Fоydalanilgan adabiyоtlar rо`yxati:
1.
Neaman J., Silver C. Evfemizmlar kitоbi. Lоndоn, 1999. - S.40.
2.
Hоlder R.W. Evfemizmlar lug'ati. Nyu-Yоrk, 2003. – S.501
201
3.
Vildanоva G.A. Tilshunоslikning dоlzarb muammоlari, 2004. - S.97-100
4.
Rasulоv, Z. I. Sintaktik ellipsis til iqtisоdiyоtining kо'rinishi sifatida Samarqand,
2011.-S.27
202
ФИО автора:
Mamirjonova Mohichehrabonu Ulug‘bek qizi
– O‘zbekiston davlat
jahon tillari universiteti talabasi
Название публикации:
«O‘ZBEK VA KOREYS XALQ MAQOLLARIDA AKS
ETGAN TARBIYAVIY TUSHUNCHALAR»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada folklorning eng muhim janrlaridan biri bo‘lgan
maqollar, maqollarning aslida og‘zaki nutqda paydo bo‘lishi, o‘zbek va koreys
tadqiqotchilari tomonidan maqollarning tadqiq etilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, maqolada o‘zbek va koreys maqollarini tarjima qilib, o‘zaro o‘xshash
tomonlari hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar:
O‘zbek folklorshunosligi, Koreys xalq maqollaring yaratilish tarixi,
Koreys tilidagi birinchi maqollar lug‘ati.
Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo‘lgan maqollarni, umuman, xalq
ijodiyotini o‘rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Folklorshunos olimlar asrlar davomida maqollar yuzasidan o‘z
mamlakatlarining olis qishloqlariga ekspeditsiyalar uyushtirib kelishmoqda va xalq
tilidan yildan yilga turli mavzularga doir bo‘lgan takrorlanmas maqollarni jamlab
kelishmoqda . O‘zbek folklorshunosligida maqolga adabiy nuqtai nazardan qiziqish,
asar badiiyligini oshirish va badiy til ravonligini ta’minlash uchun undan foydalanish
hamma zamon so‘z san’atkorlarining diqqat markazida bo‘lgan. Yusuf Xos Hojib,
Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxon,
Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat,
Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom va boshqa o‘nlab
ijodkorlarning asarlari sinchiklab o‘rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha
maqollar ba’zan aynan, ba’zan o‘zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.
Maqollar aslida og‘zaki nutqda paydo bo‘lgan va bugungi kunda ham barcha
yosh doirasida istalgan mavzuda keng qo‘llanib kelinadi. Oxunjon Safarov maqolning
tinglovchiga ta’siri haqida shunday yozadi: “Bunday nutq tinglovchini befarq
qoldirmaydi, uning his-tuyg‘ulariga tez ta’sir qilib, fikrini uyg‘otadi, adolatli
xulosalarga kelishini va hukm chiqarishini ta’minlaydi” . M.Qo‘shoqov esa bunga
shunday ta’rif beradi: “Maqollar nutqqa chehradagi qora xoldek, uzukka qo‘yilgan
ko‘zdek yarashadi” .
O‘zbek tadqiqotchilari tomonidan 1924-yildan maqollar to‘plab, nashr etila
boshlandi. 1924-yilda Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li tomonidan “O‘zbekcha otalar
so‘zi”, 1926-yilda Sherali Ro‘zi tomonidan “O‘zbek maqollari”, 1939-yilda Buyuk
Karimov tomonidan “Maqollar va hikmatli so‘zlar”, 1941-yilda Sh.Rizayev,
203
O‘.Azimov, O‘.Xolmatovlar tomonidan, 1947-yilda Hodi Zaripov tomonidan “Otalar
so‘zi – aqlning ko‘zi”, 1958, 1960, 1965, 1978-yillarda Mansur Afzalov, Sobirjon
Ibrohimov, Sarvar Xudoyberganov tomonidan “O‘zbek xalq maqollari”; 1964, 1967,
1970-yillarda Rajab Jumaniyozov tomonidan, 1976, 1986-yillarda E. Siddiqov; 1978-
yilda Bahodir Sarimsoqov, Abiyr Musoqulov, Ibrohim Haqqulov, R.Zaripovlar
tomonidan; 1981-1984-yillarda B.Sarimsoqov, A.Musoqulovlar tomonidan “O‘zbek
xalq maqollari” to‘plamlari nashr etildi .
Koreys xalq maqollari ham xuddi o‘zbek xalq maqollari singari g‘oyat
mukammal va xalq og‘zaki ijodining eng sara namunalaridan biri hisoblanadi. Koreys
tilida maqol, hikmatli so‘z tushunchalarini bir nechta so‘zlar orqali berishimiz
mumkin. Bu terminlarni kelib chiqishiga ko‘ra 2 turga bo‘lishimiz mumkin:
a) xitoy tilidan kelib chiqqan terminlar:
속담 (
俗談
), 이언 (
俚言
), 격언 (
格言
), 격담 (
格
談
), 경구 (
警句
), 금언 (
金言
), 속설 (
俗
說
);
b) sof koreyscha so‘zlar:
역말, 상말
.
Koreys xalq maqollaring yaratilish tarixi bosqichma-bosqich quyida keltirilgan:
1. Koreys tilidagi birinchi maqollar lug‘ati 1913-yilda
최원식
va
조선이
larning kitobi
hisoblanib, bu kitobda 900 dan ziyod maqollar mavjud.
2.
김상기
ning maqollar kitobida 1500 ga yaqin maqol mavjud bo‘lib, 1922-yilda nashr
etilgan.
3.
방종현
va
김사엽
larning 1940-yilda nashr etilgan “Maqollar lug‘ati”da 4000 ga yaqin
maqollar to‘plangan.
4.
김원표
ning maqollar kitobi 1948-yilda nashr etilib, 700 dan ortiq maqollarni o‘z
ichiga oladi.
5.
진성기
ning maqollar to‘plami 400 dan ortiq maqollarni o‘z ichiga olib, 1959-yilda
nashr etilgan.
6.
이기문
ning 1962-yilda nashr etilgan “Maqollar lug‘ati” - eng keng ko‘lamli koreys
maqollari to‘plami bo‘lib, 7000 dan ortiq maqollarni o‘z ichiga oladi.
7. Koreya folklor jamiyati “Koreys maqollari” kitobini 1970-yilda nashr etgan.
8.
선자세언
ning “Koreys maqollarining katta lug‘ati” 1980-yilda nashr etilgan.
9.
동문선
ning “Maqollar lug‘ati” 1990-yilda nashr etilgan.
10.
최창
ning 1993-yilda “Ayollar maqollari”, 1995-yilda “Hayvonlar maqollari
lug‘ati” nashr etilgan.
Qaysi til, qaysi millatning maqollarini jamlasak ham o‘zaro o‘xshashliklar va
sezilarli farqlarni ko‘rishimiz mumkin. O‘xshashlik tomonlari shundan iboratki,
tarbiya masalasi qaysi din, qaysi millat bo‘lishidan qat’iy nazar bir biriga juda
o‘xshashdir. Tarbiya har bir oilada deyarlik birdek. Ammo dinlar o‘zgachaligi,
millatning erki o‘zgachaligi o‘zaro farqlarni keltirib chiqaradi. Quyida o‘zbek va
koreys maqollarinining tahlilini ko‘rishimiz mumkin:
204
1) “
개구리 올챙이 적 생각 못 한다”
(Qurbaqa balchiqda yashagan kunlarini unutdi) –
“O‘tgan kuningni unutma, xom chorig‘ingni quritma” maqolida muvaffaqiyat va shon-
shuhratga erishib o‘tmishini unutgan, kekkaygan kishilarga zaharxandalik ma’nosi
ifodalangan;
2) “
되로 주고 말로 받는다”
(Piyolada berib kosa bilan qaytarib oladi) – “Ol, desang,
suyunar, Ber, desang, kuyunar” maqoli esa xasis kishilarga nisbatan piching ma’nosida
ishlatilgan;
3) “
기운이 세면 소가 왕 노릇 할까”
maqolining tarjimasi “Kuchi ko‘p bo‘lgani bilan
sigir qirol bo‘lolmaydi” deb tarjima qilinadi. Maqolning mazmuni – qanchalik kuchli
bo‘lsa-da, aql va fahm-farosati bo‘lmagan inson muvaffaqiyatga erisholmaydi,
deganidir. O‘zbekcha muqobil varianti sifatida esa “Aqlli baxt topar, Baxt bilan taxt
topar”, “Kuchiga ishongan – yiqilar, Aqliga ishongan – yiqitar” maqollarini
keltirishimiz mumkin;
4) “
가는 말이 고와야 오는 말이 곱다”
koreys maqoli o‘zbek tiliga “Shirin gapirsang,
shirin javob olasan” deb tarjima qilinadi. O‘zbekcha muqobil variant sifatida “Yaxshi
gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan musulmon dinidan” maqolini keltiramiz.
Ko‘rinib turganidek, ushbu maqol pand-nasihat mazmunidagi ma’noni, ya’ni shaxsga
har doim shirin so‘zli va yaxshi kalomli bo‘lish kerakligini anglatadi;
5) “
늦더라도 안 하느니보다 낫다
”
maqoli o‘zbek tiliga “Kech bo‘lsa ham qilish
qilmagandan ko‘ra yaxshiroq” deb tarjima qilinadi. Ushbu maqolning o‘zbek tilidagi
varianti sifatida “Hechdan ko‘ra kech” maqolini ishlatsak bo‘ladi;
6) “
말보다는 실천을 하라”
maqolining o‘zbek tilidagi tarjimasi “gapdan ko‘ra ishni qil”
bo‘ladi. Bizning o‘zbek tilida ham xuddi shunday ma’no-mazmundagi maqol mavjud:
“Gap bilguncha ish bil”;
7) “
믿는 도끼에 발등 찍한 다더니”
koreys maqolini tarjima qilganimizda “Ishongan
bolta oyoqni chopadi” degan ma’noni beradi. Bu koreys maqolini o‘zbek maqoli bilan
taqqoslaganda “Ishonmagin do‘stingga, somon tiqar po‘stingga” yoki “Ishongan
tog‘da kiyik yotmas” degan o‘xshashlikni ifodalaydi;
8) “
가지 많은 나무에 바람 잘 날 없다”
bu koreys maqolini o‘zbek tiliga tarjima
qilganimizda “Shoxi ko‘p daraxtga shamol bormaydi” degan gapga to‘g‘ri keladi.
Ushbu koreys maqolinining o‘zbekcha varianti sifatida “Birlashgan o‘zar,
birlashmagan to‘zar” maqolini keltirishimiz mumkin;
9) “
집 안에 어린 아이가 없으면, 지구에 태양이 없는 거와 같다”
koreys maqoli o‘zbek
tiliga “Yosh bolasi yo‘q uy go‘yo quyoshi yo‘q yer kabidir” deb tarjima qilinadi.
O‘zbek xalq maqollarida orasida ham xuddi shunday ma’noli maqol bor: “Bolali uy –
bozor, Bolasiz uy – mozor”;
10) “
낮말은 새가 듣고 밤말은 쥐가 듣는다”
koreys maqolini o‘zbek tiliga tarjima
qilganimizda “Kunduzgi gapni qush eshitadi, kechki gapni sichqon eshitadi” degan
205
ma’noni anglashimiz mumkin. Ushbu koreys maqolining o‘zbekcha varianti esa
“Devorning ham qulog‘i bor” degan maqolidir.
Har bir xalqning folklorshunosligi hisoblanmish maqol janriga nazar tashlar
ekanmiz, biz bu janrning naqadar beqiyos ekaniga guvoh bo‘lamiz. Yuqoridagi
maqollardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek va koreys maqollari o‘zaro o‘xshash. Bunga
sabab esa har ikki davlat tarixi va madaniyati o‘zaro mushtarakligidadir. Keltirib
o‘tilgan maqollar mamlakatlar fuqarolarining ongi va tafakkurini o‘zida jamlagan. Bu
hikmatlardan ta’lim jarayonida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |