; oftob, qo‘yosh, shams, xurshid; chayon, aqrab;
yuz, oraz, jamol, daryo, nahr
va hokazo.
7. Ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari morfemalar olganda quyidagi shakllarda
keladi:
U - ana, ul - anda, alari, munda, bunda, nima - nimarsa
. Istak fe’lining
birinchi shaxs ko‘pligi fe’l negiziga -ali affiksini qo‘shish bilan yasaladi. Masalan:
Anglab barib taraddud qilali
. O‘tgan zamon sifatdoshi - mish, -mush affikslari
bilan keladi:
tutmish
,
kelmish
.
Shunday qilib, Gulxaniy adabiy tilni butun xalq ommasiga tushunarli,
turmush uchun zarur so‘zlar va grammatik shakllar bilan boyitishga harakat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |