REFERENCES
1.
The Impact Of English Movies On Learning English In Esl/Efl Classrooms,
Parupalli SRINIVAS Rao, 2019
2.
Ismaili, M. (2013). The effectiveness of using movies in the EFL classroom: A
study conducted at South East European University. Academic Journal of
Interdisciplinary Studies, 2(4), 121-132.
http://dx.doi.org/10.5901/ajis.2012.v2n4p1 21
3.
Stephens, C., Ascencio, R., Burgos, A., Diaz, T., Montenegro, J. & Valenzuela, C.
(2012). Film circles: Scaffolding speaking for EFL students. English Teaching
Forum, 2, 14-20
278
4.
https://www.youtube.com/watch?v=Xs2NvtV697U
5.
https://www.britishcouncil.org/voices-magazine/how-can-film-help-you-teach-or
english#:~:text=Film%20can%20bring%20variety%20and,model%20for%20spea
king%20and%20writing
.
279
ФИО автора:
Yuldashev Dilshodbek Kimsanovich
Andijon viloyati Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari
Andijon yuridik tehnikumi direktori
Название публикации:
«O’ZBEKISTONDA INSON QADRI VA HUQUQLARI.
SUD-HUQUQ TIZIMI»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada amaldagi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning
saylovoldi dasturi, “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”, liberallashtirish siyosati,
korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamiyatning barcha kuch va vositalarini
safarbar etish hamda O‘zbekistonda sud-huquq tizimi va uning ahamiyati haqida so’z
boradi.
Kalit so’zlar:
Shavkat Mirziyoyev, saylovoldi dastur, Yangi O‘zbekiston
strategiyasi, korrupsiyaga qarshi kurashish, sud-huquq tizimi.
O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi
dasturida 2027 yilgacha mamlakatda kambag‘allikni kamida 2 baravarga kamaytirish,
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, davlat boshqaruvini takomillashtirishni nazarda tutuvchi besh yillik
“Yangi O‘zbekiston strategiyasi”ni e’lon qildi.
Yuqoridagi strategiya bo’yicha 10 ta yo’nalishda ishlar olib borilmoqa. Ushbu
yo’nalishlardan “Adolat va qonun ustuvorligi”ga e’tiborimizni qaratsak.
Dasturda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib
chiqish tizimini takomillashtirish doirasida ma’muriy sudlarning vakolatlarini
kengaytirish rejalashtirilgan.
Fuqaro va tadbirkorlarning ovora bo‘lishiga chek qo‘yish maqsadida, ish
fuqarolik, iqtisodiy yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lishidan qat’iy nazar, ariza
«yagona darcha» asosida qabul qilinib, vakolatli sud tomonidan hal etilishi uchun zarur
imkoniyatlarni yaratish ko‘zda tutilmoqda.
280
Liberallashtirish siyosatining mantiqiy davomi sifatida o‘z ahamiyatini
yo‘qotgan 10 ga yaqin qilmishlarni jinoyat toifasidan chiqarish va jazoni
yengillashtiradigan holatlar sonini amaldagi 9 tadan 15 tagacha ko‘paytirish
rejalashtirilmoqda. Shuningdek, gumon bilan ushlab turilgan shaxslarni hisobga
olishning yagona elektron reyestri yaratilib, ma’lumotlar reyestrga kiritilmagan
hollarda ushlab turish noqonuniy deb topilishi bo‘yicha tartib joriy etiladi.
Bundan tashqari, «korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamiyatning barcha
kuch va vositalarini» safarbar etiladi. Xususan, davlat xizmatchilarining daromadlari
va mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich
joriy etiladi.
Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan shaxslarning ochiq reyestri
yuritilib, ularning davlat xizmatiga kirishi, mas’ul lavozimlarga nomzodi ko‘rsatilishi
cheklanadi.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, inson huquqlari va erkinliklarini himoya
qilishning samarali mexanizmi – bu Konstitutsiya.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquqiy davlatning muhim prinsipi
– hokimiyatlar bo‘linishi mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Asosiy qonunimizning
11-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi
281
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi
prinsipiga asoslanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasida qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar
muhim maqsadga, ya’ni, hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga
izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar
muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun
chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini
kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha
g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan.
Mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov –
demokratik davlatchilikning muhim belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov
konstitutsiyaviy nazoratning oliy shakli bo‘lib, zamonaviy demokratik
davlatchilikning alohida talabi, zarur instituti hisoblanadi. Konstitutsiyaning
ustunligini ta’minlash hamda qonuniylik muhitini yaratish inson huquqlari va
erkinliklarini kafolatlashning ishonchli garovidir.
O‘zbekistonda sud-huquq tizimi har tomonlama puxta o‘ylangan va xalqaro
standartlarning eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan tizimli institut sifatida
shakllangan. Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashgani, hakamlik sudlari
tarmog‘i shakllangani ishlarni sifatli va samarali ko‘rib chiqishga xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyaviy sud qonun hujjatlarining Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir
ishlarni ko‘rish orqali har bir hokimiyat tarmog‘ining o‘z vakolati doirasida ish
yuritayotgani, ularning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinganiga
baho beradi. Bularning barchasi huquqiy davlatning muhim sharti hisoblangan qonun
ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda hokimiyatning har uchala tarmog‘i o‘ziga xos mukammal
shakllantirilgan. Ular o‘z vazifalarini qonunda belgilangan asosda hamda fuqarolar
282
manfaati yo‘lida o‘zaro hamkorlikda olib borayotgani mamlakatda barqarorlik,
farovonlik qaror topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |