63
Quyidagi jadvalda «Web dasturlash va dizayn» fanining semestrlar bo’yicha
mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlar taqsimoti ko’rsatilgan.
№ Mashg’ulot turi Ajratilgan
soat
Semestr
I
II
III
IV
V
VI
1 Ma’ruza
60
12
12
12
8
8
8
2 Amaliy mashg’ulot
86
20
20
20
10
8
8
3 Laboratoriya
mashg’uloti
186
40
40
40
22
20
22
4 Mustaqil ish
120
26
26
26
14
14
14
5 Kurs ishi
Ki
-
-
-
-
-
Ki
Jami auditoriya
soatlari
332
72
72
72
40
36
38
Umumiy o’quv soati
452
98
98
98
54
50
52
Jadvaldan ko’rib turganimizdek, shuningdek, ishchi o’quv rejadagi umumkasbiy
fanlar bloki tarkibiga kiruvchi fanlar ichida «Web dasturlash va dizayn» fani umumiy
yuklama hajmi eng ko’p ekanligiga tayanib ayta olamizki, bugungi kunga kelib, web
dasturlash sirlari, asoslari va tamoyillarini o’rganish butun dunyoda, jumladan
mamlakatimizda ham zamonaviy tendensiya, kun mavzusiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa,
yoshlar orasida bunga talab kattaligini inobatga olgan holda ushbu sohadagi bilimlarni
rivojlantirishga yordam beradigan ko'plab yaxshi mobil ilovalar paydo bo'lmoqda. Mobil
texnologiyalar dunyosiga kirib kelgan mobil ilovalar nafaqat qiziqarli, balki foydali
bo'lishi ham mumkin.
Quyida web dasturlash va dizayn asoslarini o'rganishda qulay ko’makchi bo’lgan eng
yaxshi mobil ilovalar ko’rsatib o’tilgan.
«SoloLearn» - mobil ilovasi
dasturlash olamiga endi kirib kelayotgan insonlar
va professionallar uchun bepul dasturiy o'quv materiallari to'plamidir.
64
Loyihaning konseptsiyasi kontentni faol ravishda to'ldirish bo'lib, ular «Har kuni
yangiliklar» qoidasiga amal qiladi. Shuning uchun turli yangiliklar va qiziqarli
topshiriqlar joylashtirib boriladi(25-rasm). Web dasturlash tillari, jumladan, HTML5,
CSS3, JavaScript, JQuery, Phython, Java, Kotlin, C++, C, C#, PHP,
SQL, Swift, Git va boshqa ko’plab tillarni o’zida jamlagan(23-rasm). Imkoniyat
darajangizni hisobga olgan holda, sizning xohish istaklaringiz va eng so'nggi
tendentsiyalarga asoslangan kontentni taqdim etadi. Uzluksiz yordam va qo’llab
quvvatlash uchun bepul jamoatchilik forumi, real vaqtda xabar berish, bularning barchasi
ta'lim dasturlarini iloji boricha sodda va yoqimli qilish uchun mo’ljalangan.
Bepul bilim almashinish imkoniyati orqali mutaxassisligingiz bo’yicha darslar
yarating va ekspertlar jamoasi a’zosiga aylaning. Profilingizni(22-rasm)
takomillashtiring va kelajagingizni qadam va qadam sarmoyalab boring. Mobil ilovaning
ushbu funksiyasi undan foydalanuvchi pedagoglar va bo’lg’usi
o’qituvchi
sanaluvchi
talabalar
uchun ham juda yaxshi imkoniyat
hisoblanadi.
Mobil ilova bepul mobil kod
tahrirlagichini ham taqdim etadi.
Hech qanday qo'shimcha qurilmalar
va sozlamalarsiz
haqiqiy kodni
bevosita mobil qurilmangizga yozing, boshqaring va nashr qiling, unda bu juda oson.(24-
rasm) Mobil ilovani Google Play va App Store mobil ilova magazinlari orqali o’rnatib
olish mumkin.
……………………………………………………………………