H. T. Tursunov, T. U. Raximov ekologiya o’quv qo’llanma Toshkent



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/89
Sana13.05.2023
Hajmi3,1 Mb.
#938080
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89
Bog'liq
Ekologiya. Tursunov H.T. Raximov T.U.

Hayvonlarda suv balansi
Hayvonlar suvni 3 xil yo’l bilan qabul qiladi: ichish yo’li, xo'l 
ovragii qabul qilish hamda metabolizm jarayonida, ya’ni yog’, oqsil va 
uglevodlaming parchalanishi natijasida hosil bo’lgan suvdan 
foydalanish bilan birgalikda chiqariladi.
Hayvonlar suvni teri va nafas organlari orqali bog’lantirish, 
buyrak orqali filtrlash, hamda hazm qilinmagan ovqat qoldiqlari bilan 
birgalikda tashqariga chiqarish yo’li bilan yo’qotadi.
Hayvonlarda suv yo’qotish, suv qabul qilish orqali to’ldirib 
turilishi kerak. Ochlikdan ko’ra, suv yo’qotish o ’limga tezroq olib 
keladi. Qurg’oqchilik sharoitida hayvonlar suv manbalaridan uzoqda 
yashay olmaydi. Qushlar xam suvsiz yashay olmaydi. Ko’p xayvonlar 
suv ichmay yashashlari mumkin, chunki ular suvni ho’l ovqat orqali 
qabul qiladi. Havo namligi xam xayvonlar uchun juda zarur, chunki 
namlik katta bo’lganda ulaming tanasi orqali bo’shanadigan suv 
miqdori kamayadi.
Hayvonlaming suv ekologik omiliga nisbatan munosabati butun 
3 ta guruhga bo’linadi.
1. Gifofillar, suvni yaxshi ko’mvchilar, bularga qon so’ruvchi 
chivinlar misol bo’lishi mumkin.
2. Mezofillar — namlikda uchrovchi hayvonlar, xasharotlar.
3. Kserofillar — quruq joylarda yashovchi hayvonlar cho’l 
chigritkasi, cho’l qo’ng’izi va boshqalar.
27


Shunday qilib suv ekologik omili eng asosiy omillardan bo’lib, 
barcha organizmlar tarkibiga kiradi ham o’simlik va hayvonlaming yer 
yuzida tarqalishini belgilovchi asosiy omil bo’lib ham hisoblanadi.
Edafik omilning o’simlik va hayvonlar hayotidagi roli
Hayvonot va o’simliklar hayotida har xil iqlim omillari bilan bir 
qatorda tuproq sharoiti ham muhim ro’l o ’ynaydi. Edafik omil “Edafos 
grekcha tuproq omilini bildiradi.
Tuproq organizimlarining suv muhitidan quruqlikka chiqishida 
normal sharoit yaratib bergan muhit hisoblanadi. Edafik omil boshqa 
ekologik omillardan o’zining harakterli tomonlari bilan ajralib turadi. 
Birinchidan, iqlim omillaridan farq qilib, u organizimlarga faqat ta’siq 
qilib qolmasdan, ko’pgina mikroblar, o’simliklar va hayvonlar uchun 
yashash muhiti yaratuvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, u tog’ jinslari, iqlim, organik dunyo bilan kishilik 
jamiyati orasida bir-biriga ta’sir qiluvchi dinamik mahsulot 
hamdir.Uchinchidan, edafik omilning o’ziga xos xarakteri shundaki, u 
abiotik va biotik omillar chegarasida turadi. Shuning uchun uni 
tuproqshunoslar biokos modda deyishadi. Tuproq omili turli joylarda 
turlicha bo’lib, u doimo o’zgarib turadi. U V. Dokuchaev aniqlagan 
qonuniyatlar asosida keng geofafik masshtabda mintaqalar o ’zgarishiga 
hos o’zgaradi. Tuproqlar 3 fazali tuzilishi bilan o’zaro farqlanadi, 
chunki u qattiq, jinslar, suv va havo fazalaridan iborat. Ekologik nuqtai 
nazardan, unda quyidagi elementlami ajartish kerak— uning mineral va 
organik qismi, suvli eritmasi, tuproq havosi, mikroorganizmlar, 
o’simliklar va hayvonlar. Uning organik qismi — o’simlik va hayvonlar 
qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Organik moddalaming miqdori uning 
hosildorligini 
belgilaydi. 
Tuproqda 
juda 
ko’p 
miqdorda 
mikroorganizmlar mavjud. Masalan, 1 g hosildor tuproqda 2 milliardga 
yaqin bakteriya, bir necha million aktinomitsetlar va zamburuglar, 
yuzlab boshqa mikroorganizmlar, hamda yashil suv o’tlari bor. 
Tuproqdagi xlorofilsiz organizmlaming roli ham katta, ular organik va 
anorganik moddalami o’simliklar uchun o’zlashtiradigan holatga 
keltiradi. Tuproq ba’zi umurtqali hayvonlar uchun yashash muhiti 
bo’lib hizmat qiladi. Unda suv va qurg’oqda yashovchi, sudralib 
yuruvchilar, hamda ko’pgina qushlar yashaydi, mezotrof turlar 
uchraydi. Tuproq ekologik omili o’simliklar uchun ham muhimdir .
28


Birinchidan, u tayanch vositasi hisoblanadi, ikkinchidan, o’simliklar 
tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlami o’zlashtiradi. O ’simlikka 
tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, hamda mikroflorasi juda katta 
ta’sir ko’rsatadi. Tuproqning mexanik tarkibi har xil bo’lib, u qumlik 
tuproq, 
loy 
tuproq, 
qumloq, 
tuproq 
va 
hokozolarga 
bo’linadi.Tuproqdagi o’simlik uchun muhim bo’gan kimyoviy 
elementlarga quyidagilar kiradi: azot, fosfor, kaliy, magniy, 
oltingugurt, temir hamda bir qator mikroelementlar- mis ,bor, sink, 
molibden va boshqalar. Bu elementlaming modda almashinuvida roli 
katta va biri ikkinchisining o’mini bosa olmaydi. Ozuqa zaxirasiga boy 
bo’lgan tuproqlarda eutrof o’simliklar uchraydi. O ’rtacha ozuqali 
tuproqlarda mezatrof turlar uchraydi. Sayyoramizning 25% yerlari har 
xil miqdorda sho’rlangan. O’simlik uchun eng zararlisi bu oson 
eriydigan tuzlar osh tuzi, magniy xlorid. Ca SO MgS 04, SaSO, bular 
nisbatan zararsizroq, chunki ular qiyin eruvchi tuzlar. Tuproq tarkibida 
ko’p miqdorda tuzlar uchrasa, o’simlikning osmotik bosimi ko’tarilib 
uning suv bilan ta’minlanishi buziladi va u zaxarlanadi. Kuchli 
sho’rlanish oqsil moddalari sintezlanishini sekinlashtiradi, o’sish 
jarayonini susaytiradi, tuproq mikroorganizmlarining o’lishiga ham 
olib keladi, nam havoli iqlim sharoitidagi tuproqlaming doimo yomg’ir 
suvlari bilan yuvilishi natijasida ularda tuzlar to’planmaydi. Ulaming 
suv va tuz rejimi boshqacha bo’ladi, yerga tushganda va changlaming 
o’tirishi natijasida o’simlik organlariga kirib, ulaming barglari va 
boshqa organlarini zaharlaydi. Natijada, o’simlikda hayotiy jarayonlar 
buziladi va ular butunlay nobud bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun 
hozirgi vaqtda atmosfera havosini muhofaza qilish bo’yicha juda katta 
konstruktiv, texnologik, sanitar texnologik va boshqa tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Shamol deganda havo massasining yer yuzi bo’ylab 
ko’chib yurishi tushuniladi. O’simliklarga shamol bevosita va bilvosita 
ta’sir ko’rsatadi. Shamolning to’g’ridan-to’g’ri ta ’siri, uning mexanik 
ta’siridir. U daraxtlaming poyasini sindiradi, barglarini yulib 
ketadi.Shamol o’simliklardagi fiziologik jarayonlarga ham ta’sir qiladi, 
u o ’simlik bug’latayotgan suvni olib ketadi. Uning o’mini quruq havo 
massasi egallaydi. O ’simlik fotosintez uchun zarur bo’lgan karbonat 
angidrid bilan shunday ta’minlanadi. O’rta Osiyo cho’llarida esadigan 
«garmsel» shamoli o ’simUklarga jiddiy zarar yetkazadi. Shamolning 
bilvosita ta’siri shundan iboratki, u qum va tuproqlami ko’chirib 
yuborishi natijasida o ’simliklar ildizlari ochilib qoladi. Shamolning
29


doimo bir tomonga esishi o’simliklaming tashqi qiyofasiga ta’sir qiladi. 
Natijada, ular bayroqsimon shaklli bo’lib qoladi. Relefning 
o’simliklarga ko’rsatadagan ta’siri, ayniqsa tog’li rayonlarda, 
balandliklaming dengiz sathidan qarab iqlim, tuproq va boshqa omillar 
hamda o’simliklaming xarakteri ham o’zgarib boradi. Natijada vertikal 
mintaqalar paydo bo’ladi. Janubiy tog’ yonbag’irlarida, shimoliy 
yonbag’irlarga nisbatan ko’proq yomg’sevar va issiqsevar o’simliklar 
tarqalgan. Har 100 m balandga ko’tarilganda temperatura 0,6° С ga 
pasayadi. Tog’larda o’simliklar mintaqalar bo’yicha tarqalgan bo’ladi. 
Bu mintaqadagi o’simliklar o’ziga xos xususiyatlarga ega. O’rta Osiyo 
sharoitida, balandliklar zonasi va undagi o’simliklar jamoasi akademik 
Zokirov K.Z. tomonidan o’rganilgan. Bu quyidagi mintaqalarga: cho’l 
balandligi dengiz sathidan 500-600 m bo’lgan joylar; adir 600-1600 m 
gacha bo’lgan joylar; tog’- 1600 -2800 m.; yaylov -2800 va undan 
yuqori joylar.

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish