Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

REFERENCES
1. Austin S.. (1970). Speaking & Listening:A Contemporary Approach. Harcourt, 
Brace & World, Inc. USA 
2. Carroll E. R. (1969). The Learning of Language. National Council of Teachers of 
English Publication. New York.
3. Fox J. W. (1974). Teaching Listening Skills. English Teaching Forum. October -- 
December, 12, pp. 42-45
4. Yagang, F. (1993). Listening: Problems and Solutions,, English Teaching Forum, 
January 31, pp. 16-19.


294 
ФИО автора: 
Mo’ydinova Zebiniso Latipovna 
Andijon shahar pedagogika kolleji 
ingliz tili fani o’qituvchisi

Название публикации:
«MAKTABGACHA TA'LIMDA HORIJIY TILLARNI 
O'RGANISHNING AFZALLIKLARI» 
Anotatsiya:
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim 
jarayonida xorijiy tillarni o’qitishning zamonaviy metodikalari, afzalliklari va ularga 
berilgan katta ahamiyat, hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan zamonaviy 
o’qitish usullari to’g’risida yozilgan. 
Kalit so’zlar: 
xorijiy tillar, maktabgacha ta’lim, o’rganish, shakllantirish, 
ta’lim, sifat, siyosat, o’zlashtirish. 
 
Ta'lim sifatini boshqarish va nazorat qilish, uzluksiz ta'lim tizimini to'la 
boshqarish tizimlarini shakllantirish hamda tadbiq qilish - davlat ta'limi siyosati, 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor yo'nalishlaridan bin sifatida e'tirof 
etilmoqda. 
Ta'lim sifati ustuvorligi ta'lim siyosatining yadrosi sifatida maktabgacha ta'lim 
muassasasidan boshlab, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida boshqaruvning samarali 
mexanizmlarini yaratish muammosini nihoyatda dolzarb qilib qo'yadi. Maktabgacha 
yoshdagi bolaning har tomonlama rivojlanishi, unda "komil inson" asoslarini 
shakllanishi va yuzaga kelish davri - noyob davr deb belgilanganligi tufayli 
maktabgacha ta'lim, ayniqsa muhim rol o'ynaydi. 
Har bir til o‘ziga xos jihati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Xuddi bizning tilda 
bo‘lgani kabi boshqa tillar ham o‘zida xalqning o‘tmishini aks ettiradi. Til 
o‘rganishning afzalliklarini uni mukammal o‘zlashtirmaguncha bilib bo’lmaydi. 
Xorijiy tilni o‘rganish asnosida o‘sha xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi 
bilan yaqindan tanishiladi. Bu til o‘rganishni boshlagan ilk kunlaringizdanoq 
sezilmaydi, ammo uni yaxshi va mukammal egallaganingiz sari hayot yanada yorqin 


295 
va rang-barang ekanligiga amin bo‘lasiz. Zamonaviy psixologiya chet tilini o‘rganish 
inson xarakterini ham qisman o‘zgartiradi, degan fikrni ilgari surmoqda. 
Maktabgacha ta'limda horijiy tillarni o'rganishning afzalliklariga kelsak: 
1. Internet qamrovi kelajakda bola uchun yanada kengayadi. Ko‘pchilik bitta 
xorijiy tilni bilgani sababli kerakli ma’lumotlarni internetdan asosan shu tilda izlaydi. 
Ammo ingliz va yana bir nechta tilni bilganlar undan yuz chandon ortiq bilimga ega 
bo‘lishi turgan gap, boisi ular uchun ilk manbalar soni bir necha o‘n barobarga 
ko‘payadi. 
2. Chet tilini bilish xorijiy multfilmlarni asliyatda ko‘rish imkonini beradi. U 
qahramonlar ijro etgan rollarga ovoz beruvchi aktyor emas, yoqtirgan kino 
aktyorlaringizning haqiqiy ovozini tinglab, film tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi. 
Bundan tashqari, dialoglardagi so‘z o‘yinlari va hazillarni o‘zlashtirib borishiga ham 
yordam beradi. 
3. Ajnabiy musiqani shunchaki emas, tushunib tinglashga ko‘nikadi. 
4. Globallashuv jarayoni. Shitob bilan o‘zgarib borayotgan davrda avvalgidek 
masofa katta rol o‘ynamaydi. Yildan-yilga sayohat qiluvchilar soni ortib bormoqda. 
Ularning safiga qo‘shilganingizda, ziyorat qilgan osori-atiqa to‘g‘risida mahalliy gid 
bilan tarjimonsiz suhbatlashishga nima yetsin?! 
5. Chet tilini o‘rganayotganida, ilgari sezmagan yoki parvo qilmagan – atrofidagi 
muhojirlar ko‘pligini payqay boshlaydi. Tanishuv mustahkam do‘stlikka aylansa, 
dunyoning narigi burchagida ham sizni tushunadigan odamning borligi zavq 
bag’ishlaydi. 
6. Til o‘rganish fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi. Qabrgacha ilm izlang, deya 
murojaat qilinadi hadisda. Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, ikkinchi tilni 
o‘rganish miyaning nutqiy ravonlikni ta’minlovchi qismini rivojlantiradi. Til 
o‘rganishga qancha erta kirishsangiz, ravon va chiroyli gapirishingiz ham shuncha 
yaxshilanadi. 
7. Til bilish daromadni ko‘paytiradi. Angliya shimoli-g‘arbida istiqomat 
qiluvchilar ona tilidan tashqari bitta tilni bilishsa, yiliga 3000 funt sterlingdan ortiq 
maosh olarkan. «Sunday List» nashrida dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini chop 


296 
ettirgan Filipp Beresfordning tadqiqotiga ko‘ra, xorijiy til bir yillik faoliyat davomida 
g‘arbliklarga o‘rtacha 145 000 funt daromad keltirmoqda va hokazo. 
Qishloq joylardagi boshlang'ich maktab o'quvchilari odatda ingliz tili muhitidan 
ancha uzoq bo’lgan sharoitda o’sishadi va bolalarning fikrlashi mavhum shaklda 
qolaveradi, bolalarning yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoni doimo hissiyotlarga 
tayangan holda kechadi. Shuning uchun, bog’cha yoshidagi bolalarga ingliz tili 
o'qituvchilari o'qitishda oson metodikalar orqali, o'quvchilar atrofidagi buyumlardan, 
kartochkalardan va boshqa o'quv qo'llanmalaridan to'liq foydalanishadi. “Banana” va 
“apple” kabi so'zlarni o'qitishda o'qituvchilar banan va olma kabi mevalarni ko’rsatib 
birdaniga rangni bildiruvchi yangi so’zlarni ham o’rgatib ketishlari mumkin. Bolalar 
o'quv mashg'ulotlarini tashkil qilish uchun sinfdagi narsalar orqali ularni chet tilida 
qo’llanilishini o’rgatib borishadi. 
Moslashuvchan sinf atmosferasini yaratish, ba'zida har qanday ta'lim usulidan 
ko'ra muhimroqdir. Sinfda dars boshida inglizcha yoqimli qo'shiq bilan o'qituvchi 
boshchiligidagi barcha bolalar birgalikda qo'shiq kuyladilar va uning ohangiga mos 
ravishda biroz raqsga tushadilar. Bu o’z-ozidan ularning tanalarini chiniqtirib, yanada 
tetik bo’lishga va qo’shiqni so’zlarini tezroq yod olishga yordam beradi. Inglizcha 
muhit, muhimi, yaxshi o'quv atmosferasiga tabiiy ravishda kirishga imkon beradi. 
Bolalarning o'zini-o'zi boshqarish qobilyati sust bo’lib, butun mashg'ulot davomida 
e’tiborini jamlashi va egallab olishi qiyin. Shuning uchun, o'qituvchi bolalar tinglashni 
yaxshi ko'radigan qo'shiqlarni, she'rlarni yoki tilni chiniqtirish uchun tez aytishlarni, 
yoki bo’lmasam bolalar yaxshi ko'radigan animatsion multfilmni taqdim etishi kerak. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish