Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/82
Sana13.05.2023
Hajmi1,6 Mb.
#938178
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
Bog'liq
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

 
8.3. Mehnat va unga haq to‘lash 
Mehnat – har bir shaxs va umuman jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur 
bo‘ladigan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish sohasidagi maqsadga muvofiq 
faoliyatdir. 
Moddiy ishlab chiqarish jarayonini tadqiq qilish asosida shunday fikrga kelish 
mumkinki, mehnat avvalo, inson bilan tabiat o‘rtasidagi sodir bo‘ladigan shunday 
jarayonki, unda inson o‘z faoliyati bilan o‘zi va tabiat o‘rtasidagi moddalar 
almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi. 
Mehnat jarayonining oddiy jihatlariga uning maqsadga muvofiqligi, mehnat 
buyumi va mehnat vositalarini kiritish qabul qilingan. Mehnat buyumlari va ishlab 
chiqarish qurollari jonli mehnat jarayoniga kiritilmasa ular o‘z o‘zidan faoliyat 
ko‘rsata olmaydi. Jonli mehnat esa hamisha faqat kishilarning tabiatga 
munosabatidan iborat bo‘libgina qolmay, shu bilan birga, jarayon qatnashchilari 
o‘rtasidagi munosabatdan iborat. 
Mehnat munosabatlarini yo‘lga qo‘yish sharoitida mehnatga haq to‘lashning 
tashkiliy tizimi yuzaga keladi. Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishda ish beruvchilar 
bilan uni amalga oshiruvchilar, ya’ni xodimlar manfaatlari e’tiborga olinadi. Bu 
yerda shuni ta’kidlash zarurki, bozor munosabatlariga o‘tishda tomonlar mehnatga 
haq to‘lash masalalarini hal etishda teng huquqlariga ega bo‘lishlari lazimligi shak-
shubhasizdir. Korxona ma’muriyati (yoki mulkdorning vakili) bilan xodimlar 
manfaatlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari o‘rtasida tuzilgan jamoa 
shartnomalari mehnat munosabatlarini tartibga solishning, shu jumladan, mehnatga 


108 
haq to‘lash masalalarini tartibga solishning huquqiy amaliy va birdan-bir ta’sirchan 
shakliga aylanadi. 
Bozor sharoitida, ayniqsa o‘tish davrida, taqsimlash munosabatlari, 
davlatning tartibga solish yo‘nalishlari va xususiyati o‘zgarib boradi, 
ma’muriyatchilik andozalariga barham beruvchi yangi boshqaruv shakllari paydo 
bo‘ladi. Korxonalar darajasini tartibga solish jarayonlariga yangi talablar qo‘yiladi. 
Davlatning aralashuvi daromadlarni taqsimlash shart-sharoitlari va tamoyillariga 
rioya qilishni aniqlash, tahlil etish va ta’minlash uchun zarurdir. 
Taqsimlash munosabatlarining davlat yo‘li bilan tartibga solinishining asosi 
mehnat sohasidagi qonunlar va bitimlar, soliq tizimida yakka daromadlarning o‘sishi 
bilan inflyatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat bo‘lishi lozim. 
Davlatning ishtirokisiz insonga daromadni kafolatlab bo‘lmaydi, bu daromad unga 
korxonaning iqtisodiy faoliyatidan qat’iy nazar munosib hayot kechirishni 
ta’minlaydi. Davlatning funksiyasiga, bundan tashqari, aholining kam ta’minlangan 
qatlamlari daromadlarini oshirishni kiritish zarur, bu narsa ish kuchini normal 
darajada takror hosil qilish uchun, mehnat resurslarini maqbul tarzda taqsimlashni 
ta’min etish, ijtimoiy keskinlikni yumshatish va hokazolar uchun kerak bo‘ladi. 
Davlat ish kuchini takror hosil qilish ishtirokchisi bo‘lganligi sababli taklif etilgan 
ish kuchining ko‘proq qismini o‘ziga qabul qiladi, uning tadbirkorlar talabiga javob 
berishiga intiladi.
Ish haqining mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo‘lgan 
mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda 
bajaradigan funksiyalari (vazifalari) da namoyon bo‘ladi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish