G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/203
Sana19.05.2023
Hajmi6,42 Mb.
#941315
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   203
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

uzilish burchaklari
deyiladi. Uzilish burchaklari suvli obektlarni havfli ta’sir 
zonalarini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Yer yuzasining siljishi umumiy holatda siljish muldasining har qanday 
nuqtasida va turli vaqt oralig‘ida turlicha bo‘lishi mumkin. Yer yuzasining siljish 
qiymatlari siljish qiymatlari harakterlari vektorlari yoki ularni tashkil qiluvchilar 
bilan harakterlanadi. Siljish vektori deganda son jihatidan nuqtaning boshlang‘ich 
o‘rni bilan ko‘rilayotgan vaqtdagi o‘rni oralig‘idagi masofaga teng bo‘lgan kesma 
tushuniladi va uning yo‘nalishi shu kesmaga mos bo‘ladi. 
Siljish qiymatlarini baholash uchun ko‘pincha qatlam yotiqligi va unga 
ko‘ndalang yo‘nalishlar bo‘yicha vertikal va gorizontal siljish vektorlarini tashkil 
qiluvchilardan foydalaniladi.
Agar yer yuzasidagi ko‘rilayotgan nuqtalarning balandligining kamayishi ro‘y 
bersa vertikal siljish vektorining tashkil etuvchilarini cho‘kish deyiladi, agar nuqta 
balandligi ko‘paysa ko‘tarilishlar deyiladi.
Siljish jarayeniining nisbatan muhim ko‘rsatkichlaridan bo‘lib yer yuzasining 
maksimal cho‘kish qiymati hisoblanadi. Maksimal cho‘kish ikki xil bo‘lishi 
mumkin: yer ostida to‘liq qazish ishlari borish natijasida hosil bo‘lgan - 
0

va qisman 
qazib olish natijasida hosil bo‘lgan - 
m


Yer yuzasi siljish vektorlarini gorizontal tashkil qiluvchilarini gorizontal 
siljishlar deyiladi. 
Ko‘mir konlarini qazishda siljish jaraeni parametrlariga ta’sir qiluvchi quyidagi 
omillar hisobga olinadi: qatlamni qazib olinadigan qalinligi, kon qazish ishlari 
chuqurligi va tog‘ jinslarini og‘ish burchagi, tog‘ massivining tarkibi va jinslarning 
fizik – mexanik hususiyatlari, massivni kon lahimlari bilan buzilish darajasi, 
qatlamda lahimlarning o‘zaro joylashishi, qazib olingan bo‘shliq va ko‘mir ustuni 
o‘lchamlari (ustki qatlam ostida qoldirilgan), ustki qatlam qalinligi. 
Qatlamni qazib olinadigan qalinligi 
m
va qazish chuqurligi 
H
siljish jaraeni 
harakteri va qiymatiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Qazib olinadigan qatlam 
qalinligidan yer yuzasida va massivda hosil bo‘ladigan turli zonalarning parametrlari 
nisbatan bog‘liq bo‘ladi. 


280 
Qazib olingan massivdagi siljish va deformatsiyaning hamma ko‘rinishlari u 
yoki bu darajada qazilma boylikni qazib olish qalinligiga proporsional bo‘lib, u 
o‘pirilish zona balandligini baholaydi, yer yuzasida varonka va o‘pirilishlarning 
paydo bo‘lishida, suv o‘tkazadigan darzliklarni balandligini aniqlashda, maksimal 
cho‘kish qiymatini aniqlashda, yer yuzasi deformatsiyasi va gorizontal siljishini 
aniqlashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. 
Kon ishlari chuqurligi siljish jaraenining harakterini o‘zgarishiga olib keladi. 
Chuqurligi katta bo‘lmagan qazish ishlari natijasida yer yuzasining katta qismi 
tartibsiz o‘pirilishlar zonasiga tushib, u siljish jaraenining katta tezligi bilan 
harakterlanadi va darzliklar, terrasalar, nisbatan katta deformatsiyalar hosil qiladi. 
Kon ishlari chuqurligi oshishi yer yuzasi maksimal deformatsiyasini va tezligini 
kamaytiradi, kon lahimlari ta’sir zonasi ko‘payadi, jinslarni jipsligini buzilishini va 
darzliklarni kamaytiradi. 
Tog‘ jinslarining fizik – mexanik hususiyatlari va tarkibi siljish jaraeni 
parametrlari va harakteriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Jinslarning qatlamligi kichik 
yoki bo‘shang bo‘lganda siljish jaraenisilliq o‘tish harakteriga ega; Bunday 
holatlarda og‘ish burchagini 



65
60
ga ko‘payishi chegaraviy burchaklar 
0

, siljish 
burchagi 

va maksimal cho‘kish burchagi 

ning proportsional kamayishiga olib 
keladi; yer yuzasining maksimal cho‘kishi 

cos
ga proportsional kamayadi, bu 
yerda 

- jinslarning yotish burchagi. 
Jinslarning qalinligi oshgani sari o‘z navbatida qatlam yotiqligi bo‘yicha siljish 
burchagi 

ham oshadi. 
Tog‘ massivini qazishda qazish lahimlari soni yer yuzasi siljish jaraeni 
harakteriga va uning qiymatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. 
Qazish tizimi va kon bosimini boshqarish usuli qazib olingan bo‘shliq o‘lchami, 
qazish ishlarining rivojlanish tezliklari ham shuningdek yer yuzasi deformatsiyasi 
va siljish qiymatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ularni albatta hisobga olish kerak. 
Yer yuzasi deformatsiyasini kamaytirishga olib keluvchi nisbatan maqsadga 
muvofiq kon ishlari tizimi bo‘lib qazilma boylikni to‘liq ustunsiz qazish tizimi 
hisoblanib u siljish jaraenini to‘liq rivojlanishiga to‘sqinlik qilib yer yuzasi 


281 
deformatsiyasini bir necha bor kamaytiradi. Lekin bu tizimning o‘ziga yarasha 
kamchiligi bor ya’ni bu tizimda ustunlarda katta miqdorda qazilma boylik qolib 
ketadi. Ya’ni qazilma boylikni yer qarida yo‘qotishini ko‘paytiradi (50-60% gacha). 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish