4.2 Populyatsiyalar dinamikasi
Populyatsiyalar ekologiyasi zararkunandalaming ko’payishini
oldindan aniqlaydi va unga qarshi kurash yo’llarini ishlab chiqadi. U
turlaming kritik soni va yashovchanligini o’rganadi. Populyatsiyadagi
organizmlar spnining dinamikasi uzoq vaqt davomida kuzatishlar olib
borib, uning tashqi muhit omillariga bog’liqligi aniqlanadi.
, Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti populyatsiyaning
tuzilishi, dinamikasini, yoshi va jinsini o’rganishdan iborat. Chunki ular
hosildorlik va ko’payish xarakterini ko’rsatadi, bu esa yashash
sharoitiga moslashish kriteriyasi bo’lib, o’lish bilan ko’payish
o’rtasidagi
nisbatan
belgilaydi.
Populyatsiyaning
muhim
xususiyatlaridan biri, o’zini son jihatidan idora etishdir. Ayni sharoitda
individlar
optimal
sonning
individlar
saqlanib
turilishi
populyatsiyaning gomeostazi deyiladi. Ta’rifdan ko’rinib turibdiki
populyatsiya guruhiy birlashma hisoblanadi. Individlar o’rtasida
aloqalar bo’lishi bilan birga, ulaming yashab turgan joylari bilan ham
aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi, populyatsiya uchun o’ziga xos
32
xususiyatlami keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlar quyidagilardan
iborat:
populyatsiyaning
soni,
zichligi,
tug’ilishi,
o’lishi,
populyatsiyaning o’sishi, o’sish sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar.
Individlaming ma’lum hududda tarqalishi, jinsi va yosh bo’yicha
nisbatlari, morfologik, fiziologik xulqi va genetik xususiyatlar
populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi. Populyatsiyadagi individlar
bir biridan yoshi, jinsi, o’zaro chatishadigan avlodlariga hayot siklining
turli fazalar va guruhchalarga (poda, koloniya va boshqalar) mansubligi
bilan farq qiladi. Heir qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib
topadi. Uning tuzilmasi esa individlaming harakatianishi yoki ma’lum
hududga bog’liqlik darajasi, tabiiy to’siqlami yengib o’ta olish kabi
biologik
xususiyatlari
bilan
belgilanadi.
U
doimiy
emas.
Populyatsiyalar ichida organizmning o’sishi, tuzilishi va boshqa
ko’pgina sabablarga ko’ra, ya’ni tashqi muhitning o’zgarishi,
dushmanlar sonining o’zgarishi kabi qator omillarga bog’liq holda
o’zgarish vujudga keldi.
Pojpulyatsiyaning jins tuzilmasi, turli yosh
va guruhlardagi erkak va urg’ochi individlaming soni orqali
ifodalanadigan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan,
jinsiy xromosomalaming qo’shilishiga, ya’ni genetik konuniyatlarga
bog’lik. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashki muhit xam ta’sir
etishi mumkin. Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urgochi
organizmlaming soni muhim ahamiyatga ega, masalan, odamlar
populyatsiyasining potentsial o’sishi, o’smir va qariyalar emas, 15
yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar hisobiga to’g’ri keladi.
Populyatsiyadagi individlaming nobud bo’lishi va jinslar nisbati amaliy
ahamiyatga ega. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanish
jadalligi, nobud bo’lishi darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi
muhim jarayonlami ifodalaydi. U aniq sharoitga qarab, har bir
populyatsiya uchun turning genetik xususiyatiga bog’lik bo’ladi. Yosh
tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi. Populyatsiyani boshqarish,
foydalanish, monitoring va muhofaza vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Chunki populyatsiya sonining boshqarilishi tabiatda kuzatiladi, uning
bir qismi olinganda u yana tiklanadi. Shuning uchun populyatsiyani
boshqarish muhofaza vositasi bo’lib xizmat qiladi. U monitoring
vositasi ham, chunki tur emas, ulaming populyatsiyasini kuzatish
kerak. Muhofaza qilganda esa populyatsiyalami muhofaza qilish orqali
o’simlik va hayvon turlarini saqlab qolish mumkin. Hozirgi vaqtda
antropogen omillar ta’sirida tabiiy o’simliklar jamoasida ba’zi bir ko’p
33
iste’mol qilinadigan dorivor va yem-hashak o ’simliklarining
populyatsiyalaridagi organizmlar meyorsiz foydalanish natijasida
yo’qolib ketmoqda. Masalan, mollar ko’p yeydigan yem-hashak o ’tlari
meyorsiz foydalanish natijasida Angren adirlari va boshqa joylarda
kamayib bormoqda, ulaming joyini esa termopsisga o’xshagan mollar
iste’mol qilmaydigan o ’simliklar populyatsiyasi egallamoqda. Shuning
uchun
foydali
o’simliklar
populyatsiyasini
saqlab
qolishda
populyatsiyalami monitoring yo’li bilan kuzatish kerak va foydali
o’simliklar populyatsiyasining tiklanishi uchun tabiatdan me’yorda
foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |