Qisqacha,
motivlar
va
shaxs aloqasi
muammosida to`xtalamiz. Inson motivlari sohasi
tomonidan shaxs ko`lami va uning fe`l-atvori aniqlanadi.
Odatda, motivlaming zinapoyali munosabatlari to`laqonli anglanmaydi. Ular motivlar
kelishmovchiligi yuzaga keladigan vaziyatlarda oydinlashadi. Juda ko`p holatlarda hayot turli
motivlami to`qnashtirib, insondan ulaming birini: moddiy manfaatdorlik yoki ishga bo`lgan
qiziqish, shaxsiy muhofaza yoki g`urur va h.k.lami tanlashga majbur qiladi.
Endi
motivlar rivoji
kabi muhim masalani ko`rib chiqamiz. Bu masala, avvalo, shaxs
tarbiyasi va o`zini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Faoliyat tahlilida harakatning tabiiy yo`nalishi quyidagicha bo`ladi: ehtiyojdan motivga,
so`ngra maqsad va harakat tomon), Voqeiy faoliyatda esa muntazam ravishda teskari jarayon
ro`y beradi: faoliyat davomida yangi motivlar va ehtiyojlar shakllanib boradi.
Faoliyat nazariyasida motivning maqsad tomon harakat
mexanizmi yoki maqsadning
motivga aylanish mexanizmi mavjud. Ushbu mexanizmning mohiyati shundan iboratki,
qandaydir motiv tomonidan erishishga harakat qilinadigan maqsad vaqt o`tishi bilan o`zi
mustaqil holatda undovchi kuchga ega bo`ladi, ya`ni, maqsadning o`zi motivga aylanadi. Maktab
hayotidan bir misol keltiramiz. O`quvchi ma`lum fan bilan unga o`zining sevimli ustozi bilan
muloqotda bo`lish zavqli bo`lgani uchun shug`ullanadi. Lekin asta-sekin ushbu fanga qiziqish
chuqurlashib boradi, va o`quvchi uni bo`lajak mutaxassislik sifatida ham tanlashi mumkin.
Shunday qilib, motiv maqsadga aylandi. SHuni ta`kidlash lozimki, maqsadning motivga
aylanishi ijobiy hissiyotlar to`planganidagina yuz berishi mumkin, masalan, hammaga ma`lumki,
faqat jazo berish va majburiy ravishda ishga nisbatan qiziqish yoki muhabbat uyg`otish mumkin
emas.
Motiv va motivatsiya
Inson xulq-atvorida funksional jihatdan
tavsifi
bog`liq bo`lgan
qo`zg`atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson xulq- atvoridagi
qo`zg`atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo`llaniladigan tushunchalar orasida
motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo`lib hisoblanadi.
«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega.
«Motivatsiya» so`zi hozirgi zamon psixologiyasida xulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir.
Bunga, xususan, ehtiyojlar,
motivlar,
maqsadlar, intilishlar va boshqa ko`pchilik) tizimini
belgilovchi va xulq-atvor faolligini ma`lum darajada tutib turuvchi, rag`batlantiruvchi jarayon
xususiyati sifatida ikkilangan ma`noda qo`Uaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi
ma`noda qo`llaymiz. Shunday qilib,
motivatsiyani
inson xulq-atvori, uning kelib chiqishi,
yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo`lgan sabablar
yig`indisi sifatida belgilash mumkin.
Xulq-atvorning paydo bo`lishi,
davomiyligi va barqarorligi, yo`nalganlik va ko`zlangan
maqsadga erishilgandan so`ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan
xulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi
tomonlari motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi.
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga
ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
Xulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin.
Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang`ich va yakuniy holatlari sifatida sub`ekt xulq-
atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida - tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo`ladi.
Birinchi vaziyatda
motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar
va h.k.lar, ikkinchisida
esa - yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan
rag`batlar
haqida so`z yuritiladi. Ba`zan inson
xulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar
shaxs dispozitsiyalari
deb ataladi. U
holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida xulq-atvorni
detenninatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so`z yuritiladi. Shuning uchun
insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion va vaziyatli
determinatsiya sifatida
ko`rib o`tiladi.
Dispozitsiyalar o`z mohiyatiga ko`ra motivlardir.
Motiv
motivatsiyadan farqli o`laroq, - bu
xulq-atvor sub`ektining o`ziga tegishli bo`lgan, uning ma`lum harakatlari amalga oshirishga
ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan
ko`rinishda ko`pchilik dispozitsiyalami ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.
Mavjud bo`lgan dispozitsiyalardan eng muhimi
ehtiyojlar
tushunchasi hisoblanadi. Ehtiyoj
deb, inson yoki hayvonning ma`lum sharoitlarda ularga normal yashash va rivojlanishi uchun
yetishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi
organizm (shaxs) uchun yetishmovchilik bilan bog`liq bo`lgan qoniqmaslik hissi bilan bog`liq
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo bo`lishining davriyligi
va usuli kiradi. Shaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga bog`liq mazmuni, ya`ni, ushbu
ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma`naviy madaniyat ob`ektlarining yig`indisidir.
Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo`lgan tushuncha - bu
maqsad.
Maqsad
deb, faoliyat bilan bog`liq bo`lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga
aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning motivatsiyali qo`zg`atuvchi mazmuni,
u inson
tomonidan faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.
Ко`rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), ehtiyojlar va
maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari bo`lib hisoblanadi.
Shaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, egiluvchanlik va
ierarxiyalashtirish ko`rsatkichlari bo`yicha baholash mumkin. Motivatsion sohaning
kengligi
deyilganda, darajalaming har birida keltirilgan dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi
motivatsion omillaming sifat jihatidan turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar,
ehtiyoj va maqsadlar qanchalik ko`p bo`lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik
rivojlangan hisoblanadi.
Motivatsion sohaning
egiluvchanligi
motivatsiya jarayonini quyidagicha xarakterlaydi:
yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion
mayllar qanchalik ko`proq qo`llanilgan holatda motivatsion soha
ham shunchalik darajada
egiluvchan bo`ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo`lgan ehtiyoj faqat televidenie,
radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun huddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi
turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivatsion
soha egiluvchanroq bo`lib sanaladi.
Ierarxiyalashtirilganlik
- bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir tuzilish
darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) boshqalaridan kuchliroq
bo`lib tez-tez hosil bo`lib turadi; boshqalari kuchsizroq bo`ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi.
Ma`lum darajadagi motivatsion hosilalamingdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar
qanchalik ko`p bo`lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo`ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson xulq-atvori qo`zg`atuvchilari sifatida,
shuningdek,
qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar ham ko`rib chiqiladi. Qiziqish deb,
bilish xususiyatiga ega bo`lgan, to`g`ridan-to`g`ri bir xil, ayni damda dolzarb bo`lgan ehtiyoj
bilan bog`lanmagan, alohida motivatsion holatga aytiladi. Muammo ma`lum maqsadga
erishishga yo`naltirilgan harakatni bajarishda organizm yengib o`tishi zarur bo`lgan to`siqlarga
duch kelganida paydo bo`ladi.
Tilaklar
va
maqsadlar -
bu darhol yuz beradigan va ko`pincha bir-
birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o`zgarishlariga javob beradigan
motivatsion sub`ektiv holat.
Inson xulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo`lishi mumkin. Bu inson xulq-atvorini
boshqaruvchi ba`zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa
anglanmasligini bildiradi.
Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo`lishi mumkin.
Shaxs
yo`nalganligi shakllanishidagi asosiy o`rinni anglangan motivlar egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: