Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

Название публикации:
«MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON 
RESPUBLIKASIDA SUD-HUQUQ TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN 
ISLOHOTLAR» 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Mustaqillik yillarida sud-huquq tizimida qilingan 
o‘zgarishlar, insonlar manfaatlarini himoya qiluvchi qonun-qoidalar manbalar 
asosida batafsil tahlil qilingan. 
Kalit so‘zlar: 
konstitutsiya,
 
sud, qonun, kodeks, modda, o‘lim jazosi, islohot, qamoq, 
ozodlikdan mahrum qilish, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi 1991-yil 31-avgustda e’lon 
qilindi. Ilk kunlardan boshlab mamlakatni demokratlashtirish yo‘lida qator islohotlar 
amalga oshirildi, ko‘plab sohalar isloh qilindi. Jumladan , sud-huquq tizimi , uni yo‘lga 
qo‘yish va rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 1992-yil 8-dekabrda 
demokratik huquqiy davlatchilik zaminini barpo etishning poydevori bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatda yangi 
qonunchilik tizimini barpo etish uchun asos bo‘ldi. Konstitutsiyaning 11-moddasida 
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi , ijro etuvchi 
va sud hokimiyatiga bo‘linishi belgilab qo‘yildi. Sud hokimiyatini mustahkamlash , 
sud islohotlarini izchillik bilan o‘tkazish masalalari hamisha davlat rahbarining diqqat 
markazida bo‘lib keldi. Jumladan , Oliy Majlisning 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan 
birinchi chaqiriq birinchi sesesiyasi , 1995-yil 21-dekabrdagi to‘rtinchi va 1996-
yil 28-avgust- dagi oltinchi sessiyada sud hokimiyati uchinchi , mustaqil va qaram 
bo‘lmagan tarmoq ekanligiga , odil sudlov tizimini kengaytirish va demokratlashtirish 
lozimligiga e’tibor berildi. “Sud islohotini chuqurlashtirish hokimiyatning uchinchi 
mustaqil va qaram bo‘lmagan tarmog‘i sifatida butun odil sudlov tizimini 


149 
demokratlashtirish – huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim 
yo‘nalishidir... Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va 
manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib , haqiqatan ham mustaqil bo‘lib qolishi 
lozim”,-deb uqtiradi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
Oliy Majlisning VI sessiyasida
17
. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII 
bobi “O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati“ deb atalishi ham bejiz emas. 
Konstitutsiyaning 106-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa 
jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Mustaqil sud hokimiyatini 
amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi va uning sudyalarni saylash , tayinlash 
hamda ularni vazifasidan ozod qilish tartibi , sud ishlarini ko‘rishda aralashganlik 
uchun javobgarlik va hokazolarning asosiy kafolati hisoblangan “Sudlar to‘g‘risida”gi 
Qonun 1993-yil 2-sentabrda Oliy Kengashning XIII sessiyasida qabul qilindi.
Dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil muddatga
saylanadigan quyidagi sudlar kirgan:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
- fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari; 
-fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; 
- viloyatlar va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari; 
- harbiy sudlar. 
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida sud 
ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi 
so‘zlashadigan tilda olib boriladi. 
17
. Islom Karimov “Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi”. Toshkent : “O‘zbekiston”-1997, 167-
bet. 


150 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov 
sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Respublika Oliy sudi 1994-yilda 
149 kishiga nisbatan quyi sudlar tomonidan tayinlangan jazolar og‘ir deb topilganligi 
sababli hukmlar o‘zgartirilib, jazolar qisqartirilgan bo‘lsa, 1995-yilda 247 kishiga 
nisbatan jazolar og‘ir deb topilib, hukmlar o‘zgartirildi, 25 shaxsga nisbatan jinoiy 
ishlar sudlanganlarning harakatida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli harakatdan 
to‘xtatildi. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun 1994-yilda quyi sudlar 
tomonidan 89 kishiga nisbatan belgilangan jazolar yengil deb topilib, hukmlar bekor 
qilingan bo‘lsa, 2017-yilda esa tergov organlari tomonidan 238 ta holatda jinoiy hodisa 
yuz bermagani aniqlandi, 302 ta holatda javobgarlikga tortish muddati o‘tgani, 370 ta 
holatda aybdorlar qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgani inobatga olindi. 549 
ta holatda qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgani, 1 ming 636 ta holatda 
qilmishda jinoyat tarkibi yo‘qligi isbotlandi. Ana shunday asoslarga tayanib, 3,5 
mingdan ortiq jinoyat ishi tugatildi.
18
2000-yilda umumiy sudlanganlarning 47,2 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
tayinlangan bo‘lsa , davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sud-huquq tizimida olib 
borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri – “Jinoiy jazolarning 
liberallashtirilishi” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat , jinoyat-
protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilingach, 2006-yilda bu 
ko‘rsatkich atigi 28,7 foizni tashkil etgan. Boshqacha aytganda , 71,3 foiz 
sudlanganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar 
tayinlanib, ular oilasi , jamoasi bag‘rida qolgan. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti Islom Karimovning 2005-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston 
Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi hamda 2005-yil 8-avgustdagi 
“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 
farmonlari har bir sudya zimmasiga alohida mas’uliyat yuklashi ta’kidlanib , bu borada 
sudya kadrlarni tayyorlash va yagona sud amaliyotini shakllantirish mexanizmini 
18
Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz ,mamlakatimizni yanada taraqqiy 
ettirishning mustahkam poydevoridir. Toshkent : “O‘zbekiston” ,2018.11-bet.


151 
barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab chiqildi. Sudlar sud qarorini ijro etish 
kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan ozod etildi . 2008-yil 1-yanvardan 
mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi. 
Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin:
1) 1991–2016-yillar;
2) 2017-yildan keyingi davr. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevnning 2016 -
yil 21-oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘- 
risida»gi farmoniga ko‘ra, sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga qat’iy 
aniqlik kiritildi. Ya’ni sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga, 
ikkinchi marotaba – o‘n yil, keyingisida muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni 
yaratildi. Bu sudyalarning yoshi, malakasi, kasb mahoratini inobatga olgan holda 
uzoqroq muddatga faoliyat ko‘rsatishini kafolatlaydi. 
Islohotlarning ikkinchi davridagi asosiy ishlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning 
2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan 
takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
farmoni asosida amalga oshirilmoqda. 
2017-2018-yillarda sud-huquq tizimiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib 
o‘zgartirildi, ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta 
tumanlararo, tuman(shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudining Harbiy hay’ati tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 
ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tashkil etildi. Yangidan tashkil etilgan sudlrni 
to‘ldirish uchun qo‘shimcha 560 ta shtat birligi, shu jumladan 318 ta sudyalik shtat 
birligi ajratildi. Amaldagi sud majlisi kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning 
tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlari kiritildi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar 
milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, 


152 
davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va 
erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun 
muhim poydevor bo‘ldi. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan olib 
borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har 
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha 
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning 
har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat 
dasturini tasdiqlashni nazarda tutdi. 2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga 
oshirishda alohida e‘tibor ” Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat 
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu 
g‘oyalarni , eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta‘minlash 
orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.
Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 
5 ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan:
I.
Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (Moviy havorang – 
osmon va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi);
II.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 
(Siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi);
III.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (Tillarang – iqtisodiyotni 
rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi);
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (Qizil rang – hayot va aholining munosib turmush 
tarzini ta’minlash ramzi); 
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va 
amaliy tashqi siyosat (Oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan 
tinchlik va sofl ik ramzi). 


153 
Keyingi yillarda ham O‘zbekiston Respublikasi sud-huquq tizimida amalga 
oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish ko‘zlangan holda Harakatlar strategiyasining 
ustuvor yo‘nalishlari orasida bu sohaning ham alohida belgilanganligini alohida 
ta’kidlash joizdir. Sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta‘minlash, 
sud kadrlarini tanlab olishning demokratik va shaffof mexanizmini shakllantirish 
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joylarda ma’muriy va iqtisodiy 
sudlarning tashkil etilganligi odil sudlovga erishish darajasini oshirish imkonini berdi.
Harakatlar strategiyasi ijrosini ta‘minlash yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida sud-huquq tizimida quyidagilar 
belgilandi: 
1.Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash, sudning nufuzini oshirish, 
sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
• sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy 
ta‘minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; 
• sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta‘sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha 
ta‘sirchan choralar ko‘rish;
• sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng 
huquqlilik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; 
• tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
• sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; 
• sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. 
2.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
ta‘minlash: 
• fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda 
sansolarlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik 
uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni 
tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish;
• sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; 


154 
• fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini 
mustahkamlash; 
• fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash;
• sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
3. Ma‘muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish:
• jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish , 
alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish 
tartibini insonparvarlashtirish; 
• odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini yaxshilash, ma’muriy, 
jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini 
takomillashtirish; 
• jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-
birini takrorlaydigan vakolat va instantsiyalarni qisqartirish;
• elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy 
etish. 
Bundan tashqari 2022-yil 28-yanvarda imzolangan 2022-2026-yillarga 
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi 
ham adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash , inson qadr-qimmatini ta’minlash 
vazifalarini qamrab olgan. Shu maqsadda sudlov tizimi va advokatura instituti , huquq-
tartibot organlari faoliyati takomillashtiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki , yurtimizda sud-huquq 
tizimiga berilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan ishlar o‘z natijasini bermoqda 
va bu raqamlarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ko‘zlangan marraga erishish maqsadida 
islohotlar davom ettirilmoqda.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish