1-Laboratoriya ishi
2R135F2 rusumidagi vertikal parmalash dastgohining struktura-texnologik
modell(STM)i.
Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari
2R135F2 rusumidagi dastgohi uncha katta bo`lmagan partiyadagi detal ichki
yuzalariga ishlov berishga mo`ljallangan.
Ishlov beriluvchi detal o`zaro bir biriga perependikulyar harakatlanuvchi stolga
(1rasm) kerakli holatda, ishlov beriladigan yuza tekisligi va aylanuvchi shpindel
o`qlariga mos holatda mahkamlanadi. Ichki yuzaga ishlov berish 6 pozitsiyali
revolver kallakli shpindelda joylashgan kesgichlar orqali amalga oshiriladi.
1-rasm.
2R135F2
rusumidagi vertikal
parmalash RDB dastgohini
umumiy ko`rinishi:
1.
Stanina;
2.Asosiy
harakat elektrodvigateli; 3.
Revolver kallagini burilish
uzatmasi;
4.
Parmalash
kallagi;
5.
Parmalash
kallagining uzatish privodi; 6.
Shpindel; 7. Revolver kallagi;
8.
Boshqarish
pulti;
9.Ko`ndalang harakatlanuvchi
stol; 10. Bo`ylama harakat.
Parmalash, zenkerlash va ochib kengaytirish dastgohda "tez olib borish-ishchi
uzatish-tez qaytarish" sikl bo`yicha amalga oshiriladi. Zenkerlash uzatilmasdan
ishchi xodi ohirida uzluksiz hosil qilinishi mumkin. Stol,
slazka
lar va revolver
kallagi supporti elektromexanik yopiq uzatmalarga ega. Harakat vintli uzatma privodi
o`lchovchi
o`zgartirgichlar-selsinlar,
joylashishni
nazorat
qiluvchilar
bilan
bog`langan. Dastgoh "S-70-3 Koordinata" RDB tizimiga asoslangan. Boshqaruv
dasturi ISO - 7 bit kodi asosida 8 qatorli perfolentaga yoziladi.
Dastgohning asosiy harakat privodi
Dastgohning pog`onali tezliklar qutisi elektromagnit mufta yordamida avtomatik
o`tadigan shpindelning 12 chastotali aylanishini taminlaydi.
Kesishuvchi stol uzatma privodi
Kesishuvchi stolning ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlardagi harakati har biri
stolning 2 xil harakat tezligini (tez va sekin) ta`minlovchi alohida privodlar orqali
274
amalga oshiriladi. Harakat tezligini Katta tezlikdan kichik tezlikka elektromagnit
muftalar orqali o`tkaziladi.
Kesishuvchi stol asos, slazka va stoldan tashkil topgan. Slazka ko`ndalang
yo`nalishda, stol esa bo`ylama yo`nalishda harakatlanadi. Qaytish aloqa zanjiridagi
harakatni nazorat qilish uchun datchiklar va aylanali, kontaktli, kodli, tishli
uzatmaning qadamli vintlari bilan bog`langan o`zgartirgich qo`llaniladi.
Dastgohning texnik tafsiloti
1. Ishlov berilayotgan teshikning eng katta
diametri, mm
35
2. Revolver kallagining shpindellar soni
6
3. Shpindel aylanish chastotasi soni
12
4. Shpindel aylanish chastotasi chegarasi,
ayl/min
31,5 - 1400
5. Revolver kallagi supporti uzatishlar soni
18
6. Support uzatishlar chegarasi, mm/min
10 – 500
7. Supportning tez siljish tezligi, mm/min
3360
8. Stolning siljish tezligi, mm/min
Tez
Sekin
и
3210
2,1
9. Stolning eng katta siljishi, mm
Ko`ndalang
Bo`ylama
560
360
10. Siljish diskretligi (qadami), mm
0,01
11. Koordinatalar soni
4
12. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni
2
13. Asosiy harakatlanuvchi elektrodvigateli
quvvati, kVt
4
14. RDB qurilmasi turi
Koordinata S-
70-3
Ishni bajarish tartibi
1.
Dastgoh vazifasini o`rganib chiqish
2.
Dastgohning ishlash prinsipini o`rganish
3.
Dastgohning koordinata tizimini aniqlash
4.
Dastgohning koordinata-texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish
5.
Dastgohning struktura texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish
6.
Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinata-texnologik sxemasini (KKTS)
ishlab chiqish
7.
Dastgohning quvvati formulasini (DQF) yozish
8.
Bajarilgan ish bo`yicha hisobot topshirish
275
Nazorat savollari
1.
Dastgohning vazifasi
2.
Dastgohning ishchi organlari siljishini o`lchash qanday amalga oshiriladi?
3.
Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash qanday amalga
oshiriladi?
4.
Dastgohning koordinata texnologik sxemasi nima?
5.
Dastgohning struktura texnologik formulasiga nima kiradi?
6.
KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi?
7.
Dastgohning quvvati formulasi qanday ma`lumotlardan tashkil topgan?
8.
RDB dastgohi qurilmasining texnik tafsiloti?
Do'stlaringiz bilan baham: |