suvlarga aytiladi. U la r b ir necha 100 k ilom etr chuqurlikda
joylashganligi sababli ifloslanishdan anchagina xoli b o ‘ladi.
Artezian qatlam lararo suv havzalari asosan k atta m aydonlarni
egallagan b o ‘ladi. U lar qatlam lar b o ‘ylab yog‘in-sochinlarning
to'planishidan yoki ochiq suv havzalari suvlaridan oziqlanadi.
Y er o sti s u v la rin in g k im y o v iy ta rk ib i k o ‘p
j ih a td a n suv
o'tkazadigan jinslarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq
b o ‘la d i. M a s a la n , jin s la r n in g s u v d a e ru v c h a n lig i, ion
alm ashinishi, c h o ‘km a paydo qilishi,
shimilishi, shuningdek,
filtrlovchi jinslardan m oddalar va gazlaming ajralishi va yutilishi
suv tarkibining shakllanishida k atta aham iyat kasb etadi. Hozirgi
kunda zamonaviy fizik va kimyoviy usullar yordam ida yer osti
suvlari tarkibida 70 ga yaqin kimyoviy elem entlar mavjudligi
aniqlangan.
Bular ftor, mis, rux, temir, fosfor, kalsiy, magniy,
x ro m , q o ‘r g ‘o s h in va b o s h q a e le m e n tla rd ir. A lb a tta ,
elementlarning suvdagi m iqdori bir-biridan keskin farq qiladi.
B a’zi bir element m iqdori bir necha o ‘n m illiondan bir qismni
tashkil etadi. Bu alb a tta suv yo'lidagi jinslarning kimyoviy,
fizikaviy xususiyatlariga b o g iiq d ir.
Insonlar ichimlik suvidan
foydalanganlarida suvdagi ftor, tem ir va suvning qattiqligini
belgilovchi kalsiy va magniy tuzlari miqdorini bilishlari gigiyenik
jihatdan katta aham iyatga egadir. Odatda, suv tarkibida sulfat,
karbon,
bikarbonat, magniy, kalsiy tuzlari ko‘proq bor, selen,
berilliy, stronsiy esa kam roq uchraydi.
S u g ‘orish
tabiatni o'zgartirishning asosiy va eng qudratli omili
va yerlarni sh o ‘rlanishi sababchisidir. Sug'orib dehqonchilik
qilinadigan y erlarda tu p ro q stru k tu ra si ta b iiy h o latd ag ig a
nisbatan keskin o'zgardi. Bu esa butun hudud tuproqlarining
ishdan chiqishiga olib keladi. Ana shunga yo‘l q o ‘ymaslik uchun
olim lar sug'oriladigan m aydonlarning suv-tuz rejimini su n ’iy
ra v is h d a ta r tib g a so lish v a z ifa la rin i hal q ilm o q d a la r.
M am lakatim izda yerlardan unumli
foydalanish uchun yer osti
suvlari rejimi qonuniyatlariga amal qilib, b a ’zi bir jarayonlarni
kuchaytirish va boshqalarini susaytirishga imkon qidirilm oqda.
T uproqning suv-tuz rejimini tartibga solish uchun tuproq osti
suvlari rejimini o ‘z vaqtida va ilmiy asosda oldindan aytib berish
katta ahamiyatga ega:
Shunday qilib, 0 ‘zbekiston misolida shuni aytish kerakki, yer
osti suvlaridan sug'orish uchun sam arali
foydalanishda ilmiy
asoslangan tavsiyanom alarga, yer usti va yer osti suvlaridan
kom pleks foydalanish sxeiiiasiga am al qilish lozim. Yer osti
suvlaridan su g 'o rish d a foydalanish
uchun yer osti suvlari
zaxiralari о ‘m ini to'ldiradigan m anbalam i aniqlash ham da yer
osti suv resurslarjdan foydalanishni tartibga solish muammolarini
diq q at bilan o 'rg anish va hal qilish darkor. Bunda birinchi
navbatda suv ta ’minoti, suvning sifati, tuproq va uning namligini
saqlash to ‘g‘risida qayg'urish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: