371
ФИО автора:
Shukurjonova Gulandon Akmaljon qizi
ToshDO‘TAU O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-bosqich talabasi
ФИО научного руководителя:
To‘rayeva Dildora Anvarovna
ToshDO‘TAU Lingvodidaktika kafedra o‘qituvchisi.
Название публикации:
«TA’LIMNI O‘ZLASHTIRISHDA NOAN’ANAVIY
O‘QUV TOPSHIRIQLARINING O‘RNI, AHAMIYATI, SAMARADORLIGI»
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta’limni o‘zlashtirishda noan’anaviy darslar, o‘quv topshiriqlari,
5-sinf ona tilidagi noan’anaviy topshiriqlar, ularning ahamiyati va samarasi,
an’anaviy topshiriqlarning kamchiliklari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
noan’anaviy topshiriq, nostandart yondashuv, dastur, texnologiya,
kommunikatsiya.
Hozirgi zamonda maktab o‘quvchilarini o‘qitishda nosatandart yondashuvi talab
qilinadi. Maktab o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashni tashkil qilishning yangi
shakllari va usullarini izlash nafaqat tabiiy hodisa, balki zaruriy hodisadir. Maktabda
har bir o‘quvchining darsda faol ishtirok etishini ta’minlaydigan, bilimini, nufuzini va
o‘quvchilarning o‘quv-tarbiyaviy ish natijalari uchun individual mas’uliyatni
oshiradigan bunday dars shakllari alohida o‘rin tutadi. Buni ta’lim va tarbiyaning
nostandart shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Talimga
nostandart yondashuvning maqsadi – har bir o‘quvchining ta’lim mazmunini
o‘zlashtirish jarayonida rivojlanish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
rivojlanayotgan texnologiyalarni joriy etish, shaxsan – yo‘natirilgan ta’limiy o‘yin,
noan’anaviy topshiriqlar, kommunikatsiya texnologiyalari, ishning guruh
shakllaridan foydalanish.
Keying yillarda matbuot sahifalarida ona tili mashg‘ulotlarini qiziqarli tashkil etish
borasida ancha-muncha maqolalar ham nashr etildi. Bu maqolalarda ona tili
ta’limining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish ona tili mashg‘ulotlarini “Topshiriqlar
372
bellashuvi“ asosida o‘tkazish, o‘quvchilar bilimini sinashda o‘quv topshiriqlarining
ahamiyati singari muammolar ko‘tarib chiqiligan. Topshiriqlar to‘g‘ri tuzilgan va
noan’anaviy bo‘lsa, o‘quvchini faollashtirishga keng yo‘l ochib beradi. Topshiriqqa
javob izlash davomida o‘quvchi o‘zligini namoyon etadi, unda shaxsiy nuqtai nazar
tarkib topadi, o‘z fikriga dalillar izlash, uni isbotlashga ishtiyoq vujudga keladi.
Topshiriq ehtiyojning yuzaga kelish uchun muhim poydevordir. Agar topshiriq
bo‘lmasa, o‘quvchi bilimlarni izlashga ehtiyoj sezmaydi. Ehtiyoj esa bilimlarni
egallashda o‘quvchini harakatlantiruvchi, uning ma’lumdan noma’lumga qarab
borishiga undovchi asosiy kuchdir.
Ona tili ta’limi jarayonida ham o‘quvchi zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalarni
topshiriq orqali egallaydi. Topshiriq orqali til hodisalari kuzatiladi, qiyoslanadi,
o‘xshash va farqli tomonlari aniqlanadi, muayyan belgilariga qarab guruhlanadi va
umumlashmalar hosil qilinadi.
36
Ma’lumki, uzoq yillar davomida ona tili fanini o‘rganishda faqat grammatik talqin
va tushunchalarga tayangan holda ish olib borilardi. Topshiriqlar ham grammatika
doirasida bo‘lardi. Hozirgi yangi dasturda noan’anaviy o‘quv topshiriqlar nafaqat
grammatik bilimlarni rivojlantirishga, balki o‘qib tushunish, tinglab tushunish, yozish
va nutqiy kompetensiya rivojlanishga qaratilgan.
Noan’anaviy topshiriqlarning an’anaviy topshiriqlardan farqi shundaki,
noan’anaviy topshiriqlar o‘quvchining mustaqil holda erkin fikr yuritishi va
o‘qituvchiga hamkor sifatida ishlashiga qaratilgan topshiriqdir.
Shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda o‘quvchilarni zamonaviy pedagogik
texnalogiyalar, ya’ni noan’anaviy metodlar asosida o‘qitish dolzarb masalaga
aylangan. Noan’anaviy metodlarning an’anaviy metodlardan farqi shundaki, bunda
o‘quvchining o‘zi mustaqil holda erkin fikr yuritadi, o‘qituvchi bilan hamkorlikda
ishlaydi. An’anaviy metod esa o‘quvchining faktlarni esda saqlash qobiliyati va uning
hajmiga asoslanadi. An’anaviy ta’lim metodlari bugungi kunda kamchiliklarga ham
36
Saidov M. O‘zbek maktablarida 5-sinflarning ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlar
va ulardan foydalanish metodikasi. Dissertatsiya. – Toshkent, 2000. –B.22
373
egaki, bu o‘quv jarayonida noan’anaviy ta’lim metodlarini qo‘llash ehtiyojlarini
paydo qildi. Bu kamchiliklar quyidagilar:
O‘quvchilar passiv ishtirokchilar bo‘lib qoladilar, dars mashg‘ulotlari markazida
hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o‘qituvchining turganligi bunday
passivlikka olib keladi.
O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani vujudga
keltirmaydi. Chunki o‘quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-
harakatlar qat’iy talab asosida sodir bo‘ladi. Bu o‘quvchida ijodiy tashabbusni
uyg‘otmaydi.
Eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda ham bir xil bo‘lmasligi sababli, sinf
bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin. Ya’ni, an’anaviy
ta’limda mashg‘ulotga va bilish jarayoniga o‘quvchilarni qiziqtirish uchun har
xil uslublarni, xotirani mustahkamlovchi o‘yinli texnologiyalarni qo‘llash
imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni olib keladi.
Noan’anaviy topshiriqlarning afzalliklari:
O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi;
O‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi;
O‘qitish usullarining turli xil usullarini ta’minlanishi
Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi;
Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi;
O‘tilgan materiallarni yaxshi eslab qolisnishi;
Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi;
O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi;
O‘quvchilarning predmetni mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy
munosabati;
Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berishi;
Nafaqat mazmunini o‘zlashtrishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy
fikrlashni ham rivojlantirishi;
374
Muammolarni yechish ko‘nikmalarining shakllanishi.
37
[Kuganova, 2021:330]
Masalan, 5-sinf ona tili kitobida quyidagi noa’anaviy topshiriqlarni ko‘rishimiz
mumkin:
1.
Bu topshiriq o‘quvchilarning ijodkorlik,og‘aki va yozish ko‘nikmasini
rivojlantirishga qaratilgan. Rasmlar ham yaxshi tanlangan, o‘quvchilarning diqqatini
tortadi va mavzuni tushunishga ham yordam beradi.
2.
Bu topshiriq matematikaga qiziqib, ona tiliga qiziqmaydigan o‘quvchini o‘ziga jalb
qiladi. Chunki topshiriq matematika bilan bog‘lab tuzilgan. Bu topshiriq o‘qib
tushunish va yozish ko‘nikmlarini rivojantirishga qaratilgan.
3.
Bu topshiriq ham o‘ziga xos noodatiy bo‘lib, rasmlar o‘quvchilarga iboralarni
esda saqlab qolishga yordam beradi va ijodkorlik, og‘zaki nutq ko‘nikmasini
rivojlantiradi.
37
Kuganova A. Ta’limda an’anaviy va noan’anaviy interaktiv metodlarning qiyosiy xususiyati. Academic Researchin
Edukation Sciences. – Toshkent,2021.– B. 330
375
4.
Bu topshiriqda o‘quvchilar moslashtirish usuli orqali so‘zlarning ma’nosi bilib
oladilar va qo‘sh undoshlardan birini tushirib uni ma’nosini izohlaydilar. Bu
topshiriq o‘quvchilarning yozma va og‘zaki ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi noan’anaviy topshiriqlar darslarning qiziqarli va
tushunarli bo‘lishiga, ona tili darslariga o‘quvchilarning qiziqishlari ortishiga,
o‘quvchilarning og‘zaki, yozma, o‘qib tushinish, tinglab tushinish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi. Shuning uchun bunday noan’anaviy topshiriqlarni
yanada ko‘paytirish lozim. Masalan, Quyidagi noan’anaviy topshiriqlarni 5-sinf
kitoblariga kiritish mumkin:
1.
5-sinf o‘quvchilariga undosh tovushlar o‘tib bo‘lgandan so‘ng, mavzuni
takrorlash uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |