Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)


Reproduktiv salomatlikni tashkil etuvchi omillar deganda quyidagilar



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

Reproduktiv salomatlikni tashkil etuvchi omillar deganda quyidagilar 
nazarga tutiladi:
1.
Kontratsepsiya xizmati bu istalmagan homiladorlikning oldini olish 
bo‘lib, hozirgi kunda kontratseptiv vositalarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, 
ulardan mamlakatimizning har bir nuqtasida ayollarimiz salomatligi uchun ular bepul 
foydalanish imkoniyatiga ega. Ulardan bachadon ichi vositalari (BIV), og‘iz orqali 
qabul qilinadigan gormonal tabletkalar (OK), in’eksion vositalar (IK), to‘siq usullari 
(prezervativ), 
qolaversa, 
ixtiyoriy 
jarrohlik 
sterilizatsiyasi 
(IJK) 
zamonaviy laporoskopik usulda amalga oshiriladi. 
2.
Ayolni homiladorlik davrida erta hisobga olish, homiladorlikni kuzatish, 
tug‘ruqqa tayyorlash, tug‘ruqdan keyingi chilla davrini olib borishni o‘z ichiga oladi. 
Homilador ayolni homiladorlikning 14-20 haftaligida perinatal skrining tekshiruvidan, 
chaqaloq tug‘ilgandan keyin 5 kun ichida neonatal tekshiruvidan o‘tkazilishi 
bolalikdan nogironlikni oldini olish uchun zamin yaratadi. 
3.
Ayollarni jinsiy yo‘l orqali yuquvchi kasalliklar OIV, OITS va TORCH 
infeksiyalarga tekshirish va davolash. Bu bilan homila tushishi, o‘lik tug‘ish, 
homilaning nuqsonli rivojlanishi, homilaning o‘smay qolishi hamda bepushtlik oldi 
olinadi. 
4.
Xalqning tibbiy madaniyatini oshirish ayniqsa, mahallalar, kollej, maktab, 
oliygohlar bilan ishlash, ular orasida tibbiy ko‘riklarning ahamiyati va buning uchun 
har bir insonning o‘zi mas’ul ekanligini tushuntirish. 
Ma’lumki, so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimining eng ustivor 
yo‘nalishlaridan biri hisoblangan aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash va 
sog‘lom oilani shakllantirish borasida dastlab muxtaram Birinchi Prezidentimiz 
tomonlaridan qator qarorlar chiqarilgan. 
Ayniqsa, 2009-yilda Birinchi Prezidentimizning «Ona va bola salomatligini 
muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
tug‘risida»gi hamda «2009-2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini 
mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni 
voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish 


206 
chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida» gi qarorlari qabul qilinib, joylarda aniq manzilli va 
malakali tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Har bir insonga o‘z sog‘ligi uchun o‘zi mas’ul ekanligini tushuntirish va bu 
borada yetarli bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish bugun nafaqat sog‘liqni 
saqlash tizimining, balki butun jamiyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. 
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
40-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» 
ekanligi aniq ko‘rsatildi va tibbiyotning kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlari belgilab 
berildi. 1992-yil 3-iyulda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati 
to‘g‘risida» gi qonuni, 1996-yil 29- avgustda «Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida» 
gi qonuni, 1998-yilda «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh 
qilishning davlat dasturi to‘g‘risida» gi Prezident Farmoni va qator boshqa hukumat 
qarorlarining ham asosida odamlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish 
masalalariga katta e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ushbu qonun va farmonlarning ijrosi 
sifatida 2001-yilda Respublika salomatlik markazi negizida Salomatlik institutining 
tashkil etilishi, 2005-yilda Sog‘likni Saqlash Vazirligi Axborot-taxlil markazining 
Ushbu institut tarkibiga kiritilishi masalaga yanada chuqurroq, aholi kasalligidagi 
ko‘rsatkichlarini e’tiborga olgan holda yondashish imkonini yaratadi. 
Yuqorida qayd etilgan onalik va bolalikni himoya qilish sog‘lom avlodni kamol 
toptirish sohasida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha qarorlar va dasturlar 
asosida aholi orasida reproduktiv salomatlikni va sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirish va ommalashtirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, 
mutaxassis tibbiy hodimlar oldida turgan vazifalaridan biridir. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish