82
7.3. Masofani po’lat lenta bilan o’lchash va o’lchash aniqligi
Joyda po’lat lenta bilan o’lchangan chiziqning uzunligi quyidagi formula
bo’yicha hisoblab topiladi:
D = l ∙ n + r; (7.4)
bu yerda: l-po’lat lentaning uzunligi;
n-lentaning chiziq bo’yicha yotqizilish soni;
r- ortib qolgan (lenta yetmay qolgan) masofa.
Masofa 20 m li po’lat lenta bilan o’lchansa (7.4) formula mana bunday
ko’rinishga kiradi:
D = 20 ∙ n + r (7.5)
Masalan, joydagi (AB) chiziq uzunligi (7.3-rasm) po’lat lenta bilan
quyidagicha o’lchanadi. Bir kishi lentani uning (O) shtrixini (A) nuqtadagi qoziq
markaziga to’g’rilab ushlab turadi; ikkinchi kishi esa lentani (B) nuqtaga tomon
tortadi va o’lchanayotga (AB) chiziq ustiga tarang yotqizilib, shpilkalaardan birini
lentaning (O) shtrixiga (ilgaksimon kesigiga) to’g’rilab yerga qoqiladi-da, yana
oldinga qarab yuradi. Lenta uchini (A) nuqtada o’lchab turgan kishi yerga qoqilgan
shpilkaga yetib kelgach, oldinda borayotgan kishini to’xtatadi va lentaning
ilgaksimon kesigini shpilkaga kiritadi; oldinda boruvchi kishi lentani (AB)
chizig’iga to’g’rilaydi, tarang qilib tortadi va ikkinchi nuqtani shpilkaga qoqib
belgilaydi. Shundan keyin orqadagi kishi birinchi shpilkani sug’urib oladi va
ikkalasi oldinga qarab yuradi, to chiziq oxiriga (B nuqtaga) yetgunga qadar ish shu
tartibda davom ettiriladi. Lentaning uchi oxirgi nuqtaga yetmasa, ya’ni lenta
yotqizilganda masofa ortib qolsa, oxirgi shpilkadan lentaning (B)nuqtaga to’g’ri
kelgan joyigacha bo’lgan masofagina hisoblanadi. Bunda lentaning metrli
bo’limlaridan metr belgisi bo’yicha detsimetrlardan- ularni ko’rsatuvchi teshiklar
7.3-rasm.Po`lat lenta bilan o`lchash
83
bo’yicha, santimetrlardan-shtrixli lentada ko’z bilan chamalab, shkalali lentada esa
shkaladan sanoq olinadi. misolimizda lenta chiziq bo’ylab 6 marta yotqizildi va 6
nuqtadan (B) nuqtagacha bo’lgan oraliq lenta uzunligidan qisqa, ya’ni 16,24 m
bo’lib chiqdi. Shunda (AB) chiziqning uzunligi
D = 20 × 6 + 16,24 = 136,24 m
bo’ladi. Po’lat lenta bilan masofa o’lchash aniqligi asosan joyning xarakteriga
bog’liq. Masalan, shosse, trotuar, tekis yo’l va boshqa shu kabi joylar masofa
o’lchash uchun juda qulay hisoblanadi. Butazor, ariq, zovur, kanal kesib o’tgan
joylar, jarliklar, tog’ yonbag’ri va boshqa joylarda masofani o’lchash ancha qiyin.
Shuning uchun po’lat lenta qulay joylardagina ishlatiladi.
Po’lat lenta bilan masofa o’lchash aniqligiga joyning relyefi va xarakteridan
tashqari, lentani komparirlashda yo’l qo’yilgan xato, lentaning chiziqqa to’g’ri
yotqizilmaganligi, shuningdek olchangan masofaning gorizontal proyeksiyasini
aniqlashdagi xato, masofa o’lchashda lentaning gorizontal va vertikal tekislik
bo’yicha bo’lishi, temperatura farqiga qarab kiritiladigan aniqlik e’tiborga
olinmaganligi, lentani komparirlashda va shu lenta bilan masofa o’lchashda uning
bir xil kuch bilan tortilmaganligi va boshqalar ta’sir qiladi.
Po’lat lentani komparirlashdagi xatoning masofa o’lchash aniqligiga
ko’rsatadigan ta’sirini kamaytirish uchun lenta vaqt-vaqti bilan va aniqlangan xato
(±2 mm dan katta bo’lsa) masofani o’lchashda e’tiborga olinishi zarur.
Masofani o’lchashda lentaning to’g’ri chiziqdan chetga chiqishi 15 sm dan
ziyod bo’lmasligi kerak. Buning uchun po’lat lenta ko’z bilan chamalab yoki
teodolit yordamida to’g’ri tortilishi zarur. Lentani komparirlashda va masofani
o’lchashda tortish kuchi bir xil bo’lishi uchun dinamometrdan foydalaniladi.
Masofani o’lchashda po’lat lentaning gorizontal va vertikal bo’yicha bukilishi 0,1 m
dan oshlasligi lozim.
O’lchangan masofaning gorizontal proyeksiyasini hisoblashda yo’l
qo’yiladigan xatoning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun qiyalik burchagini 50’
gacha aniqlikda o’lchash zarur. Katta aniqlik talab etilmaydigan hollarda qiyalik
burchagi 2
o
dan ortiq bo’lsa, o’lchash natijasiga tegishli tuzatish kiritiladi.
84
100 m va bundan qisqa masofalarni 20 m li po’lat lenta bilan o’lchaganda
chiziqning ortib qolgan 20 m dan qisqa qismini po’lat lenta bilan o’lchagan ma’qul.
Har qanday o’lchashlarda xato bo’ladi, shuning uchun masofaning to’g’ri yoki
noto’g’ri o’lchanganligini bilish hamda o’lchash aniqligini oshirish maqsadida har
bir masofa ikki marta (to’g’ri va teskari yo’nalishda yoki ikkita asbob bilan) o’lchab
tekshirib ko’riladi. Ikki marta o’lchash natijalarining farqi o’lchash xatosi deb
yuritiladi.
Turli sharoitlarda masofani po’lat lenta bilan o’lchashdagi nisbiy xato cheki
tajriba yo’li bilan belgilangan. O’lchash juda qulay joylar (shosse, trotuar, tekis yo’l
va boshqalar) uchun belgilangan chekli nisbiy xato- 1:3000; o’lchash qulay joylar
(maysazor, haydalgan yer va boshqalar) uchun 1:2000; o’lchash noqulay joylar
(butazor, ariq-zovur va jarliklar bo’lgan joylar, past-baland bo’lgan joylar, tog’
yonbag’rlari va hokazolar) uchun 1:1000. Masofani o’lchashdagi nisbiy xato shu
sharoit uchun yo’l qo’yilgan chekli xato nisbiy xatoni
√2
ga ko’paytirishdan chiqqan
sondan kishik bo’lsa, ya’ni juda qulay sharoitdagi nisbiy xato 1:2000, qulay
sharoitdagi nisbiy xato 1:1500, noqulay sharoitda esa 1:700-1:800 bundan ham
kichik bo’lsa, masofa to’g’ri o’lchangan hisoblanadi. Masofani bir necha marta
o’lchab olingan o’rtacha arifmetik miqdor masofaning haqiqiy uzunligi deb qabul
qilinadi.
Misol:
masofa qulay sharoitda ikki marta o’lchangan deylik. Lentaning
taqqoslab tekshirilishini, temperaturani o’zgarishini hamda qiyalikni nazarda tutib
kiritilgan tuzatishlarni hisobga olganda birinchi marta o’lchash natijasi D
1
=343,65
m, ikkinchi marta o’lchash natijasi D
2
=343,45 m bo’lgan. Shunda o’lchash xatosi
∆D = 343,65 − 343,45 = 0,20 m
bo’ladi. ikki marta o’lchab olingan natijalardan hisoblab chiqarilgan arifmetik
miqdor
D
o’rt
=
343,65 + 343,45
2
= 343,55 m
Nisbiy xato
85
∆D
D
=
0,20
343,55
=
1
1781
Masofani qulay sharoitda o’lchashdagi chekli xato 1:1500 dir. Demak
misolimizda o’lchash xatosi yo’l qo’yilgan darajadan cetka chqmagan va o’lchangan
masofaning uzunligi 343,55 m ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |