Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)


-o‘quv savoli. Terrorizm so‘zining tub mohiyati



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

2-o‘quv savoli. Terrorizm so‘zining tub mohiyati 
Terror 
- lotinchadan olingan bo‘lib – qurquv ma’nosini bildiradi. 
Terrorizm – avvalombor, siyosiy –huquqiy, tarixiy, ijtimoiy – psixologik, dinlararo va boshqa 
muammolarga borib taqaluvchi juda murakkab, turli ko‘rinishli, o‘zgaruvchan va kundan-kunga avj 
olib borayotgan mudhish hodisa bo‘lib, uning bartaraf qilinishi bu muammolarning yechimi bilan 
ham bog‘liq. Zero hozirgi kunga qadar terrorizm tarixi haqida yaqdil xulosaga kelinganicha yo‘q.
Shu o‘rinda terrorizm hakida berilayotgan ta’riflar hususida qisman to‘xtalib o‘tishimiz joiz.
Terrorizm to‘g‘risida ilmiy ommabop adabiyotlarda olimlarimiz tomonidan quyidagicha ta’rif 
berilmoqda.
Jumladan, «
Terrorizm – muayyan siyosiy maqsadda davlat yoki jamoat arboblari hayotiga 
qasd qilish yoki hozirgi xalqaro munosabatlarda biror mamlakat siyosatiga ta’sir ko‘rsatish 
maqsadida davlat rahbarlari, hukumat boshliqlari diplomatik vakolatxona a’zolariga, kqp 


829 
hollarda begunoh aholiga qarshi uyushtiriladigan qotillik va zo‘ravonlikdir» 
deb, yozadilar. 
«Terrorizm-taraqqiyot kushandasi» nomli Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari
o‘qituvchilari va talabalari uchun uslubiy –ma’rifiy qo‘llanmada Sh.Qudratxo‘jaev va 
A.Qirg‘izboevlar.
 
Shuningdek, U.Ubaydullaev «Xalkaro terrorizm: tarixi va zamonaviy muammolari» nomli 
kitobida quyidagicha ta’rif beradi. 
«Terrorizm bu-ma’lum siyosiy maqsadlarga erishishga 
yqnaltirilgan, tinchlikka, fuqarolar xavfsizligiga va hayotiga zo‘ravonlik ishlatish yoki uni 
qo‘llash xavf-xatarini tug‘dirishdir».
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yilning 15 dekabrida qabul qilingan «Terrorizmga qarshi 
kurashish to‘g‘risida»gi Qonunida terrorizmga qarshi xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, 
davlatning suverenitetini, hududiy yahlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli 
mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida 
davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni 
biron bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun 
zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yohud ularni 
amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorchilik tashkilotlarining mavjud bo‘lishini, ishlab 
turishini, moliyalashtirishni ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, 
terrorchilik tashkilotlariga yoki terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda 
ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalar va resurslar 
berish yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat» tarzida beriladi.
Terrorizmga berilgan ta’riflardan xulosa kilib aytish mumkinki:
1.
 
Har qanday terroristik harakat yoki harakatsizlik zaminida muayyan maqsad mavjud. 
2.
 
Har qanday terroristik harakat yoki harakatsizlikning bosh maqsadi siyosiy maqsaddan iborat. 
3.
 
Har qanday terroristik harakat yoki harakatsizlik o‘z maqsadini amalga oshirish uchun
muayyan ruhiy va moddiy manbaga suyanadi. 
4. Har qanday terroristik harakat yoki harakatsizlik tashkilot yohud shaxslarning manfaatlarini 
amalga oshirishning qonli yo‘li hisoblanadi
.
O‘z o‘rnida terrorizm tarixiga, uning o‘tmishiga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak yuqorida 
bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda bunday harakat tarixini muayyan bir pallaga yoki vaqtga 
olib borib, tarixiy voqealarga, ya’ni muayyan davrga taqash mumkin emas. Bu hakida A.Qirg‘izboev 
shunday yozadi. «Qadimiy va o‘rta asrlarda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilg‘or fikrlarga 
qarshi terror harakatlari amalga oshirilganligi, Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avestoning yuq 
qilinishi, olimlarning osilishi, iezutlar, «Iso itlari», Jordano Bruno va hokazolar misoli fikrimizning 
isbotidir». Holbuki, «Terrorizm-taraqqiyot kushandasi» nomli Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari uchun uslubiy – ma’rifiy qo‘llanmada
Sh.Qudratxo‘jaev va A.Qirg‘izboevlar shunday fikr bildiradilar. «Bizning tushunchamizdagi 
terrorizm Yevropada XVIII asrda siyosiy sanaga chiqqan bo‘lsa, islom dunyosida dastlab VII 
asrning ikkinchi yarmida, diniy-mafkuraviy jihatdan 3 ta asosiy yo‘nalish – xorijiylik, sunniylik 
paydo bo‘lishidan boshlandi, desak xato bo‘lmaydi. Chunki, Islom dunyosida bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lgan oqimlarning paydo bo‘lishi, keyinchalik turli hil g‘oya va mafkuralarning vujudga 
kelishiga olib keldi. Shu jumladan, terrorizm ildizlari ham qadim davrga borib taqaladi». 
Olimlarning keltirgan bu fikrlaridan terrorizm tarixi biz o‘ylagandan ko‘ra ancha uzoq. Lekin shuni 
alohida ta’kidlash joizki yuqorida keltirilgan mualliflar o‘z asarlarida Yevropadagi terroristik 
harakatlarni anchagina keyinroq davrga oid, deb ataydilar. Jumladan, Z.Munavvarov, 
Sh.Yovqochev, I.Jabborovlar «Terrorizm: iddao va hakikat» nomli Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari uchun uslubiy–ma’rifiy qo‘llanmada «Tarix haqiqati 
shundayki, bizning tushunchamizdagi terrorizm Yevropada XVIII asrdayoq siyosiy sahnaga yo‘l 
topgan edi. Bugungacha u bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi» deb ko‘rsatadilar va davom etib 
«Ularning mazmun mohiyatini zo‘ravonlikni kasb-qilib olgan alohida shaxslar yoki guruhlar 
tomonidan ayrim davlat arboblariga qarshi uyushtirilgan suiqasdlardan boshlanib, o‘z siyosiy 
maqsadlariga erishish uchun ommaviy qirg‘inbarotlarga ko‘tarilishgacha bo‘lgan evolyusiyada 
ko‘rish mumkin» deydilar.


830 
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki bizning fikrimizcha terrorizm haqida berilgan ta’rif yuqorida 
keltirilgan olimlar tomonidan to‘g‘ri berilgan desak, u holda Yevropadagi terrorizmning siyosiy 
sahnaga chiqishi haqidagi dalil biroz ixtiloflarni keltirib chiqaradi. Chunki tarixiy vokealar va 
ularning yuz berish holatlari Yevropada ham terrorizm tarixi qadimiyroq degan xulosaga olib 
keladi. 
Bu borada U.Ubaydullaev «Xalqaro terrorizm: tarixi va zamonaviy muammolari» nomli kitobida 
tarixiy dalillarni chuqur tahlil etgani holda «Qadimgi manbalarda suiqasdlar, dohiylar va 
hukmdorlarning o‘ldirilishi, o‘lim xavfi ostida biron-bir harakatni sodir etish yoki toj-taxtdan voz 
kechishga majburlashlar batafsil yoritilgan. Ularning ko‘pchiligini hozirgi davr tushunchasidan 
kelib chiqib terrorizm sifatida tasniflash mumkin. Misol tariqasida arab bosqinchilariga qarshi 
kurashchilarning yo‘lboshlovchisi, xorazmlik shahzoda Xurzodning, Movarounnaxr sultoni Mirzo 
Ulug‘bekning o‘ldrilishini keltirish mumkin» deydi va keyingi davrlarda yuz bergan terrorizmni 
quyidagi bosqichlarga bo‘ladi: «Rossiyadagi inqilobiy holat; Italiya va Germaniyada fashizm 
tuzumining o‘rnatilishi; 30-50 yillarda SSSRdagi ommaviy qatag‘onlar; «sovuq urush» holati va 
Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyoda mustamlakachilik tuzumining yemirilishi. Yakunlovchi bosqich 
XX - asrning 60-yillariga va so‘nggi o‘n yilligiga to‘g‘ri keladi. Aynan shu davrda «so‘l» va «o‘ng» 
terrorizm», diniy ekstremizm, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, shuningdek elatlar va 
millatlararo ziddiyatlar keng kuloch yoydi».
Terrorizmning kelib chiqishidagi muhim hususiyat uning qadimiyligidir. Biroq, uning o‘ziga 
hos muhim hususiyati kuch ishlatish, qo‘rqitish, vahimaga solish, zo‘ravonlik qilish, o‘ldirish, 
yovuzlik qilish yo‘llari, usullari bilan o‘z maqsadlarini amalga oshiradi. Bu yo‘l terroristik 
harakatning o‘ziga hos uslubidir. Umumiyrok qilib aytiladigan bo‘lsa terrorizm yovuz g‘oyalarning 
amalga oshirish usuli.
Bugungi kunda terrorizmning qator muhim hususiyatlari mavjudki uning bevosita bu 
hususiyatlarga ega bo‘lishida insoniyatning o‘zi yaratgan texnika va texnologiyalarining ahamiyati 
katta. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamentining 1999 yildagi global terrorizm 
to‘g‘risidagi ma’ruzasida bu hususiyatlar: 
-
yaxshi tashkil qilingan, mahalliy(lokal) homiy davlatlar tomonidan ishlab—quvvatlanib 
turuvchi terroristik guruhdan erkin tuzilgan xalqaro jinoiy uyushmaga aylanganligi; 
-
siyosiy terrordan diniy yoki g‘oyaviy asoslari ustun bo‘lgan terrorizmga o‘tishi; 
-
terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, hususan Afg‘onistonga ko‘chishi, 
terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz harakat qilishi mumkin bo‘lgan mintaqalardan joy 
qidirishi; 
-
moliyalashtirishning hususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy 
savdo-sotiq kabi manbalaridan foydalanishi kabi hususiyatlar kasb etishi ko‘rsatib o‘tiladi 
(U.Ubaydullaev, 16 bet) 
Terroristik harakatlarning yana qator hususiyatlari mavjudki buni e’tiborga olmasdan 
mumkin emas:
-
terroristik harakat avvalombor qonun ustun bqlmagan, o‘zaro birikmagan, rivojlanish jihatdan 
ancha orqada qolgan hududlarda shakllanadi; 
-
o‘zi shakllangan hududni tasarrufiga olishga intiladi; 
-
o‘ziga rivojlangan mamlakatlardan homiy izlashga harakat hiladi va u har qanday homiy 
yordamini rad etmaydi;
-
terroristik harakat yovuz g‘oyalarning amalga oshirish usuli bo‘lganligi sababli har qanday 
reklamadan, matbuot materiallaridan unumli foydalanishga urinadi; 
-
ular terroristik harakatni bevosita sodir etayotgan, o‘zlarini portlatib yuborayotgan terrorchilar 
guruhini tayyorlaydilar va bu harakatni bilvosita amalga oshiradilar; 
-
ular hozirgi zamon texnika va texnologiyalaridan keng foydalangan holda muayyan davlat 
hududlaridan chiqib, o‘zga hududdan o‘zlariga sherik izlaydilar va bu esa terrorizmni global 
muammolardan biriga aylantirmoqda;
-
ular o‘zlari panox topgan mamlakat boshqaruvini qo‘lga olish yoki nazoratiga ushlab turish 
uchun atrof jamoatchiligini qo‘rqitish, vahimaga solish, bo‘ysundirish maqsadida ko‘proq kuchli, 


831 
rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o‘zlarining 
kuchlarini namoyish etishga harakat qiladilar. 
Bugungi kunda eng katta xavflardan biri terroristik harakatlar sodir etayotgan tashkilotlarning 
bevosita ruxiy-g‘oyaviy rahbarlari o‘zlarining yordamchilarini tinch va rivojlanayotgan davlatlarga 
ta’sir o‘tkazish maqsadida davlat boshqaruv tizimiga suqilib kirishlari mumkinligidadir. 
Ayniqsa bunday holat korrupsiyalashgan davlatlarda keng tarqalishi mumkinligi e’tiborga 
olinmoqda. Bu jarayon bir necha yilga mo‘ljallangan va u katta samara berishi mumkin. Ayniqsa, 
yirik amaldorlar lavozimi egallanganda. Bunday misollarni tarixdan ko‘plab keltirish mumkin. 
Masalan, qadimgi Misrda Sayis hukmronligini o‘rnatilishini ko‘rish mumkin. Yoki qadimgi Xitoy 
faylasufi va lashkarboshisi Sun szы (eramizdan avvalgi VI-asr) 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish