Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

ФИО автора
Karimova O‘g‘iloy,
Urganch davlat universiteti talabasi 
Название публикации:
«BOLTABOY BEKMETOV TO‘RTLIKLARIDAGI 
MAVHUM OBRAZLAR» 
Annotatsiya:
mazkur maqolada taniqli xorazmlik shoir Boltaboy Bekmatov 
toʻrtliklaridagi xayol obrazi tahlil qilinadi. Toʻrtliklarning mavzu va g‘oyasi, ijodkor 
mahorati masalalariga e’tibor qaratiladi. 
Kalit soʻzlar:
modern sheʼriyat, toʻrtlik, badiiy obraz, lirik qahramon, xayol, 
obraz funksiyasi, fikr 
Boltaboy Bekmetov o‘zbek modern she’riyatida o‘ziga xos poetik va badiiy 
ruhga ega iste’dodli ijodkor. Modern shoirlar, shu jumladan, Boltaboy Bekmetov ham 
biz mavhum deb biladigan tushunchalarga shakl izlaydi. Mana shu mavhum 
tushunchalar modern she’rlarning badiiy obrazini tashkil etadi. Taniqli adabiyotshunos 
D.Quronov badiiy obraz haqida shunday yozadi: “Badiiy obraz adabiyot va san’atning 
fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy 
kategoriyasi”
1
. Shoir she’riyatining ma’lum bir qismini to‘rtliklari tashkil qiladi. 
To‘rtliklarida obrazlar turli xil ma’no qirralarida namoyon bo‘lgan. ,,To‘rtlik band – 
folklorda qo‘shiq va terma, klassik adabiyotda ruboiy va qit’a kabi janrlaridan keng 
foydalanadilar”. Jumladan, ijodkor to‘rtliklarida o‘zining his-tuyg‘ularini ifodalash 
uchun mavhum tushunchalarni o‘z asariga obraz sifatida oladi. Aslida ham shoir nigohi 
ba’zan oddiy odam anglolmagan mavjudlikni anglash, ko‘rolmagan borliqni ko‘rish 
qobiliyatiga egalik iqtidori taqdir qilingan ilohiy nazardir.
B.Bekmetov to‘rtliklarida xayol obraziga ko‘p murojaat qiladi. Xayol ong 
faoliyati bo‘lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi hayotda mavjud bo‘lmagan obrazlar, 
obyektlarni yaratishdir. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli Xorazmlik 
1
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M., Adabiyotshunoslik lug‘ati.-T.;Akademik nashr, 2003.-B43 


18 
ijodkor Bahrom Ro‘zimuhammad xayol haqida ayniqsa, shoir ahli xayollari haqida 
shunday fikrlarni bildirgan edi: “Biz xayol deganda o‘y-fikr oqimini yoki tasavvur 
qilish amalini tushunamiz. Ammo xayolning mazmuni biz o‘ylagandan ham kengroq 
bo‘lishi mumkin. Cho‘lpon: “Yolg‘iz xayol go‘zal” deganida balki, ruhiyatdagi sir-
sinoatli dunyoning olis ufqlarini nazarda tutgandir? Ne bo‘lganda ham shoir qavmi 
xayol bandalari hisoblanishadi”
2
. Xayolning funksiyasi o‘tgan tajriba natijalarini 
qayta ishlashdir. Ammo B.Bekmatov yaratgan xayol obrazining funksiyasi ancha ko‘p 
va keng qamrovli: 
Kezar bo‘lsam sayhonsan, xayol, 
Suzar bo‘lsam ummonsan, xayol. 
Sen osmonsan parvoz etmakka, 
Sen imkonsan baxtga yetmakka
3

She’r mazmunidan bilish mumkinki, lirik qahramon ruhiyatida xayol poklik 
ramzi. Agar u toza dilda makon tutgan bo‘lsa, haqiqatga eltuvchi ko‘prik vazifasini 
bajaradi. Shuning uchun ham shoir xayol ummoniga g‘arq bo‘ladi. Badiiy adabiyotda 
xayolni ummonga o‘xshatish an’anaviydir. B.Bekmetov esa xayolni sayhon, ya’ni 
katta tekis ochiq maydonga o‘xshatib adabiyotimizda yangilik qildi. Shoir xayolga 
murojaat qilish orqali, xayolning suzish uchun ham, kezish uchun ham, uchish uchun 
ham benihoyat keng ekanligini o‘quvchi onggiga sodda va ravon uslubda yetirib 
beradi. Shoir xayolni shu darajaga ko‘taradiki, uning baxtga yetishning kaliti ekanligini 
kitobxon ongiga singdirishni maqsad qiladi. B.Bekmetovning keyingi to‘rtligidagi 
xayol obrazi ongimizda qush bo‘lib jonlanadi. Bu qush parvoz etolmaydi, sababi u 
asirlikda, yorning kipriklariga bandi qilingan: 
Xayolim qushdirki, parvozga moyil, 
Lek bandi tuzoq ul parvoz etolmas. 
Ki bog‘langandir u kipriklaring-la 
Qorachiqlaringdan uzoq ketolmas
4

2
B.Ro‘zimuhammad.,Sharqqa qaytgan shoir.-Urganch: “Quvonchbek-Mashhura” MCHJ nashriyoti, 2018.-B18 
3
B.Bekmetov. Sen bilan hayotman. Urganch: Xorazm,2018, B118 
4
B.Bekmetov.Sen bilan hayotman.Urganch: Xorazm, 2018,B120 


19 
Shoirning oxirgi ikki misrasida Sharq nazmi ruhiga sodiq qolgani sezilib 
turadi. Sharq mumtoz she’riyatida kiprikning nayzaga o‘xshatilishi va oshiq qalbini 
jarohatlash vazifasini bajarishi an’anaviydir. B.Bekmetov to‘rtligida esa kiprikning bu 
vazifasi butkul o‘zgaradi. Endilikda kipriklar oshiq xayolini bog‘laydi. Bu tasvirni 
shoir tomonidan yaratilgan kashfiyot desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Odatda ijodkorlar xayol obrazi orqali cheksiz imkoniyatlar timsolini 
yaratadi. Shoir quyida keltirilgan to‘rtlikda bu borada biroz chekinib, xayolning 
imkoniyatlarini cheklaydi: 
Ko‘rayotganimda ojiz xayolim, 
Xayol surganimda ko‘zlarim ojiz. 
Yuragimda payti vulqondek kuchli, 
Talaffuz etilgach, so‘zlarim ojiz
5

Ushbu to‘rtlik mashhur qozoq adibi Abayning quyidagi jumlalarini esga soladi: 
“Ko‘nglingdagi ko‘rkam o‘y og‘zingdan chiqqach xiralanadi”. Lirik qahramon 
xayolining ojizligining sababi ham shunda. U dilidagi so‘zlarining xiralanishidan, 
ko‘rayotganlari ro‘yo bo‘lib chiqishidan cho‘chiyapti. Shoirning bu misralari chin 
oshiq xayolining tasviri aslida. 
B.Bekmetovning quyida keltirilgan misralaridagi xayol so‘zi fikr 
man’nosini ifodalayapti: 
Tahlil qila bilsang amal, hayoting, 
Belgisi bu zakovat-u saboting. 
Go‘zal xayol birla ezgu amaling –
Seni komillikka eltar G‘iroting.
6
Jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining 
qadimgi noyob yodgorligi “Avesto” kitobida axloqiy-falsafiy masalalar ezgu fikr
ezgu so‘z va ezgu amal muqaddas uchligida o‘z ifodasini topgan. Ijodkorning 
yuqoridagi misralarida ham aynan “Avesto”dagi axloqiy-falsafiy mohiyatni
ko‘rishimiz mumkin. Zakovat, sabot, xayol, amal kabi tushunchalar bir-biriga 
5
B.Bekmetov.Sen bilan hayotman. Urganch:Xorazm,2018, B130 
6
B.Bekmetov.Sen bilan hayotman. Urganch: Xorazm,2018,B91 


20 
aloqador, bir-birini to‘ldirib turuvchi tushunchalar hisoblanadi. Ushbu tushunchalarni 
o‘zida mujasssamlashtirgan inson albatta komillikka erishadi. Muhimi, xayolni, 
fikrlarni go‘zal qilish kerak, xolos. 
Xayol so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida ham bir qancha ma’nolarda 
qo‘llangan. 1.O‘ylash, fikrlash jarayoni; o‘y-fikr. Har kallada ming xayol. Maqol. 2. 
Tasavvur. Gulnorning ko‘zlari, yuzi yolg‘iz Yo‘lchining xayollaridagina kuladi
jilvalanadi. Oybek, Tanlangan asarlar. 3. Orzu, fantaziya. Istiqbolning shirin 
xayollariga ko‘milgan holda Maxdum asr namozi uchun tahorat olar edi. A.Qodiriy, 
Mehrobdan chayon. 4. Es, xotira. O‘shanda bu qiz uning – [Yodgorning] nazarida 
farishtadek jonlangan, xayolida allanechuk muqaddas bir iz qoldirgan edi. 
O‘.Hoshimov, Qalbingga quloq sol. 
Xulosa qilib aytganda, B.Bekmetov o‘y-fikr oqimi hisoblanmish xayolni o‘z 
hamrohi deb bilib, uni o‘z lirikasida mohirona tasvirlaydi. Shoirimizning xayol odami 
ekanligi yuqoridagi to‘rtliklardan dalolat beradi. Xayol obrazi ijodkor nuqtayi nazari 
bilan turlicha talqin etiladi va bu obraz har safar o‘zining yangidan yangi qirralari bilan 
she’rning poetik ruhiyati va badiiyatini ta’minlashga xizmat qilganligi kuzatiladi. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish