bosqich I
deb
belgilanadi. Mazkur bosqichda betonning cho’zilish zonasi ham darzdan holi
bo’ladi, zo’riqishlar butun kesim bo’yicha qabul qilinadi. Kuchlanishlarni
aniqlashda elastik qarshiliklar formulasidan foydalanish mumkin. Bosqichning
oxirida to’sinning cho’zilgan tola qatlamida kuchlanish betonning cho’zilishidagi
mustahkamlik chegarasi R
bt
ga tenglashadi. Тemirbeton elementlarining yorilishga
bardoshliligi shu bosqich bo’yicha hisoblanadi.
II bosqichda
betonning cho’zilish zonasida yoriqlar paydo bo’ladi. Yorilgan
kesimda betondagi kuchlanish nolga teng deb olinadi. Yoriq bilan neytral o’q
orasidagi kichkina cho’zilish zonasi hisobga olinmaydi. Siqilish zonasida
betondagi kuchlanish siqilishdagi mustahkamlik chegarasidan kam bo’lib,
cho’ziluvchi armaturadagi kuchlanish avval
s
ga, bosqich oxirida esa R
s
ga
tenglashadi. Bu bosqich konstruksiyalarni chegaraviy holatlarini ikkinchi guruhi
bo’yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi.
III bosqich
elementning sinishi (buzilishi) oldidagi bosqichdir. Bunda
betonning siqilish zonasidagi kuchlanishlar epyurasi plastik deformatsiyalar
evaziga egrilashadi. Betonning siqilish zonasidagi kuchlanish R
s
yoki
s
ga
54
tenglashadi, cho’zilish zonasidagi yoriqlar kattalashadi, to’sin bikirligi kamayadi,
solqillik tez o’sib borib, to’sin sinadi.
1
III bosqichda to’sinning sinishi cho’ziluvchi armaturaning soni va mexanik
xossalariga bog’liq. Agar to’sin o’z me’yorida armaturalangan bo’lsa, sinish
cho’zilgan armatura tomonidan boshlanadi. Bunday yemirilish
birinchi sxema
bo’yicha yemirilish deyiladi. Armaturadagi kuchlanish oqish chegarasiga yetganda,
armaturaning plastik deformatsiyasi va to’sinning solqiligi tez o’sib boradi, buning
oqibatida betoning siqilish zonasida kuchlanish mustahkamlik chegarasiga yetadi
va beton yemiriladi. Shunday qilib, temirbeton elementi sinishdan ilgari, unda
«plastik sharnir» hosil bo’ladi, bu kesimda beton va armaturadagi kuchlanish
chegaraviy qiymatga erishadi. Bunga asoslanib (A.F.Loleyt taklifiga ko’ra), yuk
ko’tarish qobiliyati bo’yicha hisoblash formulalarini, statikaning muvozanat
shartlaridan foydalanib chiqarsa bo’ladi.
Egiluvchi elementlarda cho’ziluvchi armaturaning miqdori me’yoridan ko’p
bo’lsa, yemirilish betonning siqilish zonasida boshlanadi, bunda cho’ziluvchi
armaturadagi kuchlanish chegaraviy qiymatga yetib bormasligi mumkin. Bunday
yemirilish
ikkinchi sxema
bo’yicha yemirilish deyiladi (9.1– rasm). Buzuvchi
kuchlanishlar hamda chegaraviy holatlar usulining zamirida III bosqich yotadi.
Ushbu bosqich konstruksiya elementlarni chegaraviy holatlarining I guruhi
bo’yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi.
1
Hassoun M. Nadim. Scructural concrete: theory and design/ M. Nadim Hassoun, South Dakota State University,
Athem al-Manasser, San-Jose State University. – Sixth Edition, 2012. (555-560 betlar)
55
Do'stlaringiz bilan baham: |